1.2. Mashhur rassomlar asarlarida manzara janrining o‘rni...........................17
II.BOB. UMUMTA’LIM MAKTABI O’QUVCHILARINI MANZARA JANRIDA ISHLASHGA O’RGATISH METODIKASI.
2.1. Manzara kompozitsiyasi ishlash qonun qoidalari.......................................23 2.2. O‘quvchilarni manzara janrida ishlashga o’rgatish metadikasi...............36
3.1. Tajriba-sinov ishlarining mazmuni va o‘tkazish metodikasi.....................42 3.2. Olingan natijalar tahlili.................................................................................42
XULOSA……………………………………………………………....…………44 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………....………………..45 ILOVALAR………………………………………………………….......……....49 Shu reja asosida har bir bobiga ma’lumot yozasiz Kirish. Milliy istiqlol tufayli O’zbekiston xalqi o’zini milliy ma’naviy-madaniy yangilanishida o’ziga xos yo’lni tanladi va bu jarayon yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich rahnomoligida bosqichma-bosqich davom etmoqda.Shu jumladan san’at sohasiga berilayotgan etibor yuksak darajada desak, mubolag’a bo’lmaydi.Shunday ezgu maqsadlarni amalga oshirish mamlakatimizda demokratik tamoyillarga asoslangan jamiyatni barpo etish, yurt taraqqiyotini ta’minlash, yoshlar qalbiga va ongiga milliy istiqlol g’oyalarini shakllantirishni taqozo etmoqda.
1997-yil 23-yanvarda imzolangan “O’zbekiston Badiiy Akademiyasini tashkil etish to’g’risida”gi farmon, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil11-martda qabul qilingan shu yo’nalishdagi qarori muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Muhimi, san’atda mafkuraviy nazoratni bekor qilinishi natijasida ijod erkinligini qo’lga kiritgan rassomlar uslubiy rang-baranglikda ijod qila boshladilar. Bu jarayon esa, san’atda izlanishlar, turli uslub va yo’nalishlarning rivojlanishiga olib keldi. Ayni vaqtda hozirgi jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan davrning o’zi tasviriy san’at sohasini yanada taraqqiy ettirish, uning bugungi kundagi o’rni va mavqeyini oshirish, O’zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirishni talab etayotganini e’tirof etish lozim.
Ayniqsa, tasviriy san’at ijodkorlarning imkoniyat va salohiyatini to’laqonli yuzaga chiqarish, rangtasvir va amaliy san’at asarlarining yuksak sifatini ta’minlash borasida keying paytlarda dolzarb muammolar to’planib qolgani, jumladan, sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlarning bugungi kun talablariga javob bermasligi, mavjud moddiy-texnik bazaning nochorligi, malakali kadrlar yetishmasligi,xalqaro ijodiy va ilmiy aloqalarni rivojlantirish hamda ijodkorlarni har tomonlama rag’batlantirishva iste’dodli yoshlarning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirishda yuzaga kelayotgan sustkashliklar mazkur sohaga davlatimiz tomonidan e’tiborni kuchaytirishni taqozo etmoqda.
Ma’lumki 2017-yil3-avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ijodkor ziyolilar vakillari bilan uchrashuvda taraqqiyotimizning hozirgi bosqichida madaniyat, adabiyot va san’at sohasini, jumladan, tasviriy san’at yo’nalishini rivojlantirish borasidagi dolzarb vazifalarni belgilab, ularni hal etish yo’llarini ko’rsatib berdi.
Ijtimoiy ong shakllaridan biri san’at tabiat va jamiyatda bo’lgan ,bo’layotgan va bo’ladigan voqea-hodisalarni badiiy tasvirlarda ifodalanishidir. Hozirgi yoshlarni zamon talabiga mos darajada kamol topishida tasviriy san’at xususan,qalamtasvir, rangtasvir, kompozitsiya fanlarining o’rni alohida ahamiyat kasb etadi.
Tasviriy san’at o’zida moddiy olamning umumiy holatini va rivojlanishini aks ettirib, o’quvchilarga uni tushuntirishda muhim vosita bo’ladi va ularni siyosiy, ahloqiy va badiiy jihatdan tarbiyalashning qudratli omili bo’lib xizmat qiladi. San’at voqelikning o’zida ifodalash uslubi va xarakteri, mazmuniga ko’ra tasviriy san’at, me’morchilik adabiyot, musiqa, sirk, teatr, kino, radio-televideniya kabi turlarga bo’linadi.
