D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish o‘quv qo‘llanma bilim sohasi


Iqtidor - oʻquvchi yoki talabaning kuch-qudrati yoki biror muammoni hal qilishga qodirligining ifodasi. Innovatsiya



Yüklə 471,18 Kb.
səhifə88/94
tarix27.12.2023
ölçüsü471,18 Kb.
#200482
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   94
D. S. Karamatova pedagogiklik kasbiga kirish-fayllar.org

Iqtidor - oʻquvchi yoki talabaning kuch-qudrati yoki biror muammoni hal qilishga
qodirligining ifodasi.
Innovatsiya-yangidan kiritilgan tushunchalar, tartib–qoidalar, texnologiyalar va
yangiliklar.
Interfaol metodlar - ta’lim jarayonida o‘qituvchi tomonidan maqsadga erishish uchun
qo‘llanuvchi o’quvchilarning o‘z va o‘zaro faollashuvlariga qaratilgan
yo’l va usullar yigindisi.
Keys texnologiyasi- oʻquvchilarning mustaqil qarorlar qabul qilishlari, muammoli
savollarga toʻg‘ri va haqqoniy javoblar topishlariga qaratilgan,
oʻqituvchi kuzatuvchi vazifasini bajaradigan ta’lim texnologiyasi.
Kommunikativ- munozara faoliyat texnologiyasi- oʻqituvchining oʻquv jarayoniga
innovatsion yondashuvini talab qiladigan texnologiya.
Kreativlik- qandaydir yangi, betakror narsa yarata olish qobiliyati, badiiy shakl
yaratish, fikrlash, g‘oya va yechimga olib keluvchi aqliy jarayon.
Loyihalash –oldindagi faoliyat modelini tuzish, mavjud sharoitlarda o‘rnatilgan vaqt
mobaynida yo‘l va vositalarni tanlash uchun, maqsadga erishish
bosqichlarini ajratish, ular uchun alohida vazifalarni shakllantirish,
o‘quv axboroti va qaytar aloqani yetkazish vositasi va yo‘llarini
aniqlash.
"PEDAGOGIKLIK KASBIGA KIRISh" FANIDAN 
GLOSSARIY



109
Malaka- oʻquvchi yoki talabada muayyan oʻquv materiali va kasbni chuqur


oʻzlashtirish natijasida hosil boʻlgan avtomatlashgan mahorat.
Ma’lumot- shaxsning oʻqish, oʻrganish natijasida oʻzlashtirgan bilim, koʻnikmalari
hajmi, yoʻnalishi va darajasi.
Metod (yunoncha metodos- bilish yoki tadqiqot yoʻli, nazariya, ta’limot)- ta’lim
jarayonida taqdim etilgan amaliy va nazariy bilimlarni egallash,
oʻzlashtirish, oʻrgatish, oʻrganish, bilish uchun xizmat qiladigan yoʻl-
yoʻriqlar, usullar majmui keltirish.
Modellashtirish – obyektlarda ijtimoiy reallikning muayyan qismlarini tadqiq etish
uslubi hamda predmetlar va hodisalarning real mavjud bo‘lgan hamda
quriladigan modellarini o‘rganish va ishlab chiqishdir.
Mustaqil ta’lim- insonning oʻzi tanlagan vositalar va adabiyotlar yordamida avlodlar
tajribasini, fan va texnika yutuqlarini oʻrganishga yoʻnaltirilgan
shaxsiy harakatlar jarayoni.
Nutq madaniyati ─ ijtimoiy madaniyatni, kishilik jamiyati madaniyatini aks ettiruvchi
bir ko‘zgudir. Nutq madaniyati adabiytining har ikki shakli ─ yozma
va og‘zaki shakli uchun zarurdir.

Yüklə 471,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin