T/r
|
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
|
Schyotlarning bog‘lanishi
|
Debet
|
Kredit
|
1
|
Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi
|
9110
|
2810 - 2830
|
2
|
CHiqib ketayotgan hayvonlarning tannarxi
|
9110
|
1110, 1120
|
3
|
Sotilgan o‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarning tannarxi
|
9110
|
2110
|
4
|
Sotilgan tovarlarning tannarxi
|
9120
|
2910-2990
|
5
|
Asosiy, yordamchi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik sexlarining bajargan ishlari va ko‘rsatgan xizmatlarining tannarxi
|
9130
|
2010, 2310, 2710
|
6
|
Tovar-moddiy zaxiralarni sotib olish (TMZni davriy hisobga olish uslulida)
|
9140
|
6010
|
7
|
Hisobot davrining oxirida inventarizatsiya natijalari bo‘yicha TMZ schyotlari bo‘yicha qoldiqlarga tuzatishlar qilindi:
|
|
|
a) asosiy moddiy zaxiralar:
|
|
|
zaxiralarning o‘sishi;
|
1010-1090
|
9150
|
zaxiralarning kamayishi;
|
9150
|
1010-1090
|
b) tugallanmagan ishlab chiqarish:
|
|
|
o‘sish;
|
2010
|
9150
|
kamayish;
|
9150
|
2010
|
v) tayyor mahsulot:
|
|
|
zaxiralarning o‘sishi;
|
2810
|
9150
|
zaxiralarning kamayishi;
|
9150
|
2810
|
g) tovarlar:
|
|
|
zaxiralarning o‘sishi;
|
2910-2990
|
9150
|
zaxiralarning kamayishi.
|
9150
|
2910-2990
|
8
|
Hisobot davrining oxirida 9140 “Davriy hisobda TMZ sotib olish/xarid qilish” schyotining yopilishi
|
9910
|
9140
|
9
|
Hisobot davri oxirida 9150 “Davriy hisobda TMZ bo‘yicha tuzatishlar” schyotining yopilishi
|
9910
(9150)
|
9150
(9910)
|
10
|
Sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning tannarxini hisobga oluvchi schyotlar (9100)ning yopilishi
|
9910
|
9110, 9120, 9130
|
3-§. Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning
chiqib ketishini hisobga oluvchi schyotlar (9200)
388. Korxonaga tegishli asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishi (tugatish, sotish, tekinga berish, ulush sifatida ustav kapitaliga berish, moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha berish, aniqlangan kamomad yoki yo‘qotish) to‘g‘risidagi axborotlarni umulashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”;
9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”.
389. 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyotining debeti bo‘yicha chiqib ketgan asosiy vosita ob’ektlarining boshlang‘ich qiymati, shuningdek asosiy vositalarning chiqib ketishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar aks ettiriladi.
9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyotining kreditiga asosiy vositalar ob’ektlarini sotishdan olingan tushumlar va hisobdan chiqarish natijasida sotish va foydalanish mumkin bo‘lgan bahoda kelib tushgan materiallarning qiymati, shuningdek chiqib ketgan asosiy vositalar ob’ektlari bo‘yicha chiqib ketish vaqtida hisoblangan eskirish summalari olib boriladi.
Asosiy vositalarni sotishdan tushumlar 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyotining kreditida olinadigan schyotlar va pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Joriy hisobot davrida 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti bo‘yicha debet qoldiq (zarar) 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyotiga, ushbu schyot bo‘yicha kredit qoldiq (foyda) esa 9310 “Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda” schyotiga hisobdan chiqariladi. Asosiy vositalar ob’ektlarini moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha berish natijasida 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyotida yuzaga keladigan va kechiktirilgan daromadlarga tegishli bo‘lgan foyda summasi 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” (joriy qismi) yoki 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” (uzoq muddatli qismi) schyotiga hisobdan chiqariladi.
Asosiy vositalar ob’ektlarining kamomadi yoki buzilish hollarida qiymatliklar kamomadi sifatida aks ettiriladigan qoldiq qiymati 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyotining krediti bo‘yicha 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar” schyoti bilan bog‘langan holda hisobdan chiqariladi. Aniq aybdor aniqlangandan keyin kamomad va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar summasi 4730 “Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi” schyotining debetiga, aniq aybdorlar aniqlanmagan holda esa 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyotining debetiga 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar” schyoti bilan bog‘langan holda olib boriladi.
9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti bo‘yicha analitik hisob chiqib ketayotgan asosiy vositalarning inventar ob’ektlari bo‘yicha alohida yuritiladi.
390. 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyotining debetida chiqib ketayotgan qiymatliklarning balans qiymati, shuningdek shu bilan bog‘liq amalga oshirilgan xarajatlar (komission mukofotlar va hokazolar) aks ettiriladi.
9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyotining kreditiga aktivlarni sotishdan tushum, ya’ni sotilgan mulk uchun korxonaga tegishli bo‘lgan summa olib boriladi. Nomoddiy aktivlar ob’ektlarining sotilishi va turli chiqib ketishida 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyotining kreditiga, shuningdek ushbu ob’ektlar bo‘yicha chiqib ketish vaqtigacha hisoblangan eskirish summasi, nomoddiy aktivlarning eskirishini hisobga oluvchi tegishli schyotlar (0500) bilan bog‘langan holda hisobdan chiqariladi.
Ushbu schyot bo‘yicha debet qoldiq (zarar) 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyotiga, kredit qoldiq (foyda) esa 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” schyotiga hisobdan chiqariladi.
391. Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishini hisobga oluvchi schyotlar (9200)ning bog‘lanishi:
Dostları ilə paylaş: |