1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori, 13.09.2017 yildagi PQ-3272-son
4
1. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va uning vazifalari
hamda funksiyalari.
Professor T. T. Jurayevning «Iqtisodiyot nazariyasi» kitobida Markaziy bank va
uning funksiyalariga quyidagicha ta’rif berilgan:
Markaziy bank mamlakat pul-kredit tizimini markazlashgan tartibda boshqaradi
va davlatning yagona monetar siyosatini amalga oshiradi.
Markaziy bank davlat banki hisoblanadi. Buning mazmuni shundan iboratki,
birinchidan, ko'pchilik mamlakatlarda davlat banki yagona markaziy bankdan
iborat bo'lib, u o'tkazadigan siyosat tartiblari yuqori davlat organlari tomonidan
oʻrnatiladi.
Ikkinchidan, Markaziy bank «banklar banki» deb ham yuritiladi, tijorat banklari
va jamg'arma muassasalaridan mablag'larni qabul qilib, ularga kredit beradi.
Uchinchidan, Markaziy bank faqat foyda olishga intilib fao- liyat qilmaydi,
davlatning ijtimoiy siyosatini amalga oshirishga ko'maklashadi.
Markaziy bank bir qator vazifalarni bajaradi.
Birinchidan, boshqa bank muassasalarining majburiy ehtiyotlarini saqlaydi.
Markaziy bank mamlakatning rasmiy oltin oltin-valuta ehtiyotlarini saqlash
vazifasini ham bajaradi.
Ikkinchidan, cheklarni qayd qilish mexanizmini ta'minlaydi va banklararo hisob-
kitoblarni amalga oshiradi, ularga kreditlar beradi.
Uchinchidan, davlatning monetar siyosatini amalga oshiradi.
To'rtinchidan, barcha banklar faoliyatini uyg'unlashtiradi va ular ustidan nazoratni
amalga oshiradi
2
.
Beshinchidan, xalqaro valuta bozorlarida milliy valutalarni ayriboshlaydi.
Oltinchidan, pul taklifi ustidan nazorat qilish mas’uliyatini oladi, muomalaga
milliy valutani chiqaradi
3
.
2
T.T. Jo’rayev, X.S.Asadullaev, Z.D.Allaberganov, Iqtisodiyot 2-qism (Darslik). -T.: “Nihol print” OK,
2021 -592b.
3
Jo’rayev T.T. Iqtisodiyot nazariyasi. -T.: “Fan va texnologyalar”, 2018, 512 bet
5
SH.Z. Abdullayevaning «Bank ishi» darsligida esa Markaziy bank to’g’risida
quyidagi ma’lumotlar berilgan:
Markaziy banki bank tizimining bosh banki bo’lib, pul-kredit siyosatini, emissiya
jarayonlarini olib boradi va milliy pulning barqarorligini ta’minlovchi muassasa
hisoblanadi. Markaziy bank o’z faoliyatini 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan
«O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida»gi O’zbekiston
Respublikasi qonuni asosida olib boradi.
Markaziy bank maqomi va maqsadlari «O’zbekiston Respublikasining Markaziy
banki to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 1-moddasida
belgilangan: «O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki yuridik shaxs bo’lib,
faqat davlat Mulki hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki –
iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasa, o’z xarajatlarini o’zining daromadlari
hisobidan amalga oshiradi». Qonunning 2-moddasiga muvofiq O’zbekiston
Respublikasi Markaziy banki yuridik shaxs sifatida ko’chmas mulk va moliyaviy
resurslarga egalik qiladi. Bu hol uning moliyaviy mustaqilligini mustahkamlaydi
va mustaqil pul-kredit siyosatini samarali o’tkazish imkoniyatini beradi.
Qonunning 3-moddasida Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyutaning
barqarorligini ta’minlashdan iborat ekanligi qayd qilinadi. Narxlarning
barqarorligini ta’minlash va milliy pul birligini xorijiy valyuta bozorlarida
ayirboshlash kursining barqaror bo’lishiga erishishni ko’zda tutuvchi bu maqsad
davlatning iqtisodiy siyosatida O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
o’rni juda muhim ekanligini belgilaydi.
Mamlakatda pul muomalasi samarali bo’lishi va moliya muassasalari
faoliyatining ishonchliligi pul-kredit, valyuta siyosati strategiyasi va taktikasini
ishlab chiqish hamda amalga oshirishda uning mustaqilligini huquqiy jihatdan
mustahkamlash zarurligini taqozo etadi. Mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlarini
kreditlash ko’rsatkichlarini tijorat banklarini qayta moliyalashga doir kredit
hajmlarini va foiz stavkalarini belgilash yo’li bilan tartibga solish, valyuta-kredit
siyosatini amalga oshirish, tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish O’zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining mustaqil siyosat sohasi hisoblanadi. Mustaqil
6
siyosat esa pul va valyuta bozorida yuzaga kelayotgan vaziyatni, ichki bozordagi
makroiqtisodiy shart-sharoitni, tashqi omillarni tahlil qilish asosida amalga
oshiriladi. Bu holat qonunning 6-moddasida Markaziy bank o’z vakolatlari
doirasida qarorlar qabul qilish borasida mustaqildir deb belgilab berilgan.
Davlat Markaziy bankning majburiyatlari yuzasidan, Markaziy bank esa
davlatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo’lmaydi.
Qonunning 8-moddasida Markaziy bank faoliyatining tashkiliy jihatlariga e’tibor
qaratilgan bo’lib, Markaziy bank yagona markazlashtirilgan boshqaruv tizimiga
ega ekanligi, Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun
tegishli xizmatlar va muassasalar tashkil etilishi mumkinligi, jumladan, bu borada
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlarning markazlari va Toshkent shahrida
yuridik shaxs maqomga ega bo’lmagan o’zining bosh boshqarmalarini tuzishi
mumkinligining huquqiy asoslari keltirilgan.
Markaziy bank raisi bank boshqaruvning raisi hisoblanadi. Markaziy bank raisi
Markaziy bank va uning boshqaruvi faoliyatiga rahbarlik qiladi, bankning
fondlarini tasarruf etadi va Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan vazifalar
bajarilishi uchun javobgar bo’ladi. Markaziy bank faoliyati masalalarini hal
qiladi, Markaziy bank faoliyati va joriy operatsiyalarini operativ tarzda
boshqarish bo’yicha harakatlarniamalga oshiradi.
Markaziy bankning boshqaruv tarkibini quyidagi rasmda aks ettirish mumkin
4
:
4
Bank ishi: Darslik / Sh. Z. Abdullayeva; O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta‘lim vazirligi.
– T.: «Iqtisod-Moliya», 2017.
|