Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son bhms)


T/r Xo‘jalik muomalalarining mazmuni



Yüklə 3,14 Mb.
səhifə83/96
tarix20.11.2023
ölçüsü3,14 Mb.
#165847
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   96
21-bhms ilova lotin

T/r

Xo‘jalik muomalalarining mazmuni

Schyotlarning bog‘lanishi



Debet

Kredit



1

Tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha berish, kamomad yoki yo‘qolishining aniqlanishi natijasida chiqib ketayotgan asosiy vositalar ob’ektlarining boshlang‘ich qiymatini hisobdan chiqarish



9210

0110-0190

2

CHiqib ketayotgan asosiy vositalar bo‘yicha eskirish



0210-0290

9210

3

Asosiy vositalarning chiqib ketishi bilan bog‘liq yordamchi ishlab chiqarishning xizmatlari va xarajatlari hisobdan chiqarildi



9210

2310

4

Asosiy vositalarning chiqib ketishi bo‘yicha operatsiyalarda ishtirok etayotgan ishchilarga mehnat haqi hisoblandi



9210

6710

5

Asosiy vositalarning chiqib ketishi bo‘yicha operatsiyalarda ishtirok etayotgan ishchilarga hisoblangan mehnat haqi summasidan ijtimoiy sug‘urta ajratmalari amalga oshirildi



9210

6520

6

Asosiy vositalarning chiqib ketishida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun boshqa korxonalarga bo‘lgan qarz



9210

6990

7

Asosiy vositalar ob’ektlarini moliyaviy ijaraga berish natijasida hosil bo‘lgan kelgusi davr daromadlari hisobdan chiqarildi



9210

6230, 7230

8

Mavjud asosiy vositalar ob’ektlari moliyaviy ijarasining to‘liq muddati davomida olinadigan ijara to‘lovlari summasi (ijaraga beruvchida)



0920

9210

9

Asosiy vositalarning chiqib ketishidan qolgan materiallarning kirim qilinishi



1010-1090

9210

10

Asosiy vositalarning chiqib ketishidan bankka kelib tushgan tushum (naqdsiz hisob-kitoblar bo‘yicha)



5110

9210

11

Xaridorlarning ularga sotilgan asosiy vositalar uchun qarzi



4010

9210

12

SHo‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarining ularga sotilgan asosiy vositalar uchun qarzi



4120

9210

13

Asosiy vositalarning chiqib ketishi bo‘yicha muomalalarning moliyaviy natijalarini aniqlash:







a) foyda;
b) zarar.



9210
9430

9310
9210

14

CHiqib ketayotgan nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish (sotish, hisobdan chiqarish, tekinga berish va hokazo)









15

Xaridorlarning ularga sotilgan nomoddiy va boshqa aktivlar uchun qarzi



4010

9220

16.

Nomoddiy va boshqa aktivlar sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga sotildi



4120

9220

17

Sotilgan materiallarning tannarxi hisobdan chiqarildi



9220

1010-1090

18

CHetga chiqarilgan materiallar qiymatidagi farqlar hisobdan chiqarildi



9220

1610

19

O‘stirishda va boquvda bo‘lgan hayvonlarning chetga chiqarilishi



9220

1110, 1120

20

Qimmatli qog‘ozlarni sotish



9220

0610, 5810

















































25

Boshqa aktivlarning chiqib ketishi bo‘yicha muomalalarning moliyaviy natijasini aniqlash:







a) foyda;
b) zarar.



9220
9430

9320
9220

4-§. Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini
hisobga oluvchi schyotlar (9300)

392. Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:


9310 “Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda”;
9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda”;
9330 “Undirilgan jarima, penya va ustamalar”;
9340 “O‘tgan yillar foydalari”;
9350 “Operativ ijaradan daromadlar”;
9360 “Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar”;
9370 “Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar daromadlari”;
9380 “Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam”;
9390 “Boshqa operatsion daromadlar”.

393. Hisobot davrining oxirida asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda summasi 9310 “Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda” schyotining kreditida 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.


394. Hisobot davrining oxirida boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda summasi 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” schyotining kreditida 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.


395. Xo‘jalik shartnomalarining shartlarini buzganliklari uchun qarzdorlardan undirilgan jarimalar, penya, ustamalar va boshqa jarima turlari, shuningdek etkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha daromadlar 9330 “Undirilgan jarima, penya va ustamalar” schyotining kreditida pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar yoki olinadigan schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.


396. Hisobot davrida aniqlangan o‘tgan yillar foydalari 9340 “O‘tgan yillar foydalari” schyotining kreditida pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar yoki tegishli olinadigan schyotlarning debeti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.


397. Mulkni operativ ijaraga berishdan daromadlar 9350 “Operativ ijaradan daromadlar” schyotining kreditida 4820 “Operativ ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar” schyoti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.


398. Da’vo muddati o‘tib ketgan kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar 9360 “Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar” schyotining kreditida kreditor va deponent qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.


399. 9370 “Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar daromadlari” schyotida xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa daromadlar hisobga olinadi.


400. Pul mablag‘lari va pul ekvivalentlari ko‘rinishida tekinga olingan daromadlar 9380 “Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam” schyotining kreditida pul mablag‘lari va pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.


401. Boshqa operatsion faoliyatdan olingan daromadlar 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schyotining kreditida pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar yoki olinadigan schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.


402. Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar (9300)ning bog‘lanishi:






Yüklə 3,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin