§. Radioaktivlik. , , – nurlar Beqaror kimyoviy elementlarning, o’z - o’zidan zaryadlangan zarrachalar yoki yadrolar chiqarib, boshqa tur ximiyaviy elementlarga aylanish xususiyati - radioaktivlik deyiladi. Radioaktivlik Anri Bekkerel, tomonidan 1896 yilda kashf qilingan magnit maydoni ta’sirida, zarrachalar musbat zarrachalar kabi og’ganligi sababli musbat zarrachalar, zarrachalar manfiy zarrachalar kabi og’ganligi sababli manfiy zarrachalar va – nurlar og’maganligi uchun neytral zarrachalar, deb hisoblandi.
Keyinchalik o’tkazilgan tadqiqotlarga ko’ra, - zarrachalar geliy yadrosining oqimidan iborat, - zarrachalar tez uchib chiquvchi elektronlar oqimidan va - nurlar qisqa to’lqin uzunlikdagi elektromagnit to’lqinlardan iborat ekanligi aniqlandi. Bu zarrachalar juda kuchli ionlantirish xususiyatiga ega, masalan - zarracha havoda 105 juft ion hosil qiladi.
Radioaktiv yemirilishda, yemirilayotgan yadro ona yadro va yangi hosil bo’lgani esa bola yadro deb ataladi. Biror dt vaqt oraligida yemirilgan yadrolar soni dN shu vaqtga va boshlang’ich radioaktiv yadrolar soniga proportsionalligidan yemirilish qonuni topilgan, ya’ni:
va bu ifodani integrallab, quyidagi tenglamani hosil qilamiz:
bu yerda – berilgan modda uchun o’zgarmas son bo’lib, yemirilish doimiysi deyiladi, – boshlang’ich vaqtdagi yemirilmagan atomlar soni, vaqt momentidagi atomlar soni.
§. Elementar zarrachalar Elementar zarrachalar - o’zlari bo’linmaydigan boshlang’ich zarrachalardir. Jismlar asosan shu zarrachalar to’plamidan hosil bo’ladi. Bu albatta shartli tushuncha, chunki XIX asr boshlarida jismlarni tashkil etuvchi eng kichik elementar zarracha atom deb hisoblanar edi
Kuchli o’zaro ta’sir. Bunday o’zaro ta’sirlashuv yadro nuklonlari orasida mavjud bo’ladi, ularni o’zaro bog’laydi. Zarralarni o’zaro ta’siri ta’sir doimiysi deb ataluvchi kattalik bilan xarakterlanadi. Bu o’lchamsiz kattalikdir. Bundan tashqari, zarrachalar ta’sir sferasining radiusi bilan ham xarakterlanadi. Kuchli o’zaro ta’sirda o’zaro ta’sir doimiysi 1 ga va o’zaro ta’sir vaqti 10-23 s ga tengdir.