171
Innovatsiyalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash davlat uchun jozibador
bo‘lsa-da, aynan qulay muhit yaratishga ustuvorlik berilishi kerak. Innovatsion
taraqqiyotda muvaffaqiyatlarga erishgan barcha mamlakatlar, qanday model
doirasida rivojlanmasin, birinchi navbatda, qulay innovatsion muhit yaratib olgan.
Xorijiy mamlakatlarning rivojlanish tajribasini o‘rganish asosida
innovatsiyani bugungi kunda farovonlik va raqobatbardoshlikning asosiy omili,
innovatsiyalarni rivojlantirishni esa raqobat kurashidagi afzalliklarni qo‘shimcha
tarzda kuchaytiruvchi vosita sifatida tavsiflasak bo‘ladi. Rivojlangan
mamlakatlar bu omillarni oldindan hisobga olib, o‘z pozitsiyalarini xalqaro
maydonda kuchaytirish yo‘lida foydalanmoqda. Unutmaslik kerakki, innovatsion
faollikni boshqalarga nisbatan oldinroq ishga tushirgan davlat doimo yutib
chiqadi.
Dostları ilə paylaş: