= m2 - , %.
Agar maydalash mashinasiga tushadigan mahsulot massasi tarkibida elakdan o'tadigan bo'lakchalar bo'lmasa formula shu ko'rinishda qoladi. Agar keyingi maydalash sistemalari mashinalariga ajratib olingan yirik bo'lakchalar va ular tarkibida elakdan o'tadigan bo'lakchalar borligi hisobga olinsa formula quyidagicha bo'ladi:
(m - m )100 И = — , %
100 - m ^
Tegirmonlarda un ishlab chiqarishda energiya sig’imini to'liq bahxolash uchun 1 tonna un ishlab chiqarishga sarf qilingan energiya miqdori bilan aniqlanadi. Bunda donni tayyorlash, yanchish, navlarni shakllantirish, unni qoplash va mahsulotni jo'natishga sarf qilingan energiya miqdori ham hisobga olinadi. Mahsulotni maydalashga sarf qilingan energiya miqdorini aniqlashda faqat maydalovchi mashinalarga sarf qilingan energiya miqdori olinadi.
Takrorlash uchun savollar
Maydalash usullarining tavsifini keltiring.
Oddiy maydalash usuli kachon kullanadi?
Saylab maydalash usuli kachon kullanadi?
Oddiy maydalashda qanday uskunalar qo'llaniladi?
Saylab maydalashda qanday uskunalar qo'llaniladi?
Donni valli dastgoxlarda maydalaganda maydalash samaradorligiga qaysi omillar ta'sir qiladi?
Donni maydalashda vallar orasidagi ishchi masofani barqaror saqlashga qaysi omillar ta'sir qiladi?
Maydalash samaradorligi qanday aniqlanadi?
Chiqindilarni maydalash uchun qanday uskunalar qo'llaniladi?
Nomerli yorma (bug'doy, arpa, makkajuxori) olishda donni maydalash usullarini keltiring.
Tayanch iboralari.
Maydalash: oddiy maydalash, saylab maydalash.
Valli dastgohlarda maydalash: vallar orasidagi ishchi masofa; tishlarning qiyaligi; tishlarni o'zaro joylashuvi; tishlarni kesish zichligi; vallarning aylanma va nisbiy tezligi; vallarga tushadigan solishtirma yuklama kattaligi.
6-MAVZU. MAYDALANGAN MAHSULOTLARNIYIRIKLIGI
BO'YICHA SARALASH VA ULARNING TASNIFI.
Reja:
Saralash jarayonining asosiy vazifalari.
Maydalangan mahsulotlarni saralash usullari.
Maydalangan mahsulotlarni yirikligi bo'yicha tavsifi.
Elashning texnologik sxemasi.
Maydalangan mahsulotlarni ZRSH-M rusumli elakdonlarda saralash sxemasi.
Maydalangan mahsulotlarni R3-BRB va R3-BRV elakdonlarida saralash sxemasi.
Maydalangan mahsulotlarni saralashni jadallashtirish.
Elash jarayoniga ta'si qiluvchi omillar
Elash jarayonining samaradorligi.
Foydalanilayotgan adabiyotlar
Egorov G.A., Mefnikov E.M., Maksimchuk B.M. Texnologiya muki, krupi, kombikormov. M. Kolos, 1984 g.
Egorov G.A., Martinenko YA.F., Petrenko T.P. Texnologiya i oborudovanie mukomoPnoy, krupyanoy i kombikormovoy promishlennosti. M, MGAPP. 1996 g.
Butkovskiy V.A. Texnologiya mukomoPnogo, krupyanogo i kombikormovogo proizvodstva. M. Agropromizdat, 1989 g.
Saralash jarayonining asosiy vazifalari.
Un, yorma va omuxta em ishlab chiqishda maydalangan mahsulotlarni yirikligi bo'yicha saralash o'ziga zarur texnologik operatsiyalarni biriktirgan.
Un ishlab chiqarishda donlarni valli dastgohlarda maydalashda hosil bo'ladigan mahsulotlar yirikligi bo'yicha keskin farq qiladi. Bu ularning keyingi ishlovchilarini qiyinlashtiradi. Bularni havo g’alvirli mashinalarda va valli dastgohlarda ishlov berishda operatsiyalarning samaradorligi bu mahsulotlarning granulometrik tarkibidan bog’liq bo'lib, ular yirikligi bo'yicha qancha teng bo'lsa, shunchalik mos texnologik sistema ish rejimini boshqarish aniqligi yuqori bo'ladi. Bundan tashqari maydalangan mahsulotlarni fraktsiyalarga ajratish ularni boyitish imkonini beradi. Maydalangan mahsulotlarni elaklarda saralash natijasida dondan olinadigan oxirgi mahsulotlar un va kepakni ajratiladi.
Yorma ishlab chiqarish sanoatida saralash asosiy rolni o'ynaydi. elaklarda mahsulotni elash natijasida yorma tarkibidagi un ajratib olinadi va yorma yirikligi bo'yicha navlarga yoki nomerlarga ajratiladi.
Maydalangan mahsulotlarni saralash usullari.
Maydalangan don mahsulotlari yirikligi bo'yicha maxsus uskunalarda elakdonlarda saralanadi. Ularning ishchi organlari elaklardir. Ishlatilish maqsadi va materialidan bog’liq holda elaklar metalmatoli, ipak ipli (Yorma uchun) va sintetik iplardan to'qilgan bo'ladi.
Tabiiy ipakdan bo'lgan elak o'rnida sintetik materialdan bo'lgan, asosan kapron va poliamiddan bo'lgan elaklar keng qo'llaniladi.
Elaklar nomerlanishi bilan farq qiladi. Metalmatoli elak nomeri sifatida ularning teshik o'lchamlari qabul qilingan. Agar elak nomeri 056 bo'lsa, demak teshik tomonlari 0,56 mm. Yormabop ipak elaklarning nomeri 1 dm elak yuzasidagi teshiklar miqdori bilan aniqlanadi. Masalan, elak nomeri 270 bo'lsa, bunda demak 10 sm elak yuzasiga shuncha yacheyka to'gri keladi. Unbop ipak elagining nomeri 1 sm elak yuzasidagi teshiklar miqdoriga mos keladi. YA'ni 1 smda 35 teshik bo'lsa, elak nomeri 35 bo'ladi.
Un ishlab chiqarishda mahsulotlarni yirikligi bo'yicha maydalashning maxsus sinflanishi qo'llaniladi. Texnologik jarayon maydalangan mahsulotlarni yirikligi bo'yicha ajratish va ularga alohida ishlov berishga asoslangan.
U yoki bu mahsulotni alohida fraktsiyaga ajratish uchun turli elaklar ishlatilishi mumkin. Masalan, o'rta yormacha N 056 metalmatohli elakning elanmasi va N O4 elakning qoldig’i bilan olinishi yoki N 120 -ipakning elanmasi va N160-elak qoldig’i yoki N 11 kapron elak elanmasi va N 17 kapron elak qoldig’i bilan olinishi mumkin.
Maydalangan mahsulotlarni yirikligi bo'yicha tasnifi.
Bu sinflanish bug’doy donidan navli un tortishda qo'llaniladi, bunda texnologik jarayon oraliq mahsulotlarini ko'proq olishga asoslangan. SHuning uchun bunday un tortishlar yormali un tortish nomini olgan.
Maydalangan mahsulotlarni yirikligi bo'yicha sinflanishi 9-jadvalda keltirilgan.
9-jadval.
Maydalangan mahsulotlarni yirikligi bo'yicha sinflanishi
|
|
Elak nomeri
|
|
|
Mahsulot
|
metal
|
ipa
|
k ipli
|
Sintetik
|
Bo'lakchalar
|
matoli
|
Yorma
uchun
|
un
uchun
|
ipli
kapron
|
o'lchami, mm
|
Qoldiq mahsulotlar Yormachalar:
|
1
|
-
|
-
|
7
|
> 1,15
|
katta
|
1/056
|
71/120
|
-
|
7/12
|
0,56...1,15
|
o'rtacha
|
056/04
|
120/160
|
-
|
12/17
|
0,40...0,63
|
mayda
Dunst:
|
04/-
|
160/200
|
-
|
17/23
|
0,32...0,45
|
qattiq
|
-
|
200/260
|
25/29
|
23/29
|
0,25...0,32
|
yumshoq
Un:
|
-
|
260/-
|
29/38
|
29/43
|
0,16...0,25
|
oliy navli
|
-
|
-
|
38/43
|
43/58
|
0,14...0,16
|
birinchi navli
|
-
|
-
|
35/43
|
43/49
|
0,14...0,18
|
ikkinchi navli
|
-
|
-
|
32/38
|
38/46
|
0,16...0,20
|
Yormali un
|
-
|
-
|
23/25
|
27/29
|
0,25...0,32
|
Elashning texnologik sxemasi.
Tegirmon va yorma zavodlarida maydalangan mahsulotlarni yirikligi boyicha saralash uchun elakdonlar qollaniladi. Elakdonlarning konstruktsiyalaridan bog’liq holda ularda 14 tadan 22 tagacha elak ramkalari bo'ladi. Elakdonga keladigan mahsulotning tavsifiga asosan elak ramkalari har xil sxema asosida yig’ilgan bo'ladi.
Tegirmonlarda ZRSH-M va R3-BRB rusumli elakdonlar qo llaniladi. Yorma zavodlarida A1-BRU rusumli elakdonlar qollaniladi.
Elakdonlarda mahsulot elak bo yicha aniq qalinlikda harakatlanadi. Elakdon aylanma harakat qiladi. SHkaf tipidagi elakdonlarda mahsulotlarni oldinga qarab harakati mahsulotning uzluksiz elakka tushishi bilan ta'minlanadi, bu elak ramasining qabul qismida tayanch va shuningdek mahsulotning elak bilan o'zaro ta'siri natijasida hosil qiladi.
Mahsulot qatlami qancha qalin joylashgan bo'lsa, uning tezligi shunchalik past bo'ladi.
Ajratish jadalligiga elakdagi maqsulot qalinligi katta ta'sir ko'rsatadi. Maydalangan mahsulot uchun uning optimal qiymati 12-18 mm.
Maydalangan mahsulotlarni ZRSH-M rusumli elakdonlarda saralash
sxemasi.
ZRSH-M rusumli elakdonda elaklar to'rttadan to'rt guruhga bo'lingan. Valli dastgohda maydalangan mahsulot 1 guruhdagi to'rtta elakga tushadi va parallel hammasida elanadi. Bu elaklardagi qoldiq mahsulot elakdondan chiqariladi, elaklardan o'tgan elanma yig’iladi va 2 guruhdagi yuqori elakga uzatiladi. Bu erda mahsulot ketma-ket elaklarda saralanadi. 2 guruhning oxirgi elakidagi qoldiq elakdondan chiqariladi, elaklardan o'tgan elanma yig’iladi va 3 guruhdagi yuqori elakga uzatiladi. 3 guruhdagi elaklarda mahsulot ketma-ket elaklarda saralanadi. elaklarda qolgan mahsulot 4- guruhdagi yuqori elakga uzatiladi, elanma esa elakdondan chiqariladi. 4- guruxdagi elaklarda elash natijasida 3 qoldiq va 2 elanma ajratib olinadi. ZRSH-M rusumli elakdonda 1 sxema asosida elash natijasida yirikligi boyicha 5 xil mahsulot olinadi.
ZRSH-M rusumli elakdonlar 4 sektsiyali va 6 sektsiyali bo'lib, shkaf tipida ishlab chiqariladi. Ushbu rusumdagi elakdonlarda elak ramkalarini joylashish texnologik sxemalari quyidagicha:
sxema - 1 Yormalash, 1 va 2 qayroqlash sistemalarida maydalangan mahsulotni yirikligi bo'yicha saralash uchun qo'llaniladi.
sxema - oxirgi Yormalash, yanchish va qoldiq mahsulotlarni maydalab saralash sistemalarida qo'llaniladi.
sxema - oxirgi qayroqlash va mahsulotlarni saralash sistemalarida qo'llaniladi.
sxema - jaydari un olishda va unni nazorat qilishda qo'llaniladi.
Maydalangan mahsulotlarni R3-BRB va R3-BRV elakdonlarida
saralash sxemasi.
R3-BRB rusumli elakdonlarda to'rtta gurux elaklari bo'lib, ularda elaklar soni 6, 7, 6 va 3 tadan bo'lib , 22 elak ramasini hosil qiladi. Bu mahsulotlarni murakkab saralashni tashkillashtirish imkoniyatini beradi va elash jarayonining samaradorligini yanada oshiradi..
R3-BRB va R3-BRV rusumli elakdonlarda 21 ta elak ramkalarini joylashish texnologik sxemasi qo'llaniladi va strukturasi bo'yicha esa 3 ta tipga bo'linadi.
I va II tip sxemalari R3-BRB elakdonlarida un ishlab chiqarishning asosiy jarayonlarida qatnashadi. III tip sxemalar b va v R3-BRV elakdonlarida unni nazorat qilish jarayonlarida qollaniladi.
A1-BRU rusumli elakdon asosan Yorma zavodlarida qo llaniladi: grechixa zavodlarida Yormalarni saralashda; tarik zavodlarida qobig’i ajratilgan donlardan ozuqa unini ajratishda;, arpa zavodlarida Yormalarni dastlabki saralash uchun qo'llaniladi.
A1-BRU rusumli elakdonlarda elak ramkalarini joylashuvi bo'yicha 4 ta texnologik sxema qollaniladi.
Maydalangan mahsulotlarni saralashni jadallashtirish.
Ajratish jarayoni maydalangan mahsulotlarning granulometrik tarkibidan va bo'lakchalarning geometrik tavsifidan bog’liq. Agar mahsulotda qobiqning yirik bo'laklarining miqdori ko'p bo'lsa, mag’iz bo'laklarini elab olish yomonlashadi. Bu holda mahsulot bo'laklarining zichligi bo'yicha qatlamlanish jarayoni jadalligi kamayadi.
Natijada elakdagi mahsulotda bo'lgan elanma qismlar vaqt oralighda quyi qatlamga joylashishga ulgurmaydi, elak bilan kontaktga kiradi va elanadi. SHuning uchun mahsulotning dastlabki fraktsiyalanishi elash jadalligini oshirish kerak. Buning uchun donning maydalangan mahsulotlari valli dastgohlaridan keyin kamchinli mashinalarga uzatiladi va qoldiq ko'rinishida yirik fraktsiya olinadi hamda u keyingi texnologik sistemaga jo'natiladi. Mahsulotga kamchinli mashinalarda ishlov berilganda mag’izning qobiqdan
ajralishi natijasida qo'shimcha elanma qismning hosil bo'lishiga olib keladi. Bundan tashqari elakdonlarda yuklama kamayadi va elash ham yaxshilanadi.
SHunday qilib, donni unga yanchish jarayonining birinchi bosqichida qamchinli mashinaning qo'llanilishi mahsulotlarni ajratish jarayonining samaradorligiga ijobiy ta'sir qiladi. Bir vaqtning o'zida shu bilan magizni yig’ish ortadi va bu donni yanchish jarayonini qisqartiradi.
Elash jarayoniga ta'sir qiluvchi omillar.
Donning maydalangan mahsulotlarini elaklarda ajratishni vazifasi ularni ikki fraktsiyaga bo'lishdan iborat bo'lib, bular qoldiq va elanma mahsulotlardir.
Bu jarayonning samaradorligi katta miqdordagi omillardan bog’liq bo'lib bular quyidagilardan iboratdir:
mahsulot qismlarining xossalaridan;
mahsulotda turli yiriklikdagi fraktsiyalarning massalari nisbati;
elakka tushadigan solishtirma yuklama;
elak materiali;
elakdagi teshiklarni o'lchamlari;
elakdon konstruktsiyasi xususiyatlaridan va boshqalardan bog’liq.
Elash jarayonining samaradorligi.
Elash jarayonining samaradorligini aniqlashda bir qancha omillar o'zaro bog’liq bo'ladi. SHuning uchun ajratish jarayonining samaradorligini baxolashda umumlashgan ko'rsatkichlar qo'ullaniladi.
Ajratish koeffitsenti va elanmay qolgan mahsulot (nedosev) koeffitsenti.
Agar kelib tushadigan mahsulotda elakdan o'tadigan bo'lakchalar miqdori m0 ni tashkil qilsa, elash natijasida haqiqiy olingan elakdan o'tadigan bo'lakchalar m} bo'lsa, bunda ajratish koeffitsenti quyidagicha bo'ladi.
m
Dostları ilə paylaş: |