Tekislikka tegishli to’g’ri chiziq va nuqta. Quyidagi xollarda to’g’ri chiziq tekislikka tegishli bo’ladi:
agar to’g’ri chiziqning ikki nuqtasi tekislikka tegishli bo’lsa,bu to’g’ri chiziq tekislikka tegishli bo’ladi. Masalan, A to’g’ri chiziqning A va B nuqtalari (4.13-a,b rasm) Q tekislikka tegishli bo’lganligi uchun A to’g’ri chiziq Q tekislikka tegishli bo’ladi;
agar m to’g’ri chiziqning bir nuqtasi tekislikka tegishli bo’lib, mazkur tekislikka tegishli yoki unga parallel biror to’g’ri chiziqqa parallel bo’lsa,bu to’g’ri chiziq tekislikka tegishli bo’ladi. Masalan, m to’g’ri chiziqning C nuqtasi Q tekislikka tegishli va bu to’g’ri chiziq mazkur tekislikka tegishli to’g’ri chiziqqa parallel bo’lsa, u holda m to’g’ri chiziq Q tekislikka tegishli bo’ladi.
a) b)
4.13-rasm
To’g’ri chiziqning tekislikka tegishli bo’lish shartlaridan quyidagi xulosalarga kelish mumkin.
1-xulosa. Agar to’g’ri chiziq tekislikka tegishli bo’lsa,bu to’g’ri chiziqning bir nomli izlari tekislikning bir nomli izlariga tegishli bo’ladi (4.14-a,b rasm).
P tekislikka tegishli m to’g’ri chiziqning MHgorizontal izi tekislikning PH gorizontal izida, to’g’ri chiziqning MVfrontal izi tekislikning PV frontal izida joylashgan. Demak, m to’g’ri chiziq P tekislikka tegishli bo’ladi, ya’ni mP.
2-xulosa. Agar nuqta tekislikka tegishli bo’lsa,bu nuqta tekislikning biror to’g’ri chizig’iga tegishli bo’ladi.
4.15-rasmda P(PH, PV) tekislik bilan A(A′, A″) va B(B′, B″) nuqtalarning o’zaro joylashuvini ko’rsatilgan. Buning uchun:
nuqtaning gorizontal A′ (yoki frontal A″) proeksiyasidan o’tuvchi va tekislikka tegishli A to’g’ri chiziqning gorizontal a′ (yoki frontal a″) proeksiyasi o’tkaziladi.
A nuqtaning A′ gorizontal va A″ frontal proeksiyalari A to’g’ri chiziqning bir nomli a′ va a″ proeksiyalarida joylashgan uchun AОP bo’ladi.
Xuddi shu tartibda P(PH, PV) tekislik bilan B(B′, B″) nuqtaning o’zaro vaziyatini tekshirganimizda B′Оb′ va B″П b″ bo’lgani uchun BПP bo’ladi.
4.16-rasmda A va b kesishuvchi chiziqlar orqali berilgan Q tekislik bilan E va F nuqtalarning o’zaro vaziyati mva n chiziqlar yordami bilan aniqlangan:
Eў n ў va Eўў nўў bo’lgani uchun EQ bo’ladi.
Fў mў va Fўў mўў bo’lgani uchun esa FQ bo’ladi.