Buxoro davlat universiteti


Xotima..................................................................................................................64



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə3/37
tarix30.12.2021
ölçüsü1,02 Mb.
#49205
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Darajali qatorlar yordamida differengial tenglamalarga qoeilgan masalalarni echish

Xotima..................................................................................................................64

Foydalanilgan adabiyotlar...................................................................................65




KIRISH

Olloh bergan aql-zakovati bilan to’g’ri

yo’lni adashmay topa olishga qodir

bo’lgan barkamol avlodni tarbiyalab

yetishtirsak, o’ylaymanki, o’z

maqsadimizga erishgan bo’lamiz.

I.A.Karimov.

O‘zbekistonimizga mos tarixiy, milliy, an’anaviy va iqtisodiy vaziyat va xususiyatlarni inobatga olmasdan turib, “bozor iqtisodiyotining shiddatli girdobiga o‘zingni tashlasang, uning o‘zi ko‘zlangan manzilga olib chiqadi” degan xomxayollardan butunlay voz kechdik. Va bugungi kunda butun dunyoda tan olingan, “o‘zbek modeli” deb nom olgan jamiyatimizni tubdan isloh etish, erkinlashtirish, demokratik yangi davlat qurish, uni modernizatsiya qilish bo‘yicha puxta o‘ylangan taraqqiyot yo‘limizni tanlab oldik.

Biz tanlagan va mashhur besh tamoyilga asoslangan taraqqiyot modelining naqadar haqqoniy va samarali ekani biz qurayotgan yangi demokratik tizimda, iqtisodiyotimiz rivojlanishining barqaror, barchani hayratda qoldirayotgan sur’atlarida, xalqimizning hayot darajasi va sifati ortib borayotganida o‘zining amaliy tasdig‘ini topmoqda.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan olamshumul o‘zgarishlar, shahar va qishloqlarimizning qiyofasi tobora chiroy ochib, aholimizning farovonligi yuksalib borayotgani haqida gapirganda, bunday yangilanishlarning g‘oyat muhim manbalari – avvalo, odamlarimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi va kayfiyati tubdan o‘zgarib, ularning yon-atrofimizda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga daxldorlik hissi, ertangi kunga munosabati va ishonchi tobora mustahkamlanib, siyosiy saviyasi va huquqiy madaniyati o‘sib borayotgani haqida alohida to‘xtalishni o‘rinli deb bilaman

Jahon tarixi barchamizga bir haqiqatni doimo eslatib turadi – hayotimiz taraqqiyoti hech qachon bir joyda to‘xtab turmaydi, xuddi shu kabi jamiyatimizni isloh etish va demokratlashtirish, mamlakatni modernizatsiya qilish va yangilash bir muddatlik ish emas, balki muntazam davom etadigan uzluksiz jarayondir.

Ayniqsa, bugun biz XXI asrda – intellektual mehnat birlamchi ahamiyat kasb etayotgan globallashuv va internet asrida yashayotganimizni hisobga oladigan bo‘lsak, jahon bozorida raqobat kurashining miqyosi va keskinligi tobora ortib borayotgani bu haqiqatni yana tasdiqlab bermoqda.

Shuning uchun ham qo‘lga kiritilgan yutuqlar bilan chegaralanmasdan, xotirjamlik va havolanish kayfiyatiga berilmasligimiz, aksincha, yangi marralar sari intilishimiz, doimo izlanib yashashimiz, taraqqiyot va yangilanish yo‘lidan izchillik bilan yanada ilgarilab borishimiz zarur.

Istiqlol mamlakatimiz yosh olimlariga jahon ilm-fani oldida turgan dolzarb masalalarni hal etishda faol ishtirok etish imkonini berdi. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzurida Kembrij universiteti (Buyuk Britaniya) ishtirokida Yuqori texnologiyalar markazining tashkil etilgani ham bunga yorqin misoldir. Innovatsion loyihalar ishlab chiquvchilar orasida yosh mutaxassislarning ulushi tobora ortib borayotir. Yosh olimlar kengashi iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha ilm-fan yo‘lini tanlagan yoshlarni rag‘batlantirishga qaratilgan maqsadli strategiyani ishlab chiqdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. MIRZIYOEV 2017 yil 7 fevral.

Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish borasida chiqargan qonunda quyidagilar aytilgan:

Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish;

ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya asboblari, kompyuter texnikasi va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan jihozlash orqali ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan maqsadli chora-tadbirlarni ko‘rish;

maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish;

umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo‘lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish;

bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shug‘ullanishga, ularni musiqa hamda san’at dunyosiga jalb qilish maqsadida yangi bolalar sporti ob’ektlarini, bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish;

kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarini bozor iqtisodiyoti va ish beruvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish;

ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich ko‘paytirish;

ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish.

Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish:

jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish;

o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish;

yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ro‘yobga chiqarish, bolalar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish;

yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, yosh oilalar uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish;

yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ta’lim muassasalari, yoshlar va boshqa tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish.

Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi: Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin bizning o’zbek yigit-qizlari jahon arenalarida sport va ilm-fanning turli sohalarida yutuqlarga erishib yurtimiz sharafini himoya qilishmoqda. Ularga o’z sohasini mukammal biladigan mutaxassislar bo’lib yetishishi uchun jahon standartlari darajasida bilim berish, fanlarni chuqur o’rgatish, fanning ishlab chiqarish bilan aloqasini mustahkamlash bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Bitiruv malakaviy ishim mavzusi darajali qatorlar yordamida differensial tenglamalarga qo’yilgan masalalarni yechish. ODT keng amaliy tadbiqqa ega. Ularga qo’yilgan masalalarni yechish usullarni o’rganish muhim. Har bir differensial tenglamani yechish uchun maxsus usul yo’q. Shu jihatdan bu mavzuni o’rganish dolzarb hisoblanadi.


Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin