Davlat mexanizmi


Mahalliy hokimiyat organlari



Yüklə 94,5 Kb.
səhifə10/11
tarix02.06.2023
ölçüsü94,5 Kb.
#123096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1545967120 73406

Mahalliy hokimiyat organlari. Bunday organlar yoki mansabdor shaxslar (gubernatorlar, prefektlar, komissarlar va shu kabilar) odatda hukumat tomonidan u yoki bu hududni boshqarish uchun tayinlanadi (Finlyandiya, Lyuksemburg). Ko‘pincha tayinlangan mansabdor shaxslar bilan birga hududiy miqyosda aholi tomonidan saylangan mahalliy hukumat organlari faoliyat ko‘rsatadi. Shunday davlatlar ham borki, u yerda mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish vazifasini aholi tomonidan saylanadigan mahalliy ma’muriyat bajaradi.
Davlat organlarini faoliyati harakati davomiyligiga qarab, doimiy va muvaqqat organlarga bo‘lish mumkin. Albatta, (O‘zbekiston davlatining asosiy davlat organlari doimiy asosda amal qiladi, biroq ma’lum bir favqulodda holatlar ta’siri ostida muayyan muvaqqat organlar ham tashkil etilishi mumkin, masalan, tabiiy ofat yuz bergan va uning oqibat-larini tugatish paytida ma’lum bir davlat tuzilmasi tashkil etilishi mumkin.
Shunday qilib, davlat organi bu davlat mexanizmining tarkibiy bir mustaqil bo‘g‘ini bo‘lib, uning faoliyati orqali davlatning malum bir funksiyasi amalga oshiriladi. Shu bois ham davlat organi davlatning bir qismidir, deyish mumkin. Davlat organi ham xuddi davlat kabi ijtimoiy tuzilmadir. Davlat organi, ayni paytda davlatning bir elementi hamdir.
Har bir davlat organi qonunda belgilangan tartib va asoslarda, tegishli vakolatlar majmuasiga, ya’ni kompeten-siyasiga ega va shu kompetensiya doirasida u faoliyat olib boradi va davlat nomidan ish yurgizadi, o‘ziga yuklatilgan funksiyalarni ado etadi.
Shunday qilib, davlat organlari davlat mexanizmining, davlat apparatining tarkibiy elementlari bo‘lib, ular davlatning muayyan bir funksiyasini amalga oshiradi.
Davlat mexanizmida prokuratura va nazorat organlarining tutgan o‘rni.
Davlat mexanizmi va uning tarkibiy elementlari haqida gapirganda, bevosita har bir davlatda amal qiladigan nazorat (kontrol) organlari haqida ham to‘xtalish lozim bo‘ladi. Shu munosabat bilan, yuridik ilmiy adabiyotda ancha munozaralarga sabab bo‘lgan bir masalani, ya’ni barcha davlat organlari va tuzilmalarini hokimiyatning uch tarmog‘idan biriga kiritib bo‘lavermaydi, shu bois ularni nazorat hokimiyati tarmog‘i sifatida e’tirof etish lozim degan fikr mavjudligini ta’kidlab o‘tish kerak.
Biroq, rossiyalik huquqshunos olim V.A. Chetverninning fikricha, davlatchilik unchalik rivojlanmagan mamlakatlarda, uch hokimiyat tarmog‘ining bittasining ham tarkibiga kiritsa bilmaydigan organlarning mavjudligi, ushbu mamlakatlarda umuman hokimiyatlarning bo‘linmaganligini yoki hokimiyatlar bo‘linishining prinsipial tarzda buzilganligini ko‘rsatadi.
Yuqorida qayd etilgan muallifning fikricha, qaerda hokimiyatlar bo‘linishi to‘la amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘sha joyda muayyan bir organni qaysi hokimiyat tarmog‘iga kiritish masalasi ko‘ndalang bo‘lmasligi kerak, «ta’sis hokimiyati», «Prezident hokimiyati» kabilar haqiqiy hokimiyat bo‘linishi sharoitida bo‘llishi mumkin emas. Agarda, mabodo, ozgina chetga chiqishlar bo‘lsa-da, biroq bu holat yangi hokimiyat tarmog‘ining shakllanishiga olib kelmasligi kerak.
Prokuratura organi qonuniylik ustidan nazorat olib borishni amalga oshira borib, hukumat bilan birga ijro hokimiyatiga mansubdir. Prokuratura faoliyatining mazmun va mohiyati qonunlarning ijro etilishini ta’minlashga qaratilganligini nazardan chetga chiqarmaslik kerak, bizningcha. Shu bois, bu masalani hal etishda ushbu holatni e’tirof etmaslikning iloji yo‘q.
Kishilik jamiyati taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida davlat paydo bo‘llganidan boshlab davlat organlari tizimi ham vujudga kelgan, zotan, davlat o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishishi va vazifalarini ado etishi uchun maxsus vakolatli tuzilmalar - davlat organlariga zarurat bo‘lgan. O‘sha davrlardan beri insoniyat davlat organlari tizimini qanday samarali tashkil etish, uning faoliyatini takomil-lashtirish ustida bosh qotirib kelmoqda. Bu masalaning ijobiy echilishida hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi hal qiluvchi ahamiyatga egadir.
Davlat organlari tizimi, ya’ni davlat apparati faoliyatini samarali tashkil etishning, maqsadga muvofiq huquqiy shakli sifatidagi, hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi, aslida, hokimiyat vakolatlari suiiste’mol qilinishining oldini olishga qaratilgan. Yaxlit va yagona davlat hokimiyati, hokimiyatlar bo‘linishi prinsipiga muvofiq, mustaqil uch tarmoqqa - qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo‘linadi va ular o‘zaro bir-birlarining faoliyatini hamda o‘z vakolatlari doirasidan tashqariga chiqmasliklarini nazorat qilib boradi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11 - moddasida davlat organlari tizimi hokimiyatlar bo‘linishi prinsipiga asoslanishi mustahkamlab qo‘yilgan. Hozirgi kunda mamlakatimizda hokimiyatlar bo‘linishi prinsipining tashkiliy-huquqiy bazasi, mexanizmi mavjuddir.
Mamlakatimizda qonun chiqaruvchi hokimiyat O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi - Parlamenti faoliyati orqali amalga oshiriladi. Oliy Majlis qonun chiqaruvchi vakillik organi bo‘lib, u Konstitutsiya, qonunlar va qarorlar qabul qiladi va ularning ijrosi ustidan nazorat ham olib boradi.
O‘zbekistonda ijro hokimiyatiga (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchilik qiladi. Ijro hokimiyati, bevosita, O‘zbekiston Respublikasi hukumati - Vazirlar Mahkamasi, Vazirliklar, Davlat qo‘mitalari va boshqa markaziy idora organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Mamlakatimizda sud hokimiyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Sudi, (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik Sudi, Harbiy sudlar tizimi tomonidan amalga oshiriladi.
Ta’kidlash lozimki, hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi huquqiy davlat qurishning asosiy shartlaridan biri sifatida ham amal qiladi. O‘zbekistonda hokimiyatlar bo‘linishi prinsipini to‘la qonli amalga oshirish borasida huquqiy, tashkiliy-amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, sud hokimiyatini mustaqil, kuchli hokimiyat tarmog‘iga aylantirish borasida keyingi paytlarda qilinayotgan ishlar juda salmoqlidir. Hozirgi kunda, «Hokimiyatning uchinchi tarmog‘i bo‘lmish sud tizimini mustahkamlash, sudlarning mustaqil-ligini, ularning faqat qonunga bo‘ysunishini kuchaytirish borasida mohiyat-e’tiboriga ko‘ra mutlaqo yangi qadam qo‘yildi, desak, hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi»1.
Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan sud islohotlaridan «asosiy maqsad shuki, biz odamlarning sudlarga faqat jazolovchi idora deb emas, balki avvalo insonning haq - huquqlarini himoya etuvchi idora deb qarashiga erishmog‘imiz kerak».
Huquqiy davlat qurishda va huquqiy davlatning faoliya-tida qonun ustuvorligi, qonunlarning to‘la ijro etilishi muhim ahamiyatga egadir. Ushbu vazifani bajarishda prokuratura organlarining faoliyati muhim o‘rin tutadi. Prokuratura organlari barcha huquq sub’ektlari, ya’ni davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va fuqarolar tomonidan qonunlarning to‘liq va aniq, bir xilda bajarilishi ustidan nazorat qiladi.
2001 yilda yangi tahrirda qabul qilingan «Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonunning 1-moddasida mustahkamlanganidek, «O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori rahbarlik qiladigan prokuratura organlarining yagona markazlashtirilgan tizimidir».
Shu munosabat bilan prokuratura organlarining davlat organlari tizimida tutgan o‘rni haqida fikr yurgizish ahamiyatga molikdir. Bu boisi, MDH davlatlarida, jumladan, (O‘zbekistonda davlat hokimiyati tizimi hokimiyatlar bo‘linishiga asoslanib, faoliyat yurgiza boshlaganligi munosa-bati bilan, prokuratura organlari hokimiyatning qaysi tar-mog‘iga kiradi - degan masala tez-tez o‘rtaga tashlanmoqda.
Bu masalaning munozaraga sabab bo‘lishining yana bir sababi, Konstitutsiyada, Prokuratura haqidagi qonunda ham prokuratura organlarining qaysi hokimiyat tarmog‘iga kirishi haqida qoida mustahkamlanmagan. Ayni paytda, bunday holat nafaqat bizning qonunchiligimiz, balki ko‘pchilik MDH davlatlari qonunchiligi uchun ham xos ekanligini ta’kidlash mumkin.
Shu o‘rinda Markaziy Osiyo mamlakatlari Konstitutsiyalarida prokuratura organlari va ularning davlat mexanizmida tutgan o‘rni masalasiga biroz to‘xtash joiz.
Jumladan, Tojikiston Konstitutsiyasida, sud hokimiyatiga bag‘ishlangan 8-bobdan so‘ng «Prokuratura» deb nomlangan 9-bobda prokuratura organlariga doir qoidalar garchi alohida mustahkamlangan bo‘lsa-da, biroq bu organlarning biron-bir hokimiyat tarmog‘iga kirish-kiraiasligi haqida qoidalar yo‘q;
Turkmaniston Konstitutsiyasida 7- bolim prokuratura or-ganlariga maxsus bag‘ishlangan bo‘lib, biroq, unda bu organ-ning hokimiyat tizimida tutgan o‘rni masalasi ochiq qolganli-gini kuzatish mumkin;
Bu masaladagi Qirg‘iziston qonunchiligining tutgan yondashuvi e’tiborga loyiq, jumladan, Qirg‘iziston Prokuratura to‘g‘risidagi qonunining 1-moddasida bu masalada aniqlikni ko‘rish mumkin: unda «Qirg‘iziston Respublikasi Prokuraturasi - ijro hokimiyati tizimidagi davlat organidir», deb mustahkamlab qo‘yilgan. Qozog‘istonda prokuratura organ-lariga huquq qo‘llash faoliyati ustidan ham nazorat funksiya-sining berilishi, hozirgi kunda, ya’ni sud hokimiyatini kuchaytirish maqsadida, prokuraturaning vakolatlari qayta ko‘rilayotgan bir paytda, bu organ funksiyalarining kuchayti-rilishi, sud hokimiyatining mustaqilligini kuchaytirish borasidagi jarayonlarga ta’sir etishi mumkin. Yuqoridagi-lardan ko‘rinib turibdiki, prokuraturaning qaysi davlat hokimiyati tarmog‘iga mansubligi masalasida qardosh respublikalarda ham aniqlik kuzatilmaydi.
Prokuraturada qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazorat olib borishi funksiyasi bor yoki yo‘qligi, bu joyda, bizningcha ahamiyatli, chunki, shu funksiya prokuratura organlarida bo‘lmasa, bu holda uning biron-bir hokimiyat tarmog‘iga yaqin turishini e’tirof etish mumkin bo‘lar edi. Shu bois, MDH davlatlari ichida Gruziya Konstitutsiyasi bu masalada yangicha yondashgan deyish mumkin, uning 92- moddasida «prokuratura - sud hokimiyati idorasi (ajratish -muallif tomonidan.) bo‘lib, u jinoiy-huquqiy ta’qib, surishtiruvni va jazolarni ijro etish ustidan nazoratni, shuningdek, sudda davlat qoralovini amalga oshirishi» mustahkamlangan.Demak, Gruziya prokuraturasida qonunlarning aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan prokuratura nazorati funksiyasi yo‘q, shu bois uni sud hokimiyati tarkibiga kiritish mumkin bo‘lgan, deyish mumkin.
Ayni paytda, ko‘pgina davlatlarda prokuratura organ-lari sud va ijro hokimiyatining o‘rtasida turadigan tuzilma maqomiga ega.(Italiya,Polsha va b.) Shu o‘rinda bir holatni ta’kidlash zarur. Prokuratura organlarining vazifalari, vakolatlari, davlat hokimiyatida tutgan o‘rni turli davlatlarda turlicha, masalan, AQShda Adliya vaziri bosh prokuror vazifasini o‘taydi, Italiya, Ispaniya va Belgiyada esa prokuratura sudlar huzurida amal qiladi, ba’zi davlatlarda, jumladan, Buyuk Britaniyada prokuratura instituti mavjud emas, uning funksiyalari tegishlicha advokatlar korpusi a’zolari tomonidan, muhim ishlar yuzasidan esa ommaviy ta’qib direktori tomonidan amalga oshiriladi.
Aksari demokratik davlatlarda prokuratura organining asosiy vazifasi bo‘lib sodir etilgan jinoyatlarni jinoiy-huquqiy ta’qib etish, dastlabki tergov va jazolarning ijro etilishini nazorat qilish va nihoyat, sudda ommaviy qoralovni amalga oshirish hisoblanadi.
Ayni paytda, prokuratura organlarini, uning hozirgi holatida u yoki bu hokimiyat tarmog‘iga sun’iy ravishda kiritish samarasiz yondoshuv, bizningcha. Professor Islomov ta’kidlaganidek, hozirgi kunda, « ... prokuratura o‘z funksiyalariga ko‘ra, sof shaklda davlat hokimiyatining biron-bir tarmog‘iga mansub bo‘la olmaydi».
Shu o‘rinda, yirik davlatshunos olim V.V.Lazarevning muayyan bir davlatda davlat organlari tizimi, haqiqatan hokimiyatlar bo‘linishi prinsipiga asoslangan bo‘lsa, bu holda nazorat, ta’sis va boshqa hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati bilan bir qatorga qo‘yib bo‘lmaydi, zero bunday yondoshuv, umuman, nafaqat hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishini inkor etibgina qolmay, balki butunlay hokimiyat bo‘linishini inkor etadi1, degan fikrini eslash joiz.
Davlat boshqaruv organlari tizimida o‘ziga xos o‘rinni Inspeksiyalar egallaydi. Inspeksiyalar faoliyatining bosh yo‘nalishi o‘ziga yuklatilgan masala yuzasidan nazorat funksiyasini olib borish hisoblanadi. Inspeksiyalar ham maxsus vakolatli idoralar turkumiga kiradi va Respublika miqyosida amal qiladi.
Inspeksiyalar Respublika davlat boshqaruv organlari sifatida, boshqa tashkiliy-huquqiy shakllardagi organlar-dan, faoliyati aynan nazorat qilishga yo‘naltirilganligi bilan farq qiladi. 2003 yil 9 dekabrda qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika davlat boshqaruv organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida» gi Farmonida Respublika ahamiyatiga molik Inspeksiyalar ro‘yxati ko‘rsatilgan.
Ta’kidlash joizki, mazkur organlarning nazorat funksiya-siga egaligi, bu idoralarda maxsus vakolat - ma’muriy majburlash choralarni qo‘llash yuzasidan vakolatlarga ega bo‘lishni taqozo etadi va shu bois ular shunday vakolat-larga ega hamdirlar. Tekshirish-nazorat funksiyalarini amalga oshirish bu organlarining asosiy prerogativasi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida qayd etilgan Farmonida Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan O‘zbekiston Respublikasi davlat Inspeksiyalarining ro‘yxati berilgan:

Yüklə 94,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin