O’quvchilarni to’garak mashg’ulotlarida manzara ishlash orqali ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish.
Ijodiy ishni yaratishdan maqsad go’zal va beqiyos yurt O’zbekiston atalmish diyorning jannatbaxsh so’lim go’shalarini ko’rsatib berishga harakat qilishdir,qolaversa o’zbek tasviriy san’ati manzara janrini o’ziga xos jihatlarini mana shu jannatmakon ona yurtimiz misolida keng darajada targ’ib etish, shu bilan birga jahon tasviriy san’atiga ulkan hissa qo’shgan buyuk rassomlar ijodiy merosini o’rganish, hamda asrab-avaylashga o’rgatish.
Bitiruv malakaviy ish obyekti. Bitiruv malakaviy ishi bo’yicha bajarilgan turli xil variantdagi eskizlar, qoralama ishlar va manzara janrida ijod etgan rassomlarning asarlaridan reproduksiyalar. Amaliy ish jarayonida perspektiva va rangtasvir texnologiyasi qonun-qoidalariga amal qilish va amalda qo’llash.
Umumta’lim maktablari, Oliy o’quv yurtlari, ixtisoslashtirilgan san’at maktablarining to’garak mashg’ulotlari jarayoni hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ish predmeti.O’quvchilarning tasviriy san’at o’qitish tizimida ta’lim jarayonining sifatini oshirish mazmuni va texnologiyasi va izlanishlar davomida mavzuga doir materiallarning mavjudligi.
Bitiruv malakaviy ishning vazifalari: O’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida to’garak mashg’ulotlarida tabiat qo’yniga chiqib manzara ishlash metodlarini o’rgatish.
O’quvchilarga tasviriy san’at va madaniyatning buyuk asarlari rassomlarning manzara janrida ishlangan ishlari bilan chuqurroq tanishtirish.