3. Davlat moliyasi barqarorligini ta’minlashda pul-kredit siyosating ahamiyati. Hukumatning pul muomalasi va kredit sohasida olib boradigan bosh yo’li, mamlakat
iqtisodiyoti barqarorligini, uning samarali faoliyatini ta’minlashga, pul tizimini
lozim darajada mustahkam saqlab turishga qaratilgan chora-tadbirlar pul-kredit
siyosati deb yuritiladi. Pul-kredit siyosati - davlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy
qismi sanaladi va odatiy hollarda uni Markaziy bank amalga oshiradi. Pul-kredit
siyosati orqali muomaladagi ortiqcha pul massasi qisqartirilishiga erishiladi yoki
koʻpaytiriladi. Inflyatsiyani pasaytirish chora-tadbirlari koʻriladi. Markaziy bank
pul-krediti siyosatini olib borishda pul bozoriga toʻgʻridan-toʻgʻri — oʻzining
boshqaruv vakolatlari yordamida va pul emissiyasi orqali taʼsir oʻtkazishi mumkin.
Davlat moliyasi va barqarorligini ta’minlashda pul-kredit siyosatining o’rni va
ahamiyati haqida ko’pgina iqtisodchi olimlar turfa muzokaralar olib borganlar.
Mazkur masala yuzasidan turli millat vakillari ilmiy tadqiqotlarni amalga
oshirganlar, maqolalar va monografiyalarni chop ettirganlar. Biroq Shunday bo’lsa-
da bugungi kunda ham ushbu mavzu yana bir qator iqtisodchi va amaliyotchilar
tomonidan keng muhokamaga sabab bo’lmoqda va muhokamaning markazida turib
kelmoqda. Davlat barqarorligini ta’minlashda pul-kredit siyosatining ahamiyati
xorijlik iqtisodchi olimlarning ilmiy ishlarida ham o’z aksini topgan. Bunga misol
tariqasida dastavval, Departamentning maxsus xodimasi Madina Gayfulinaning
2021-yilda chop qilingan «Оценка эффэктивности операционного механизма
9
Jo’rayev T.T. Iqtisodiyot nazariyasi. -T.: “Fan va texnologyalar”, 2018, 512 bet
14
денежно-кредитной политики» mavzusidagi maqolasini aytishimiz mumkin.
Madina Gayfulina ushbu maqolasida bugungi kunda davlat moliyasi barqarorligida
pul-kredit tizimi va siyosati qay darajada ekaniga, uning enh ahamiyatli tomonlariga
alohida e’tibor qaratgan hamda baho berib o’tgan.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, davlat
moliyasi va pul-krediti siyosati o’zaro bog’liqlikda amalga oshadi. Bu
munosabatlarni bir-biridan ayri holatda tushunish qiyindir. Sababi pul-krediti
siyosati orqali davlat moliyasining kelajagini ta’minlash, uning taraqqiy etishida
qator yutuqlarga erishish mumkin bo’ladi. Qator yutuqlarga erishish uchun esa
albatta, davlat moliyasi barqarorligini ta’minlashda pul-krediti siyosatining
ahamiyatini yuksaltirish lozim.
Pul-kredit siyosati makroiqtisodiy barqarorlik va uning rivojlanishini ta’minlashda
ham o’z o’rniga egadir. Davlat moliyasi barqarorligini ta’minlashda pul-krediti
siyosatining ahamiyati iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy shartlaridan biri
bo’ladi. Shu bilan bir qatorda, «kredit portlashi» ehtimoli va moliyaviy beqarorlik
bilan bog’liq salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida ham iqtisodiyotni pul-
kredit siyosatining maqbul darajasini ta’minlash zarur. Bunday sharoitda malakali
makroiqtisodiy boshqaruvning ham ahamiyati yuqori.
Mamlakatda
ichki
narxlarning
barqaror
ekanligining
ta’minlanganligi
makroiqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikning kafolati bo’ladi. Iqtisodiy islohotlarni
imkon qadar jadal sur’atlarga chiqarish va yuksaltirish dasturlarini muvaffaqiyatli
amalga oshirishda zaruriy sharoit ham hisoblanadi.
Ushbu jarayonning asosiy tarkibiy qismlaridan biri samarali pul-kredit siyosatidir.
Markaziy bankning pul-kredit siyosatini amalga oshirishdagi asosiy vositasi
boshqaruv yig’ilishlarida ko’rib chiqiladigan asosiy stavka hisoblanadi. Ushbu
vositaning ko’magi bilan Markaziy bank pul bozori kurslariga ta’sirini ko’rsatadi.
Operatsion maqsad — pul bozori kurslarini asosiy kursga yaqinlashtirish bo’ladi. Bu
15
maqsadga erishish uchun bank tizimida likvidlikni boshqarish uchun pul-kredit
siyosati vositalari majmuasidan foydalaniladi
10
.