19
Monetar targetlash rejimi pul taklifi va talabining keskin o’zgarishlari kuzatilgan
rivojlanayotgan va o’tish davridagi mamlakatlarda iqtisodiy rivojlanishning
dastlabki yillarida samarali strategiya sifatida keng ko’llanilgan. Bunda inflyatsiya
bo’yicha tegishli ko’rsatkichlarni belgilashda iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish
maqsadlaridan kelib chiqilgan.
Pul massasi o’zgarishini omillar asosida tahlili, pul massasi o’sishi turli davrlarda
oltin-valyuta zaxiralarining oshishi hamda iqtisodiyotni kreditlash hajmlarining
kengaytirish hisobiga ta’minlanganligini ko’rsatmoqda.
O’z navbatida, Davlat byudjetining muvozanatli ijrosi va hukumat hisobraqamlarida
mablag’lar yig’ilishi, shuningdek O’zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot
jamg’armasi hisobraqamlarida mablag’larning jamlanib borilishi pul massasi
o’sishini maqbullashtiruvchi omillardan bo’lgan.
Ayni paytda iqtisodiyotni kreditlashning asosiy manbalari markazlashgan
mablag’lar, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot
jamg’armasi hisobidan moliyalashtirilganligi hamda ushbu mablag’lar asosan ishlab
chiqarish texnologiyalari va xomashyo materiallarini import qilish maqsadida
foydalanilganligi tufayli iqtisodiyotda pul massasi o’sishiga va mos ravishda
inflyatsiya darajasiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatmagan.
olingan
13
.
Dostları ilə paylaş: