Yechish. Ixtiyoriy D(D′,D″) nuqtani tanlab olamiz (4.68-rasm) va uning D′, D″ proeksiyalaridan e va n perpendikulyarlarning proeksiyalarini e′QH e″QV va n′PH n″PV qilib o’tkaziladi. Chizmada hosil bo’lgan burchakning ′ va ″ proeksiyalari orqali uning haqiqiy qiymatini aniqlab, burchakni =180o- formula orqali topamiz.
4.68-rasm 4.69-rasm
2-masala.ABC va a‖b to’g’ri chiziqlarning proeksiyalari bilan berilgan tekisliklar orasidagi burchakni aniqlansin.
Yechish. Ixtiyoriy D(D′, D″) nuqta tanlab olinadi (4.69-rasm). Uning D′ va D″ proeksiyalaridan tekisliklarning gorizontallari va frontallariga e′h1″, e″f1″ va n′h2′, n″f2″ qilib perpendikulyarlar o’tkaziladi. Natijada, hosil bo’lgan (′, ″) burchakning haqiqiy o’lchamini aniqlab, so’ngra =180- burchak aniqlanadi.
Nazorat savollari
Tekislik chizmada qanday berilishi mumkin?
Tekislikning izi deb nimaga aytiladi?
Qanday tekisliklar proeksiyalovchi deyiladi?
Gorizontal va gorizontal proeksiyalovchi hamda frontal va frontal proeksiyalovchi tekisliklarning farqi nimada?
Qanday chiziqlar tekislikning bosh chiziqlari deyiladi?
Tekislikning eng katta og’ma chiziqlari yordamida qanday burchaklarni aniqlanish mumkin?
Ikki tekislikning o’zaro kesishish chizig’ini yasashning umumiy algoritmi qanday?
To’g’ri chiziq bilan tekislikning kesishish nuqtasini yasashning umumiy algoritmi nimadan iborat?
Tekislikka parallel bo’lgan to’g’ri chiziq qanday ketma-ketlikda o’tkaziladi?
Tekis chizmada berilgan ikki tekislikning o’zaro parallelligi qanday tekshiriladi?
Tekislikka perpendikulyar to’g’ri chiziqning proeksiyalari qanday vaziyatda bo’ladi?
Qanday tekisliklar o’zaro perpendikulyar deyiladi?
To’g’ri chiziq bilan tekislik orasidagi burchak qanday tartibda aniqlanadi?
Ikki tekislik orasidagi burchak qanday tartibda aniqlanadi?