Bog’lanish kuchlari


Qattiq jismlarning magnit xususiyatlari



Yüklə 64,28 Kb.
səhifə6/10
tarix23.04.2023
ölçüsü64,28 Kb.
#101689
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog’lanish kuchlari

Qattiq jismlarning magnit xususiyatlariorbital va spin magnit momentlarini jamlashda ularning to’la kompensatsiyalashishi sodir bo’lishi mumkin, u holda atomning natijaviy magnit momenti nolga teng bo’ladi. Bunday kompensatsiya sodir bo’lmasa, qattiq jismlarning magnit xususiyatlari har xil bo’lishi mumkin.
Magnit qabul qiluvchanlikning absolyut qiymati va ishorasiga qarab, barcha jismlarni uchta katta guruhga: diamagnetiklar, paramagnetiklar va ferromagnetiklarga bo’lish mumkin.


Diamagnit jismlar
Atomlari doimiy magnit momentiga ega bo’lmagan moddalar (Be, C, He, Mg) diamagnit xususiyatiga ega bo’ladilar. Diamagnit xususiyati, moddalar atomlari elektronlarining orbital harakatlarini tashqi magnit maydon t’sirida o’zgarishi hisobiga paydo bo’ladi.
Bu o’zgarish barcha jismlarga xos bo’lib, juda kuchsiz bo’ladi va nisbatan kuchli paramagnit va ferromagnit xususiyatlar bo’lgan holda ko’rinmay qoladi. Shu sababli, diamagnetizm, toza ko’rinishda, atomlarning natijaviy magnit momenti nolga teng bo’lgan moddalarda kuzatiladi.


Paramagnit jismlar
Atomlarda, energetik holatlari elektronlar bilan to’la egallanmagan qobiqlar mavjudligi natijasida paramagnetizm sodir bo’ladi. Pauli printsipiga asosan, har bir kvant holatni faqat spinlari bir-biriga qarama-qarshi yo’nalgan ikkita elektron egallashi mumkin. Bu elektronlarning natijaviy spin momenti nolga teng. Agarda atom toq sonli elektronlarga ega bo’lsa, u holda ularning bittasi juftlashmagan bo’ladi va atom doimiy magnit momentiga ega bo’ladi. Bunday holat H, K, Na, Ag atolarida kuzatiladi
Ferromagnetik jismlar

Ferromagnetik moddalar kuchli magnit xossalariga ega bo’lgan moddalar bo’ladi. Ularning asosiy xossalari quyidagilardan iborat:


1. Ferromagnetiklarning magnit singdiruvchanligi yoki magnit qabul qiluvchanligi χ maydon kuchlanganligiga bog’liq bo’ladi (271 - rasm);
2. Ferromagnetiklar qoldiq magnetizmga ega bo’ladi, ya’ni ular tashqi magnit maydon bo’lmaganda ham magnitlangan holatda bo’la oladi. Qoldiq magnetizm modda qayta magnitlanganda V magnit induktsiyasining N magnit maydon

Yüklə 64,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin