Bitiruv malakaviy ishning farazi: Ilmiy izlanish amalga oshirilishi jarayonida quyidagi tadqiqot masalalari o’z yechimini topdi:
Rangtasvir asarini tasvirlashga xizmat qiladigan tasviriy san’at asarlari badiiy yechimlarining metodologik asoslari, konseptual tamoyillari va asoslangan takliflarni ishlab chiqish;
Tanlangan mavzuning maqsadi va vazifasiga muvofiq manzara janrini tasvirlash, fazoviy kompozitsion yechim, yoritish, rang stil va boshqa ta’sir etuvchi omillarni tadqiq qilish, ularni jamlash, optimallashtirish va maqbul holatga keltirish;
Badiiy ijodga yo’naltirish;
Bo’sh vaqtlarini samarali o’tkazish;
Ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish.
Bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiligishu bilan belgilanadiki, ijodiy ishda haqqoniylik va dekorativlilikning o’zaro birlashuvi asos qilib olingan. To’plangan ilmiy ma’lumotlar asosida qish manzarasi yaratib, uning o’ziga xos jihatlarini, bundan tashqari jahon tasviriy san’ati svilizatsiyasiga hissa qo’shgan buyuk rassomlarning shu mavzuda yaratilgan rangtasvir asarlarini tasviriy vositalar orqali ko’rsatib berilganligi mavzuning ilmiy yangiligini tashkil qiladi.
Ijodkor har bir asarini yozar ekan, uni to’laqonli yoritishni buyuk rassomlarning asarlaridan o’rganadi. Kompozitsion jihatlarini va ularning joylashuv nuqtalaridan tortib ranglarning qo’yilishigacha bo’lgan jarayonlarini birma-bir kuzatib yaratayotgan ijodiy ishi ustida xulosa chiqaradi. Mazkur mavzuning ilmiy yangiligi uning jilokor ranglarda ko’rinishida, qismlarning bir-biri bilan solishtirgan holatda yaxlitlikka intilganligidadir.
Bitiruv malakaviy ishning amaliy ahamiyati:Tanlangan mavzu va bajarilgan amaliy ish ijod qilishga ommaviy tarzda yosh rassomlarni jalb qilinishiga imkon yaratadi, ularning badiiy, ijodiy ehtiyojlarini to’liq qondirilishiga, turli yo’nalishdagi iqtidorlarni va qobiliyatlarini namoyon etib rivojlantirishga xizmat qiladi.