Tasviriy san’atda manzara janrida san’at asari yaratishning eng ijobiy va muhim xususiyati shundaki, hodisalarni tushunchalarda emas, balki sezgi va his bilan idrok qilinadigan shakllarda, tipik-badiiy obrazlarda ifodalaydi.
O’zbekiston tasviriy san’atining tarixi, qadriyatlari, ilm-fan, madaniyat durdonalarini , har tomonlama ilmiy va ijodiy o’rganish va tahlil etish g’oyat muhimdir. Shu maqsadda Respublikamiz hukumatining qator hujjatlari Vatanimizning har tomonlama jahon andozalari asosida rivojlantirishga qaratilmoqda. Shunday ekan, har bir jamiyatning ijodkor qatlami o’zining o’rinbosarlari bo’lgan yosh avlodning kelajagi uchun qayg’urishi va g’amxo’rlik qilishi zarurdir.
Ajdodlarimiz yaratgan buyuk san’at asarlari, madaniy-ma’rifiy boyliklar xalqimiz, ayniqsa yosh avlod uchun katta tarbiya maktabi bo’lib xizmat qilishi mumkin.
O’zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirish bo’yicha 2017-2021-yillarga mo’ljallangan chora-tadbirlar dasturi va mazkur dasturni amalga oshirish bo’yicha Respublika komissiyasi tarkibi tasdiqlandi. Qarorda mamlakatimiz madaniy hayoti uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan bir qancha masalalarga alohida e’tibor berilgan. Jumladan, O’zbekiston tasviriy san’atini yanad rivojlantirish maqsadida jahondagi yetakchi badiiy akademiyalar, ushbu yo’nalishdagi ta’lim muassasalari, tashkilotlar, madaniyat va san’at ustalari o’rtasida o’zaro foydali tajribalar almashishni yo’lga qo’yish maqsadida har tomonlama ijodiy aloqalarni rivojlantirish belgilangan. Ushbu qarorda O’zbekiston badiiy akademiyasi tizimidagi tashkilotlarni moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xalqimizning boy madaniy merosini, tasviriy san’at hamda dizayn an’analarini rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Badiiy akademiyasining Badiiy ijodkorlar uyushmasi faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha chora tadbirlar tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan. Yana shunisi muhimki, qarorda tasviriy san’at yo’nalishidagi ijodkorlarni rag’batlantirish, shuningdek, bolalar san’atini rivojlantirish, O’zbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi ta’lim muassasalari faoliyatida ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatlari va o’rta maxsus ta’lim muassasalari uchun boshlang’ich badiiy ta’limni yo’lga qo’yish rejalashtirilgan.
Ayni vaqtda O’zbekiston Badiiy akademiyasi, O’zbekistonRespublikasi Madaniyat vazirligi va Fanlar akademiyasining mamlakatimiz muzeylari fondlarini mustaqillik yillarida yaratilgan yuksak badiiy qiymatga ega bo’lgan tasviriy san’at asarlari bilan muntazam boyitib borish va asarlar qiymatini ijodiy va moddiy salohiyatidan kelib chiqqan holda belgilash qayd etilgan.
Hozirgi kunda tasviriy san’at turlaridan manzara janrida rassomlar va pedagog rassomlar tomonidan bir qator ijodiy ishlar olib borilmoqda.
Tasviriy san’at darslarida rassomlar yaratgan asarlaridan foydalanishni keng yo’lga qo’yish orqali yoshlarni vatanga sadoqatli, yuksak didli va yuqori malakali mutaxassis bo’lib yetishishlarini ta’minlashdan iboratdir.
Yoshlarni tarbiyalashda estetik tarbiya muammolariga doimiy va jiddiy e’tibor, insonni qurshab olgan borliqdagi go’zallikka, barcha yoshlarni san’at olamiga yaqinlashtirish, haqiqiy barkamol avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jamiyatimizning bugungi kundagi oldiga qo’yga eng yuksak ma’sulyatli vazifalardan biri hisoblanmoqda.