Elektromagnetik o’zaro ta’sirda ta’sir sferasining radiusi cheklanmagan, ta’sir doimiysi esa 10-2 atrofida bo’ladi.
Kuchsiz o’zaro ta’sir ham kuchli o’zaro ta’sir kabi, yaqin masofada ta’sir qiladi. Ta’sir konstantasi juda kichik 10-14 , o’zaro ta’sir vaqti esa 10-9 s atrofida bo’ladi. Bu ta’sirlashuv - yemirilishda, elementar zarrachalarning yemirilishida, neytrino bilan moddalar orasida bo’ladigan ta’sirlashuvlarda kuzatiladi.
Gravitatsiyaviy o’zaro ta’sirning ham ta’sir radiusi cheklanmagan . O’zaro ta’sir konstantasi bo’lsa, nihoyatda kichik 10-39 va ta’sir vaqti esa juda katta 10-9 sek. bo’ladi. Bu ta’sir universal bo’lsa ham, mikrozarrachalarning o’zaro ta’sirida, qiymati juda kichik bo’lgani uchun e’tiborga olinmaydi.