Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə12/34
tarix25.09.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#148584
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34
Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi

A = Au + As
Bu erda: Au - bo'linadigan jismning egiluvchan va plastik deformatsiyasini energiya sarfi.
As - yangi yuzani hosil qilish energiya sarfi.
SHunday qilib maydalash jarayonining vazifasi ancha yirik qismni bo' laklashda yangi yuzani olish, bunda faqat As energiya sarfini hisoblash

foydali. Bu maydalash jarayonining foydali ish koeffitsientini shartli baholash imkonini beradi:


As

V, =
As + Ay
Rebender P.A. maydalashning umumlashgan qonunini quyidagicha yozishni taklif kiritdi.

V

2
a
A = Ag + my + a ■ Д ■ A ■ a
2 E
Bu erda: A0 - deformatsiya jarayoniga va maydalovchi mashinalar ishchi
organlarini emirilishiga sarf bo' ladigan energiya sarfi; mu - maydalanadigan material bo'lakchalari deformatsiyasi siklini soni;
r-maydalanadigan materialni bo'laklovchi kuchlanish;
V- bo'laklanadigan material hajmi;
E-materialning egiluvchanlik moduli;
/SS=Sk-Sn-qayta hosil bo'lgan yuza kattaligi; a= (Sk/Sn) =in- ko'paytirgich, mashina konstruktsiyasidan bog’liq holda yangi
yuzani hosil qilishni tavsiflaydi.

  1. Donni valli dastgohlarda maydalashning asoslari.

Valli dastgohlarning ishchi organlari bir-biriga tomon turli aylanma tezlik bilan harakatlanuvchi tishli yoki g’adir-budir yuzali gorizontal joylashgan ikkita silindrik valdan iborat. Maydalanayotgan material turidan bog’liq holda vallarning turli geometrik, kinematik va yuklama ko'rsatkichlari qo'llaniladi.
Tez va sekin aylanuvchi vallar bir xil geometrik tavsifga (tishlarni zichligi, tishlarning profili va tishlarning qiyalik burchagi) ega.
Un ishlab chiqarishda don va don mahsulotlarini maydalash darajasiga umumiy yanchilish I kattaligi bilan tavsiflanadi va buning qiymatiga nafaqat vallarning geometrik tavsifi (diametri, tishlarning yuzasi va o'zaro joylashuvi, ishchi yuzaning g’adir-budurlik darajasi), balki vallarning kinematik ko'rstakichlari (vallarning aylanma va nisbiy tezligi) ham, solishtirma yuklama kattaligi va boshqa omillar ta'sir ko'rsatadi.

  1. Valli dastgohning ishlash samaradorligiga ta'sir qiluvchi omillar.

Don va uning mahsulotlarini valli dastgohlarda maydalash samaradorligiga juda ko'p omillar ta'sir ko'rsatadi. Bu omillarning asosiylariga quyidagilar kiradi: vallar orasidagi ishchi masofa; tishlarning

qiyaligi; tishlami o'zaro joylashuvi; tishlarni kesish zichligi; vallarning aylanma va nisbiy tezligi; vallarga tushadigan solishtirma yuklama kattaligi.


Maydalovchi vallar orasidagi ishchi masofani o'zgarishi bilan yanchilish kattaligini ko'rsatkichi o'zgaradi. SHuning uchun vallar orasidagi ishchi masofani doim bir xilda bo'lishi alohida ahamiyatga egadir. Vallar orasidagi ishchi masofani stabil saqlash uchun quyidagi talablar qo'yiladi:

  1. Vallarning silindrik shakli juda katta aniqlikda bo'lishi kerak;

  2. Vallarni buqilishdagi qattiqligi katta bo'lishi kerak;

  3. Vallarni va vallararo uzatish shkiv va shesternalarini debalans ko'rsatkichi juda katta aniqlikda bo'lishi kerak;

  4. Valli dastgohdagi podshipniklarning sifati juda yuqori bo'lishi kerak.

  1. Maydalash jarayoniga vallardagi tishlarning parametrlarining ta'siri.

Maydalash jarayoniga tishlarning shakli ham katta ta'sir qiladi. SHuning uchun navli un tortishda yormalash sistemalarida, qayroqlash sistemalarida va oxirgi yanchish sistemalaridagi valli dastgohlarda tishli vallar qo'llanadi. YAnchish sistemalarida esa g’adir-budur yuzali vallar qo'llaniladi.
Vallarning yuzasidagi tishlar val yuzasiga parallel joylashgan bo'lib, ma'lum burchak ostida bo'ladi va bu ko'rsatkich foizlarda belgilanadi. Tishlarning qiyalik burchagini ko'payishi bilan maydalashning intensivligini oshadi.
Maydalashga birga ishlovchi vallarning tishlarini o'zaro joylashuvi juda katta ta'sir qiladi. Vallardagi tishlarni o'zaro joylashuvi to'rt xil ko'rinishda bo'ladi: uchi uchi bilan, elkasi elkasi bilan, uchi elkasi bilan, elkasi uchi bilan.
Agar tishlarni o'zaro joylashuvi uchi uchi bilan bo'lsa donning endospermi bilan birga qobiqlari ham intensiv maydalanadi. Bug’doy va javdar donidan navli un tortishda tishlarni bunday o'zaro joylashuvi maqsadga muvofiq emas.
Tishlarni uchi uchi bilan o'zaro joylashuvi shaffofligi 40 % kam bo'lgan bug’doy donidan va makaron mahsulotlari uchun un tortishda qo'llash tavsiya qilinadi.
SHaffofligi 40 % dan ko'p bo'lgan bug’doy donidan un tortishda tishlarni elkasi elkasi bilan o'zaro joylashuvini qo'llash tavsiya qilinadi.
Tishlarni kesish zichligi (valning 1 sm yuzasidagi tishlarni miqdori) un tortishning turidan va maydalanadigan mahsulotlarning yirikligidan bog’liq bo'ladi. Agar maydalanadigan mahsulot qancha kichik bo'lsa, tishlarni kesish zichligi shuncha ko'p bo'lishi kerak. Ammo tishlarni kesish zichligini oshishi bilan tishlarning balandligi kamayadi, bu tishlarning ishlash muddatlarini kamaytiradi.
Eng yaxshi oqlik va kuldorlik korsatkichli un olish uchun yanchish va qayroqlash sistemalaridagi valli dastgohlarda g’adir-budur yuzali vallar qo'llaniladi.
Hozirgi paytda Ozbekiston Respublikasidagi va chet ellardagi tegirmonlarda navli un tortishda Yormalash sistemalarida va oxirgi yanchish sistemalaridagi valli dastgohlarda tishli vallar, qayroqlash va yanchish sistemalarida g’adir-budir yuzasi vallar qo'llaniladi.

  1. Maydalash jarayonining texnologik samaradorligi.

Maydalash samaradorligiga bir qancha omillar ta'sir ko'rsatadi. Ulardan asosiylari vallar orasidagi ishchi masofa, tishlar qiyaligi, tishlarning o'zaro joylashuvi, tishlarning qirqim zichligi, vallarning aylanma va nisbiy tezliklari, vallarga tushadigan solishtirma yuklamalardir.
Qattiq jismlarni va donni maydalashni maydalash samaradorligini asosiy kriteriyasiga quyidagilar kiradi: maydalash darajasi (i); jarayonning
solishtirma energiya sig’imi Nud (kVt. soat/tonna); maydalovchi mashinaning ishchi organlariga tushadigan solishtirma yuklama (valli dastgohlar uchun, kg/sm. sut).
Maydalash darajasi yangi xosil bo'lgan yuzani Sk maydalanadigan materialning boshlang’ich yuzasini Sn nisbati bilan aniqlanadi.
S к Sn
Maydalash darajasi bir nechta usul bilan aniqlanadi: elakli,
sedimentatsion va mahsulotga gazni kirish usuli. Un tortishda I, II, III va IV Yormalash sistemalaridagi yuqori qoldiq mahsulotlarini noto'g’ri shaklda bo'lishi bu usullarni qo'llashni qiyinlashtiradi. SHuning uchun har bir maydalash sistemasidagi valli dastgohlarning maydalash samaradorligini aniqlash boshqa ko'rsatkich umumiy yanchilish qabul qilingan.
Umumiy yanchilish I ko'rsatkichi - mashinada qayta ishlangandan keyin olingan mahsulot massasi tarkibida bo'lgan elakdan o'tadigan bo'lakchalar miqdoridan m2 mashinaga tushadigan mahsulot massasi tarkibida bo'lgan elakdan o'tadigan bo'lakchalar miqdorini m^ ayirmasi tushiniladi.


  1. Yüklə 1,14 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin