Davlat mexanizmi


Umuman olganda davlat turli davlat tashkilotlaridan iborat bo‘lib, ularga quyidagilari kiritish mumkin



Yüklə 94,5 Kb.
səhifə4/11
tarix02.06.2023
ölçüsü94,5 Kb.
#123096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1545967120 73406

Umuman olganda davlat turli davlat tashkilotlaridan iborat bo‘lib, ularga quyidagilari kiritish mumkin:
1. davlat organlari;
2. davlat muassasalari;
3. davlat korxonalari.
Davlat korxonalari va davlat muassasalari davlatning mustaqil tuzilmalari sifatida amal qiladi. Biroq, bu holda ushbu korxona va muassasalarning ma’muriyati davlat organlari umumiy tizimiga kiradi.
Shu o‘rinda bir holatni ta’kidlab o‘tish kerak, bozor munosabatlarining rivojlanishi natijasida ko‘pgina korxonalarda mulkka egalikning xususiy, ko‘pincha aralash shakllari joriy etilmoqda, shu bois davlat korxonalarining soni kamayishi tabiiy, xuddi shuningdek mulkni nodavlat shaldiga asoslangan korxona va muassasalarning soni ham, tegishlicha ko‘payib bormoqda.
Shu o‘rinda bir holatni ta’kidlab o‘tish joiz, mamlakatimizda mahallalarning roli, ularning mahalliy masalalarai hal etishdagi o‘rni e’tiborga sazvor. Fuqarolar yig‘ini - mahalliy aholining o‘zini - o‘zi boshqarish organi bo‘lib, u o‘z maqomiga ko‘ra davlat organlari tizimiga kirmaydi. Ayni paytda u jamoat tashkiloti ham emas, ya’ni fuqarolar yig‘ini, davlat organi ham emas, jamoat birlashmalari ham emas, ular alohida bir tizim, ya’ni aholining o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tizimiga kiradi.
Davlat organlari bilan bir qatorda, davlatning mexanizmiga kiradigan mansabdor shaxsni ham ko‘rsatib o‘tish kerak. Mansabdor shaxs, bu qandaydir bir jismoniy shaxs bo‘lmasdan, balki u davlatning amaldori, davlatning individual elementi, o‘ziga xos davlat organi bo‘lib, u davlat organlari tizimida o‘zining muayyan tizimiga ega, o‘zining huquq va majburiyatlar doirasiga ega. Demak, davlatning mansabdor shaxsi, muayyan sifat jihatlariga javob beradigan va davlatning ma’lum bir lavozimini egallagan, hatti-harakatlari yuridik oqibat vujudga keltiradigan shaxsdir.O‘zbekiston Respublikasi prezidenti -O‘zbekiston davlatining eng oliy mansabdor shaxsi hisoblanadi, Toshkent shahar hokimi esa poytaxt shaharning eng yuqori lavozimli shaxsi hisoblanadi va shunga o‘xshash.
Shunday qilib, biz ushbu rejada davlat mexanizmi tushunchasi, bu tushunchaning davlat apparati tushunchasi bilan, o‘zaro nisbati, davlat mexanizmining tarkibiy elementlari, ularning o‘ziga xos jihatlarini ko‘rib chiqdik va shu asnoda ayrim nazariy xulosalarni shakllantirdik:
-davlat mexanizmi davlat apparati kabi atamalar borasida ilmiy adabiyotda turli fikrlar mavjudligiga qaramay,ularning mazmunva mohiyati bir xil ekanligini e’tiborga olgan holda, umumiy tarzda davlat mexanizmi deb atagan ma’qul, mexanizm so‘zi apparat so‘zidan ko‘ra umumiyroq;
-davlat mexanizmi tarkibi haqida turli fikrlar mavjudligiga qaramay, deyarli barcha mutaxassislar davlat mexanizmiga barcha davlat organlari,tashkilotlari hamda davlatning moddiy qo‘shimchasi hisoblangan kuch ishlatishga haqli bo‘lgan maxsus tuzilmalarni kiritishadi, shu bois davlat mexanizmi tarkibi bu davlat organlari va tashkilotlari hamda kuch ishlatish huquqiga ega bo‘lgan maxsus tuzilmalar majmuidir, deb tavsiflash mumkin;
-davlat mexanizmi davlat paydo bo‘lishi bilan mavjud, biroq uning tarkibi, ixtisoslashuv darajasi, davlat xizmatchilari doirasi asrlar osha o‘zgarib, takomillashib kelgan bo‘Tlib, hozirgi zamon davlatlarida davlat mexanizmi juda katta va murakkab tuzilma sifatida namoyon bo’ladi.

Yüklə 94,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin