Davlat mexanizmi


Davlat hokimiyatini amalga oshirish mexanizmi tushunchasi



Yüklə 94,5 Kb.
səhifə2/11
tarix02.06.2023
ölçüsü94,5 Kb.
#123096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1545967120 73406

Davlat hokimiyatini amalga oshirish mexanizmi tushunchasi
Davlat hokimiyatini amalga oshirish mexanizmi va uni tushu-nish davlat va huquq nazariyasi fanida muhim o‘rin egallaydi, ayni paytda bu masalada ilmiy -nazariy adabiyotda umumiylik mavjud deyish ham mushkul.
Har qanday davlat oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarini davlat organlari tizimi orqali amalga oshiradi. Davlat hokimiyatining institutsiyaviy asosi - bu davlat hokimiyatini amalga oshiruvchi organlar tizimi bo‘lib, u murakkab ichki tuzilishga ega.
Ma’lumki, ilmiy adabiyotda davlatga jamiyatdagi eng muhim ommaviy-siyosiy tashkilot sifatida qarash mavjud.
Keng ma’noda,davlat bu-muayyan davlatning butun aholi-sini qamrab oladigan iyerarxik- pog‘onaviy tashkilot bo‘lib, bunda aholi davlatning substansional unsurini tashkil etadi.
Shu joyda faqat bir holatni ta’kidlash lozim, bu ham bo‘lsa yuqorida aytilgan apparatning o‘zi ham bir tashkilot,tashkiliy shakl sifatida namoyon bo‘ladi. Bundan xulosa shuki, davlatning institutsiyaviy unsuri, bu - davlat hokimiyatini amalga oshiradigan pog‘onaviy tashkilot yoki tor ma’nodagi hokimiyat tashkilotidir. Mana shu tor ma’noda tushuniladigan, ya’ni davlat hokimiyatini amalga oshiradigan tashkilot «davlat hokimiyati apparati»,» yoki «davlat mexanizmi» kabi tushunchalar orqali ifodalanadi .
Biroq, ayrim olimlarning fikricha «Davlat mexanizmi» tushunchasi «davlat apparati» tushunchasidan kengroq, aniqrog‘i, davlat apparati asosan, o‘z ichiga faqat davlat organlari tizimini olsa, davlat mexanizmi esa o‘z ichiga davlat organlaridan tashqari, yana kuch ishlatishga vakolatli maxsus tuzilmalar, majburlov apparatini, davlat hokimiyati-ning moddiy vositalarini ham oladi.
Davlat mexanizmiga qonun chiqaruvchi organlar, ijro organlari, sud va boshqa organlar, hamda zarur hollarda majburlov qo‘llashga vakolatli tuzilmalar(armiya,ichki qo‘shin-lar,turmalar va shunga o‘xshash) kiradi»1.
Ta’kidlash kerakki, ilmiy adabiyotda davlat mexanizmiga odatda quyidagicha tipik ta’rif berishadi:

Yüklə 94,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin