Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti tuproqshunoslik va geografiya kafedrasi



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/40
tarix02.01.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#36968
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
buxoro vohasi tuproqlarida shorlanish jarayonlari va shorlanishga qarshi chora tadbirlari

 

 

 


72 

 

  



 

 

 



 

 

 

 

4.2. Sug’oriladigan tuproqlarni ikkilamchi sho’rlanishi va ularni oldini 

olish. 

Ikkilamchi  sho’rlanish  deb,  sug’oriladigan  shirin  tuproqlarning  tezda 

unumdorligi  pasayib,  turli  darajadagi  sho’rlangan  tuproqlarga  aylanish  jarayoniga 

aytamiz.  Ikkilamchi  sho’rlanish  yangidan  ochilib,  sug’oriladigan  yerlarda  va 

yangidan  qurilgan,  lekin  foydali  ish  koeffitsienti  kichik  bo’lgan  irrigatsiya 

tarmoqlarida,  sug’orish  ishlarining  boshlanishidan  ko’p  yil  o’tmay  rivojlanadi. 

Hozirgi  zamon  gidroizolyastiyasiz  o’tkazilayotgan  sug’orish  kanallarining  foydali 

ish  koeffitsienti  0,5-0,6  dan  kichik,  buning  ustiga  ekinlar  sug’orilmagan  vaqtda 

xam dalalarimizdan juda ko’p suv foydasiz oqib, yer ostiga shimilib yotadi. Bu yer 

ostiga  shimilayotgan  suvlar  o’zi  bilan  birga  tuproq  qatlamlaridagi  yotqizilgan 

kurna  tuzlarni  yertib,  sizot  suvlariga  tushiradi.  Bu  xol,  birinchidan,  sizot  suvlari 

mineralizatsiyasining  oshishiga  va  joyning  oqimi  yomon  bo’lganligidan  uni  yana 

yer betiga ko’tarilishiga sabab bo’ladi. Ikkilamchi sho’rlanishning ikkinchi davrida 

yirik  va  o’rta  kattalikdagi  irrigastiya  kanallarining  xar  ikki  tomonlarida  turli 

kenglikdagi  turg’un dexqonchilikni davom  ettirish mumkin bo’lgan chuchuk sizot 

suvlik zonasi hosil bo’ladi, qolgan 50-60% yer maydoni kuchli sho’rlanishi tufayli  

xo’jalik  aborotidan  chiqib  qolishi  mumkin.  Ikkilamchi  sho’rlanishni  oldini 

olishning  asosiy  choralariga  sug’orishda  suvdan  foydalanish  intizomiga  qattiq 

rioya  qilish,  suvdan  foydalanish  koeffistientini  0,8-0,9  gacha  ko’tarish,  kanallarni 

betonlash, polietilen trubalardan foydalanish, sun’iy yomg’ir usulida sug’orish qish 

kunlari  kanallarni  berkitib  qo’yish,  kanal  yoqalarida  ixota  daraxtzorlarni  o’tkazib, 

biologik  drenajni  kuchaytirish  va  boshqalar  kiradi.  Xullas,  yer  betiga  yaqin 

joylashgan  sho’r  sizot  suvlari  ta’sirida  hosil  bo’lgan  hozirgi  kunda  ikkilamchi 

sho’rlangan  tuproqlarning  tuzdan  tozalash  uchun  yuqorida  aytilgan  ogoxlantirish 




73 

 

  



 

 

choralari bilan bir qatorda, sizot suvlarini kritik chuqurlikda pastga tushirish uchun 



yetarli    miqdorda  zovur  kanallari  qurilib,  sizot  suvlarini  tezlashtirish,  uni 

chuchuklatish,  bir  yo’la  eritish  kabi  ishlarni  olib  borish  kerak.  Quruq  va  issiq 

iqlimli  sharoitlarda  ekinlarimizni  10-12  marotaba  sug’oramiz.  Sho’r  yuvish  bilan 

sug’oriladigan  yerlarning  tuproq  eritmasining  konsentratsiyasi  15-20  g/l  dan 

ortmasligi  kerak.  Shuning  uchun  xam  bunday  tuproqlarni  sug’orish  rejimi 

tuzlarning  yuvish  rejimida  o’tkazilishi  kerak.  Boshqacha  qilib  aytganda,  yaxshi 

ishlaydigan zovur kanallar yordamida tuzlarning doimiy yuvilib, ekin maydonidan 

chiqib  ketishini,  tuproq  eritmasini  yangi  chuchuk  sug’orish  suvlari  bilan 

almashinib  turishini  ta’minlash  kerak.  Aytilganlarga  xulosa  qilib,  quyidagilarni 

tavsiya qilamiz: 

a)  sug’oriladigan  suvning  sho’rligi  bir  litrda  (1-2  g/l)  dan  ortmagan, 

sug’orish natijasida tuproqda yig’ilib  qolish mumkin bo’lgan tuzlarni yuvib turish 

uchun xar yili bir marotaba vegetativ sho’r yuvish o’tkazilib turishi kerak; 

b)  sug’oradigan  suvning  mineralizatsiyasi  4-5  g/l  bo’lsa,  xar  4-5  oddiy 

sug’orishdan so’ng bir marotaba sho’r yuvilishi  bo’lishi kerak;  

v) sug’oradigan suvning  sho’rligi 10-12 g/l bo’lsa, u  vaqtda zich  o’tkazilib, 

yaxshi ishlaydigan zovur kanallari yordamida xar gal bostirib  sug’orish kerak; 

g)  sug’oradigan  suvning  mineralizatsiyasi  7-8  g/l  bo’lsa,  xar  ikki 

sug’orishdan so’ng uchinchisi sho’r yuvish sug’orish bo’lishi kerak. 

Ko’rsatilganlarga rioya qilmaslik, yuqorida aytganimizdek, og’ir oqibatlarga 

olib kelishi mumkin.  


Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin