Buxgalteriya va audit



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/32
tarix21.10.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#65730
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Saidazimxon Salohiddinov

5. Badiiy uslub 
Badiiy asarlar (nazm, nasr va dramatik asarlar) badiiy uslubda bo’ladi. Badiiy 
asar kishiga ma'lumot bеrish bilan birga, timsollar (obrazlar) vositasida estеtik 
ta'sir ham ko’rsatadi: O’lkamizda fasllar kеlinchagi bo’lmish bahor o’z sеpini 
yoymoqda. Badiiy uslubda qahramonlar nutqida oddiy nutq so’zlari, shеva, 
vulgarizmlardan ham foydalaniladi. 
Badiiy asarlar uslubi aralash uslub hisoblanadi. Unda so’zlashuv uslubiga
kitobiy uslublarga xos o’rinlar ham uchraydi. 
Og’zaki nutq turlari 
1. Siyosiy-ijtimoiy nutq: 
1. Siyosiy-ijtimoiy va siyosiy iqtisodiy mavzudagi nutq. 
2. Sessiya, konferenciyadagi nutq. 
3. Siyosiy sharh. 
4. Harbiy vatanparvarlik nutqi. 
5. Miting nutqi. 
6. Rasmiy-diplomatik nutq. 
7. Ilmiy-ommabop nutq. 
2. Akademik nutq: 
1. O'quv yurtlari ma'ruzalari. 
2. Ilmiy nutq (ma'ruzalar). 
3. Ilmiy sharh. 
4. Ilmiy axborot. 
3. Sud nutqi: 
1. Qoralovchi (prokuror) nutqi. 
2. Jamoatchi-qoralovchi nutqi. 


3. Oqlovchi (advokat) nutqi. 
4. Jamoatchi oqlovchi nutqi. 
5. O'z-o'zini himoya qilish nutqi. 
4. Ijtimoiy-maishiy nutq: 
1. Madhiya (yubiley yoki maqtov nutqi). 
2. Ta'ziya (motam nutqi). 
3. Tabrik nutqi (tost). 
5. Diniy nutq: 
1. Hutba. 
2. Va'z. 
Uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so‘zlar 
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum soha doirasiga, ma’lum nutqiy
vaziyatga xoslangan ko‘rinishi nutq uslubi hisoblanadi. So‘zlar ma’lun nutq
uslubiga xoslanish – xoslanmaslik belgisiga ko‘ra uslubiy xoslangan va
uslubiy betaraf so‘zlarga bo‘linadi. Ayrim nutq uslubi doirasidagina
qo‘llanadigan so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlar, bunday xususiyatga ega
bo‘lmagan so‘zlar uslubiy xoslanmagan yoki betaraf so‘zlar deyiladi. 
Tovush, urg‘u, bo‘g‘in, undalma, morfema, omonim, sinonim, uslubiyat 
kabi qator so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlardir. Chunki bu so‘zlar asosan
tilshunoslik fani doirasida qo‘llaniladi. 
Osmon, xalq, bayram, o‘quvchi, dars, tushlik, salomatlik, odam kabi
so‘zlar barcha nutq uslublari doirasida birdek qo‘llanish imkoniga egaligi
sababli uslubiy betaraf so‘zlar qatoriga kiradi. Ya’ni, so’zlashuv uslubida ham, 
kitobiy uslubda ham ishlatiladigan so’zlar uslubiy bеtaraf so’zlar hisoblanadi: suv, 
tog’, bola, xat.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin