Buxgalteriya hisobi



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/212
tarix30.04.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#105129
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   212
«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririya

Muomalalar mazmuni
t/r


59
3.4. QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘INI
HISOBGA OLISH
Xomashyo va materiallar qabul qilgan korxonalar ularning qiymatini
mol yetkazib beruvchilarga qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) bilan
birgalikda to‘laydi. Mol yetkazib beruvchi korxona olingan tushumdan
QQSni byudjetga to‘laydi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) tovarlarni sotish, ishlar bajarish
va xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yangi hosil qilingan qiymatga
asoslangan holda sof daromadning bir qismini budjet daromadiga olib
qo‘yishning bir shaklidir. QQS 20 foizlik stavkada undiriladi.
QQS ikki xil usulda hisoblanadi:
1) Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi belgilangan stavkalar asosida
quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
S
QQS
 = S
Tob
 * SS/100;
(1)
Bunda: S
QQS
– iste’molchilardan undiriladigan soliq summasi;
S
Tob
- soliqqa tortiladigan aylanma;
SS — qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi.
2) Tovar (ish, xizmat)lar qo‘shilgan qiymat solig‘ini o‘z ichiga
olgan narxlar va tariflar bo‘yicha sotilganida soliq quyidagi formula
bo‘yicha aniqlanadi:
S
QQS
 = T
q
*SS/(SS+100);
(2)
bunda: T
q
— qo‘shilgan qiymat solig‘i ham hisobga olingan tovar
(ish, xizmat)lar qiymati.
Masalan, «Imkoniyat» kompaniyasi mol yetkazib beruvchilardan
200000 so‘mlik material sotib oldi. Uning QQS summasi quyidagicha
bo‘ladi:
1-holat bo‘yicha:
QQS summasi=(200000*20%)/100%=40000 so‘m.
2-holat bo‘yicha:
QQS summasi=(200000*20%)/(100%+20%)=33333,(33) so‘m.
Moddiy boyliklarni xarid qilish bo‘yicha to‘lanadigan QQSni
buxgalteriya hisobida hisobga olib borish uchun 4410-«Soliq bo‘yicha
bo‘nak to‘lovlar» schyotidan foydalanish ko‘zda tutilgan.
Materiallar ishlab chiqarish va boshqa maqsadlarga sarflanishi
jarayonida hisoblangan QQS summasi 4410-«Soliq bo‘yicha bo‘nak
to‘lovlar» schyotidan 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar»
schyotiga sarflangan materiallar qiymatiga mutanosib ravishda o‘tkaziladi.
Misol. Korxona mol yetkazib beruvchidan 100000 so‘mlik material


60
qabul qilib oldi. QQS – 20000 so‘m. Jami – 120000 so‘m. Ushbu muoma-
laga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:
– Sotib olingan material qiymatiga – 100000 so‘m:
D-t 1010-«Xomashyo va materiallar» – 100000 so‘m.
K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan
schyotlar» – 100000 so‘m.
– Hisoblangan QQS summasiga – 20000 so‘m:
D-t 4410-«Soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar» – 20000 so‘m.
K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan
schyotlar» – 20000 so‘m.
Mol yetkazib beruvchiga pul o‘tkazib berilganida:
D-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan
schyotlar» – 120000 so‘m.
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti» – 120000 so‘m.
Hisobot oyi davomida korxonada 45000 so‘mlik material ishlab
chiqarishga sarflandi. Demak, QQS 9000 so‘mga teng:
(45000*20%)/100%=9000 so‘m.
Bu summaga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:
D-t 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» – 9000 so‘m.
K-t 4410-«Soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar» – 9000 so‘m.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin