Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə16/34
tarix25.09.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#148584
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34
Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi

r '

4





4sx


A1-BRU rusumli elakdonlarda elak ramkalarini joylashuvi bo'yicha 4 ta texnologik sxema qollaniladi.
Takrorlash uchun savollar

  1. Qobiq ajratish jarayonida qanday mahsulotlar hosil bo'ladi?

  2. Qobiq ajratish jarayonida hosil bo'lgan mahsulotlar bir biridan qaysi xususiyatlari bilan farq qiladi?

  3. Qobiq ajratish jarayonida hosil bo'lgan mahsulotlar qanaqa mashinalarda saralanadi?

  4. Qobiq ajratishning usullarini keltiring.

  5. A1-BRU rusumli elakdon qaysi donlarning qobig’i ajratilganda qo' llaniladi?

  6. A1-BKG rusumli yorma ajratgichda qanday mahsulotlar saralanadi?

  7. Yormalarni saralashda qo'llaniladigan g’alvir va elaklarning tavsifini keltiring.

  8. Qobig’i olinmagan sholi doni va qobiyoi olingan mag’izni ajratish usullarining tavsifini keltiring.

  9. Qobiq ajratishda hosil bo'lgan mahsulotlarni saralash jarayoniga qaysi omillar ta'sir qiladi?

Tayanch iboralari.
Qobig’i ajratilgan mayoiz. Maydalangan mag’iz. Un. Qobiq. Qobiq ajratish mahsulotlarini saralash.



  1. MAVZU. YORMALARNI SILLIQLASH VA SAYQALLASH

JARAYONI
Reja:

  1. Yormalarni silliqlash jarayoni.

  2. Mag’izlarni silliqlash jarayonida qo'llaniladigan uskunalar tavsifi.

  3. Silliqlash jarayonini yormaning ximiyaviy tarkibiga ta'siri.

  4. Yormalarni sayqallash jarayoni.

Foydalanilayotgan adabiyotlar.

  1. Egorov G.A., Mefnikov E.M., Maksimchuk B.M. Texnologiya muki, krupi, kombikormov. M. Kolos, 1984 g.

  2. Egorov G.A., Martinenko YA.F., Petrenko T.P. Texnologiya i oborudovanie mukomofnoy, krupyanoy i kombikormovoy promishlennosti. M, MGAPP. 1996 g.

  3. Mefnikov E.M. Texnologiya krupyanogo proizvodstva. M., Agropromizdat. 1991 g.

  1. Yormalarni silliqlash jarayoni.

Yormalarni silliqlash jarayonida mag’izning meva, urug'’ qobig’i, aleyron qatlam va murtagi silliqlash mashinalarida olib tashlanadi.
Silliqlash natijasida quyidagilar ta'minlanadi:

  1. Odam organizmi hazm qila olmaydigan, tarkibida ko'p miqdorda kletchatka bo'lgan qobiqlarni olib tashlashni;

  2. Yormaning tovar ko'rinishini va rangini yaxshilashni;

  3. Yormaning istemolboplik xususiyatlarini yaxshilaydi (pishirish vaqti kamayadi, pishirishda hajmi bir necha barobar oshadi.);

  4. Tarkibida ko'p miqdorda moy bo'lgan murtak va mag’izning tashqi qatlamlarini olib tashlash natijasida yormaning saqlash muddati ko'payadi;

  5. Maydalangan yormalarni (arpa, bug’doy, makkajuxori) silliqlashda nafaqat qobiqlari olib tashlanadi, balki bo' lakchalarga aylana shakli ham beriladi.

Silliqlash jarayonida abraziv yuza, ishchi organlarni, g’alvir teshikchalarini ta'sirida va mag’izlarni o'zaro ishqalanishi natijasida mag’izning tashqi qobiqlari doimiy ravishda olib tashlanadi.
Silliqlash jarayoniga mashinalarning konstruktsiyalari, ishchi or- ganlarning holati, mashinaga tushadigan yuklama va boshqalar ta'sir qiladi.
Silliqlash jarayonida ko'p miqdorda un hosil bo'ladi. Meva qobig’i qizil rangli sholi mag’izini va maydalangan bug’doy, arpa, makkajuxori Yormasini silliqlashda ko'p miqdorda un hosil bo'ladi. Bundan tashqari silliqlash natijasida ancha miqdorda maydalangan mag’iz ham hosil bo'ladi.
Agar unning hosil bo'lishi qochib bo'lmaydigan operatsiya bo'lsa, maydalangan mag’izning ko'payishi - maqsadga nomuvofiq ko'rinishdir.

SHuning uchun silliqlashda shunday mashinalarni qo'llash zarurki, bunda silliqlashning kerakli darajasini mag’izni minimal maydalanishi bilan ta'minlasin.



  1. Mag’izlarni silliqlash jarayonida qo'llaniladigan uskunalar tavsifi.

Magizlarni silliqlashda har xil silliqlovchi mashinalar qo'llaniladi.
SHoli mag’izini silliqlashda RS-125 va A1-BSHM-2,5 rusumli ma- shinalar qo'llaniladi. Maydalangan yormalarni (arpa, bug’doy, makkajuxori) silliqlashda A1-ZSHN-3 rusumli mashina qo'llaniladi.




Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin