Ijroiya organlari. Ijroiya hokimiyati bevosita mamlakatni boshqarayotgan xukumatga tegashlidir. Hukumat, odatda, hukumat rahbari (bosh vazir, kengash raisi yoki vazirlar mahkamasi raisi, birinchi vazir, kansler va shu kabilar), uning o‘rin-bosarlari va hukumat a’zolaridan iborat bo‘lib, ular davlat boshqaruvining alohida idoralarini (vazirliklar, departa-mentlar) boshqaradi va vazirlar, kotiblar, statis-kotiblar deb nomlanadi.
Har bir davlatda bitta hukumat tashkil etiladi. Federativ davlatda umumfederal hukumati va federatsiya a’zolari hukumati mavjud bo‘ladi.
Hukumat o‘z vakolati doirasiga kiruvchi barcha masalalar bo‘yicha ijro etilishi majburiy bo‘lgan huquqiy hujjatlar chiqaradi (farmonlar, dekretlar, qarorlar va farmoyishlar).
Hukumat o‘zining ko‘p tomonlama faoliyatini davlat ma’muriyatining ko‘p sonli organlari – vazirliklar, mahkamalar va komissiyalar va shu kabilar orqaly amalga oshiradi. Vazirliklar va boshqa idoralar murakkab, keng taraqqiy etgan amaddorlarning byurokratik apparatiga ega bo‘lib, davlat mexanizmi asosini tashkil etadi.
Huquq organlari birmuncha murakkab, fuqarolik, jinoiy, ma’muriy, harbiy dala, transport va boshqa sudlardan iborat tizimdir. Uning boshida oliy va konstitutsiyaviy sudlar turadi. Sud organlari sud yuritishning protsessual huquqi tomonidan tartibga solinadigan odil sudlovni amalga oshiradi.
Sudlar mustaqildir.Qonunchilikda barchaning qonun va sud oldida tengligi, ishni ko‘rib chiqishda maslahatchilarning ishtirok etishi, aybdorning himoyalanish huquqi kabi demokratik tamoyillar belgalab qo‘yilgan.
Davlat organlarini yana qanday makonda, hududda harakat qilishlariga qarab, markaziy va mahalliy organlarga ajratish ham mavjud, bunda sud, prokuratura, qurolli kuchlar doimo markaziy organlar tarkibiga kiradi.
Markaziy hokimiyat organlari. Bunday organlar sirasiga mamlakatlarning qonunchilik organlari, ijro etuvchi organlari va tegishli ravishda ularga bo‘ysinuvchi markaziy organlar kiradi. Ularning vakolatlari doirasi va tashkiliy huquqiy shakllari alohida qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi.