Yechish. Bunda A(A′,A″) yuqori va B(B′,B″) quyi nuqtalarni topish ikki xil usulda ko’rsatilgan. Bu usullardan biri –urinma gorizontallar o’tkazishdir. Yuqori va quyi nuqtalar kesuvchi tekislikning silindrga urinma vaziyatda o’tkazilgan h1 va h2 gorizontallarga tegishli bo’ladi.
Ikkinchisi A va B nuqtalarni silindrning i(i′,i″) o’qi orqali o’tuvchi va Q tekislikka perpendikulyar bo’lgan M(MH) tekislik yordamida ham topish mumkin. Buning uchun Q tekislikning ixtiyoriy h gorizontali o’tkaziladi. Uning h′ gorizontal proeksiyasiga perpendikulyar ravishda tsilindirning i o’qi orqali M tekislikning gorizontal MH izi o’tkaziladi. Bu tekislik silindrni ℓ va ℓ1 yasovchilari bo’yicha,berilgan Q tekislikni esa 34 to’g’ri chiziq bo’yicha kesadi. 34 kesishish chizig’i va ℓ, ℓ1 yasovchilarning frontal proeksiyalari 3″4″ hamda ℓ′, ℓ″ larning o’zaro kesishuvidan A″ va B″ nuqtalar hosil bo’ladi. Yuqori va quyi nuqtalarning A′ va B′ proeksiyalari silindr asosining proeksiyasiga tegishli bo’ladi.
Tsilindr ocherkiga tegishli C va D nuqtalar shu ocherkni ifodalovchi ℓ2, va ℓ3 yasovchilarning Q tekislik bilan kesishuvida hosil bo’lgan, oraliqdagi E va F nuqtalar esa C hamda D nuqtalar singari topiladi.
2-masala. To’g’ri doiraviy konusning berilgan tekislik bilan kesishuvidagi kesim yuza proeksiyalari yasalsin (9.22-rasm).
Yechish. Kesuvchi tekislik o’zaro kesishuvchi a(a′,a″) va b(b′,b″) to’g’ri chiziqlar bilan berilgan. Dastlab tayanch nuqtalarning topilishini ko’rib chiqamiz. Kesishish chizig’ini konus ocherkiga tegishli, ya’ni konus chetki yasovchilari S9 va S8 larning berilgan tekislik bilan kesishish nuqtalari E, F lar quyidagicha topiladi: S9 va S8 yasovchilar orqali yordamchi VH1 frontal tekislik o’tkaziladi. U berilgan (a∩b) tekislikni 12 (1′2′, 1″2″) to’g’ri chiziq, konusni esa S8(S′8′, S″8″) va S9(S′9′, S″9″) yasovchilar bo’yicha kesadi.12 to’g’ri chiziq bilan S8 va S9 yasovchilarning kesishuvidan E(E′, E″) va F(F′,F″) nuqtalar hosil bo’ladi.
9.22-rasm.
Kesimning yuqori va quyi nuqtalar esa konusning i o’qi orqali o’tuvchi va berilgan tekislikka perpendikulyar bo’lgan yordamchi M(MH) tekislikdan foydalanib topiladi. Buning uchun berilgan tekislikning ixtiyoriy h(h′,h″) gorizontali o’tkaziladi. Bu gorizontalning h1′ proeksiyasiga perpendikulyar qilib, S′ nuqta orqali yordamchi M tekislikning MH izini o’tkazamiz. M tekislikning konus bilan kesishishi chiziqlari S5 va S51 yasovchilar hamda berilgan tekislik bilan kesishish chizig’i S16(S1′6′, S1″6″) larning frontal proeksiyalari o’tkaziladi. Ular o’zaro kesishib, mos ravishda quyi B va yuqori A nuqtalarning frontal proeksiyalari B″ va A″ nuqtalarni hosil qiladi. A va B nuqtalar orasidagi masofa kesim yuza – ellipsning katta o’qi bo’ladi. Uning kichik o’qi CD ni topish uchun AB kesmani teng ikkiga bo’luvchi O1 nuqta orqali AB ga perpendikulyar to’g’ri chiziq o’tkaziladi. Bu holda CD kichik o’q gorizontal vaziyatdagi to’g’ri chiziq bo’lib uning proeksiyasini yordamchi H1(H1V) tekislikdan foydalanib topamiz. Gorizontal proeksiyada kesuvchi tekislikning MH izi kesishish chizig’ining simmetriya o’qi bo’ladi. Oraliqdagi E1 va F1 nuqtalarning gorizontal proeksiyalari E1′ va F1′ nuqtalar shu simmetriya o’qiga asoslanib yasalgan. So’ngra ular orqali E1″ va F1″ nuqtalar topilgan. Hosil bo’lgan nuqtalarning ko’rinishligi V1H simmetriya tekisligi frontal bo’yicha aniqlanib, tekis egri chiziq bilan tutashtiriladi.
3-masala. Shar sirtining Q(a∩b) tekislik bilan kesishishidagi kesim yuzaning proeksiyalari yasalsin (9.23-rasm).
Dostları ilə paylaş: |