Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti tuproqshunoslik va geografiya kafedrasi


Sho’rlangan tuproqlarni melioratsiyalash yo’llari, qo’llaniladigan



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/40
tarix02.01.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#36968
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
buxoro vohasi tuproqlarida shorlanish jarayonlari va shorlanishga qarshi chora tadbirlari

Sho’rlangan tuproqlarni melioratsiyalash yo’llari, qo’llaniladigan           

agrotexnik, gidrotexnik tadbirlar. 

Respublikamiz  o’zining  tabiiy-iqlim  va  xo’jalik  sharoitlariga  ko’ra  yuqori 

agroiqtisodiy saloxiyatga ega bo’lgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Ammo keyingi 

yillarda  yerlar  hosildorligining  pasayishi,  meliorativ  fondlarning  eskirishi  va 

sho’rlangan  yerlarning  oshishi  tendenstiyalari  kuzatilmoqda.  Yerlar  meliorativ 

holatini  yaxshilash,melioratsiya ishlarini tashkil qilish  va moliyalashtirish tizimini 

takomillashtirish  maqsadida  o’tgan  yilning  29  oktyabrida  Respublikamiz 

Prezidentining  «Yerlarning  meliorativ  holatini  yaxshilash  tizimini  tubdan 

takomillashtirish  chora-tadbilari  to’g’risida»gi  PF-3932-sonli  Farmoni  qabul 

qilindi  va  bu  sohada keng  hamrovli  ishlar  boshlab  yuborildi.  Kuzgi-qishki  davrda 

bajariladigan  muhim  meliorativ  tadbirlardan  biri  yerning  sho’rini  yuvishdir.  Bu 

yumush, ayniqsa, tuproq sho’rlanishi tufayli ekinlardan mo’l va sifatli hosil olishda 

qiyinchilikka  duch  keladigan  Qoraqalpog’iston  Respublikasi,  Jizzax,  Sirdaryo, 

Qashqadaryo,  Buxoro,  Xorazm  va  boshqa  viloyatlar  dehqonlari  uchun 

ahamiyatlidir.  Chunki  dalada  sho’rlanish  yuqori  bo’lsa,  urug’  bir  tekis  unib 

chiqmaydi,  ekin  yaxshi  rivojlanmaydi,  oqibatda  hosildorlik  kamayib  ketadi.  Har 

bir  fermer  sho’r  yuvish  ishlarini  boshlashdan  oldin  dala  tuprog’ining  sho’rlanish 

darajasini  aniq  bilib  olishi  kerak.  Bu  sho’r  yuvishni  necha  marta  va  qancha 

me’yorda  o’tkazishni  aniq  belgilashga  yordam  beradi.  Buning  uchun  yerning 

tuproq tarkibi, turi hamda sho’rlanishi to’g’risidagi xaritasi bo’lishi lozim. Tuproq 

tarkibi  va  ball-boniteti  aniq  belgilangan  xaritalar  tuman  Davlat  yer  kadastri 



70 

 

  



 

 

idorasida  mavjud  bo’lib,  ular  sobiq  shirkatlar  (hozirgi  SIU)  chegarasi  miqyosida 



tuzilgan.  Bunday  xaritada  har  bir  tuproq  turi  uchun  tushuntirishlar,  2  metrgacha 

chuqurlikdagi  tuproq  kesimining  tuzilishi,  ya’ni  tuproqning  mexanik  tarkibi, 

sho’rlanishi,  gips,  gumus  miqdori  va  boshqa  ma’lumotlar  berilgan.  Xaritadan  har 

bir  fermer  xo’jaligi  o’z  hududi  chegarasini  ajratib  olishi,  xaritaga  berilgan  izohni 

o’rganib  chiqib,  maydonining  tuproq  tarkibi  va  uning  holatini  tushunib  olishi 

mumkin.  Xaritada  ko’rsatilgan  ball-bonitet  shu  maydondan  qancha  paxta  yoki 

bug’doy  hosili  olish  mumkinligini  ko’rsatadi.  Bu  xaritadan  yerning  qay  darajada 

sho’rlanganligini  bilish  mumkin,  ammo,  yaxshisi  bu  xaritadan  tuproq  sharoitini 

baholash  va  shu  sharoitda  hosildorlikning  qay  darajada  bo’lishini  bilish  uchun 

foydalangan  ma’qul.  Sho’rlanishdan  hosildorlik  qanday  zarar  ko’radi?  Hosilning 

yo’qotilishi sho’rlanish darajasiga bog’liqmi degan savol tug’ilishi tabiiy. Tuproq 

sho’rlanishidan hosilning yo’qotilishi turli ekinlar uchun 10 % dan  80 % gachani 

tashkil yetadi. Har bir qishloq xo’jaligi ekini sho’rlanishga o’ziga xos ta’sirchandir. 

Agar tuproqning sho’ri yuvilmasa, urug’ to’liq unib chiqmaydi. Ko’pgina qishloq 

xo’jalik  ekinlari  uchun  sho’rlanish  o’simlikning  aynan  unib  chiqish  fazasida 

xavflidir. Namlik yetarli bo’lmagan sho’rlangan yerlarda bosim hosil bo’ladi va bu 

o’simlik  ildizining  namlikni  tortib  olishiga  qarshiliq  qiladi.  Bundan  tashqari, 

tuzlarning  (xlor)  yuqori  konsentratsiyasida  o’simlikning  zararlanishi  sodir  bo’ladi 

va  uning  rivojlanishi  buziladi.  Ekinlar  ta’sirchanligini  solishtirish  shuni 

ko’rsatadiki,  0,15%  tuzga  ega  bo’lgan  tuproq,  paxta  uchun  sho’rlanmagan  deb 

hisoblansa,  shu  yerga  ekilgan  sabzining  50%  hosili  yo’qotiladi.  Shuning  uchun 

sho’rlanishga ta’sirchan  ekinlar  ekiladigan  yerlarning sho’rini  sifatli  yuvish talab 

etiladi.  Sho’r  yuvish  tuproqdagi  sho’rni  yo’qotishning  eng  ishonchli  usulidir. 

Tuproq  sho’rini  yuvishning  2  xil  usuli  mavjud,  ya’ni  egatlab  va  pol  olib.  Pollar 

bo’yicha  sho’r  yuvishni  o’rta  va  kuchli  sho’rlangan  yerlarda  amalga  oshirish 

yaxshi natija beradi. Bunda suvning tik filtrlanishi  ta’minlanadi  va  tuproqdagi tuz 

miqdorining  ketishi  bir  tekisda  bo’ladi.  Kuchsiz  sho’rlangan  yerlarda  esa  sho’r 

yuvishni  egatlar  bo’yicha  amalga  oshirish  mumkin.  Bunda  maydonni  yuvishga 

sifatli  tayyorlash  kerak.  Tuproq   sho’rlanishini  baholashda  viloyatlar  irrigastiya 



71 

 

  



 

 

tizimlari  havza  boshqarmalari  qoshidagi  gidrogeologiya-meliorativ  ekspedistiyasi 



tomonidan  (GGME)  tayyorlanadigan  tuproq  sho’rlanishiga  oid  xaritadan 

foydalanish  mumkin.  Unda  tuproq  dalaning  qaysi  qismi  qay  darajada 

sho’rlanganligi  aniq  belgilanadi.  Odatda,  tuproqning  1  metrgacha  bo’lgan 

qatlamida sho’rlanishning turli darajalari (sho’rlanmagan, kuchsiz, o’rta, kuchli va 

o’ta kuchli) alohida ajratib ko’rsatiladi. Agar xaritada o’rta yoki kuchli sho’rlangan 

yerlar bo’lmay, balki kuchsiz sho’rlangan  yerlar bo’lsa, egatlar bo’yicha gektariga 

2000  m3 me’yorda  yaxob  suvi  byerish  kifoya.  Kuchsiz  sho’rlangan  yerlarning 

sho’rini oldindan — kuzda yuvish tavsiya etilmaydi. Chunki kichik me’yorda suv 

berish, qishning quruq kelishi natijasida kuzdagi sho’r yuvish kam samarali bo’lib, 

bahorda qayta sho’rlanish sodir bo’lishi mumkin. O’rtacha sho’rlangan yerlar engil 

qumoq  yoki  qumloq  bo’lsa,  egatlar  bo’yicha  sho’r  yuviladi.  O’rtacha  sho’rlangan 

(qumoq va loyli), shuningdek kuchli va o’ta kuchli sho’rlangan  yerlarni faqat pol 

olib  yuvish  zarur.  Pollar  bo’yicha  sho’r  yuvish  sizot  suvlari  chuqur  joylashgan 

vaqtda  dekabr-yanvar  oylarida  o’tkazish  lozim.  Suvning  dala  bo’ylab  tekis 

taqsimlanishi uchun chek o’lchamlari 50x50 metrdan oshmasligi zarur. Suv berish 

me’yori  o’rtacha  sho’rlanishda  gektariga  3000—4000  m3 (3  bosqichda).  O’rta 

sho’rlangan  yerlarning  sho’rini  fevral-mart  oylarida  ham  yuvish  mumkin,  ammo 

hududning  zovur  tarmoqlari  bilan  ta’minlanmagan  sharoitida  (sizot  suvlarining 

turg’unligi  va  yuza  joylashganligi)  sho’r  yuvishni  avvalroq  boshlash  maqsadga 

muvofiq. Chunki sho’r yuvish kech boshlansa ekish vaqtida namlik yuqori bo’lib, 

yer  yetilmaydi  va  natijada  tuproqqa  ishlov  berish  orqaga  suriladi.  Pol  olishdan 

oldin  maydonni  yaxshilab  tekislash  zarur.  Pollar  traktorga  ulangan  KZU 

yordamida  olinadi.  Pol  olish  bilan  bir  vaqtning  o’zida  dala  qiyaligining  yuqori 

tomonidan  o’qariq  olinadi  va  cheklarga  suv  uzatish  dalaning  qo’yi  qismidan 

boshlab,  har  bir  chekka  alohida  suv  yuboriladi.  Nisbatan  katta  nishablikka  ega 

bo’lgan maydonlarda sho’r yuvishni pollar bo’yicha olib borgan ma’qul.  




Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin