§. Yadro kuchlari Yadro mustahkam tizim ekanligini e’tiborga olsak, eng avval nuklonlar
orasidagi bog’lanish juda katta energiyaga egadir va bu kuchlar biz bilgan kuchlarning birortasiga ham mos kelmaydi. Bu – yadro kuchlaridir. Yadro kuchlari gravitatsiyaviy kuch bo’la olmaydi. Butun olam tortishish qonuniga o’xshash, bu kuchlar hisoblab ko’rilsa, yadro kuchlaridan 1036 marta kichik ekanligini bilish mumkin. Yadro kuchlari elektrostatik kuch bo’lishi ham mumkin emas, chunki bir xil ishorali protonlar (masalan: Uran – U; Z = 92 ) bir - biridan qochib, yadroni tark etgan bo’lar edi. Demak, yadro nuklonlari juda murakkab bog’lanish va kuchlarga ega bo’lgan tizim bo’lib, 4 ta asosiy xususiyatlarga egadirlar.
1. Yadro kuchlari. Ta’sir radiusi juda qisqa masofada 2,2˖10-15m kuzatiladi. Bu masofadan katta masofalarda nuklonlar o’zaro ta’sirlashmaydilar.
2. Yadro kuchlari zaryaddan mustaqildir, ya’ni proton - proton, proton - neytron yoki neytron - neytronlar bir xil tortishish va itarish kuchlarini hosil qiladi. Bu xususiyat yadrolarning zaryaddan mustaqillik printsipi deb ataladi.
3. Yadro kuchlari, o’zaro ta’sirdagi nuklonlar spinlarining joylashishiga bog’liqdir. Masalan, neytron bilan protonning spinlari bir - biriga parallel bo’lgandagina ular deyton hosil qilib, birga tura oladi, bo’lmasa, yadro parchalanib ketadi.
4. Yadro kuchlari to’yinish xossasiga ega, ya’ni yadrodagi har bir nuklon chekli sondagi nuklonlar bilan o’zaro ta’sirlashadi, qolganlarini esa tanimaydi.
§. Yadro reaktsiyalari Atom yadrosining elementar zarrachalar yoki boshqa yadrolar bilan ta’sirlashib, boshqa tur yadroga aylanishi, yadro reaktsiyalari orqali amalga oshadi. X yadro bilan (a) zarracha ta’sirlashganda Y yangi yadro va yangi (b) zarracha hosil bo’lishi quyidagi chizma orqali amalga oshadi:
,
va bu quyidagicha ifodalanadi:
Yadro reaktsiyalarida a va b zarrachalar neytron (n), proton (r) va ba’zi yadrolardagi – zarrachalar va – fotonlar bo’lishi mumkin.
Yadro reaktsiyalarida energiya chiqishi yoki yutilishi kuzatiladi.
Tez sodir bo’lmaydigan yadro reaktsiyalarini ikki bosqich bilan amalga oshirish mumkinligi 1936 yilda N. Bor tomonidan aniqlangan. Bunda murakkab yadro, ya’ni kompaund yadro deb ataluvchi oraliq yadro P paydo bo’ladi:
,
Agar a = b bo’lsa, sochilish, ya’ni Yea = Eb elastik sochilish va noelastik sochilish reaktsiyalari kuzatiladi.