2. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosati.
Sh.Z. Abdullayevaning “Bank ishi” darsligida Markaziy bankning pul-kredit
siyosati va vositalari to’g’risida quyidagi ma’lumotlar berilgan:
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosatining asosiy
yo’nalishlarini bir yilga ishlab chiqadi. Bu dastur iqtisodiy vaziyatni tahlil qilish va
oldindan aytishni, pul miqdorining yillik o’sishi sur’atlarining maqsadli
ko’rsatkichlarini, kredit, foiz va valyuta siyoatini amalga oshirish yo’nalishlarini o’z
ichiga oladi. Umumiy iqtisodiy tahlilning zarurligiga sabab shuki, monetar siyosatni
ishlab chiqish va amalga oshirish barcha muhim makroiqtisodiy ko’rsatkichlar,
pulning qadrsizlanishi, milliy ishlab chiqarishning umumiy hajmi va mehnat
resurslarining bandligi, to’lov balansi bilan chambarchas bog’langan. Pul
muomalasini boshqarib borish vositalarini quyidagi rasmdan ko’rish mumkin.
6
Shodmonov Sh.. Iqtisodiyot nazaryasi: Darslik. -T.: “LESSON PRESS” nashriyoti, 2021. 768 bet
9
2-rasm. Pul-kredit siyosati vositalar
7
.
Undan tashqari, Markaziy bank foiz (diskont) siyosatini, targetlash va boshqa
usullardan foydalanib pul massasini boshqarib borishi mumkin.
Muomaladagi pul massasining hajmini, banklarning likvidligini muvofiqlashtirish
va inflyatsiya sur’atlarini tushirish maqsadida Markaziy bank tijorat banklari uchun
majburiy zaxiralar me’yorini o’rnatib berish siyosatini amalga oshiradi. Minimal
zaxiralar tijorat banklari resurslarining Markaziy bankda majburiy saqlanishi zarur
bo’lgan qismidir. Majburiy zaxira miqdori tijorat bankining yig’ilgan resurslariga
nisbatan foizda belgilanadi. Bu zaxira bevosita banklarning kreditlash imkoniyatini
chegaralasa-da, ularning minimal likvidligini ta’minlash omili bo’lishi mumkin.
Majburiy zaxira me’yori hozirgi kunda resurslarning tashkil topish manbayiga qarab
10,5 foizdan 15 foizgachani tashkil etadi. Markaziy bank tomonidan zaxira miqdori
ba’zi bir omillarni hisobga olgan holda o’zgartirilishi mumkin, u omonatlarning
hajmi, turi, muddatiga, banklarning boshqa majburiyatlariga bog’liq bo’ladi.
Banklar Markaziy bankda majburiy zaxiralarni deponentlash tartibiga rioya qilinishi
uchun javobgardir. Markaziy bank o’zi belgilagan eng kam miqdorda rezervlar
saqlash to’g’risida banklarga ko’rsatma beradi. Markaziy bankda depozitga
o’tkaziladigan majburiy rezervlarning eng kam miqdori Markaziy bankning
normativ hujjatlari bilan belgilanib, u omonatlarning hajmi, turi, muddatiga,
banklarning boshqa majburiyatlariga bog’liq bo’ladi. Majburiy rezervlarning
miqdorlari jalb etilgan mablag’lar va omonatlarning har bir toifasi bo’yicha barcha
7
Bank ishi: Darslik / Sh. Z. Abdullayeva; O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta‘lim vazirligi.
– T.: «Iqtisod-Moliya», 2017.
10
banklar uchun bir xildir. Majburiy rezervlar Markaziy bankda naqd pul yoki
omonatlar ko’rinishida, Markaziy bank belgilaydigan tartibda depozitga o’tkaziladi.
Majburiy rezerv talablarining normativlari yoki tarkibi belgilangani yoki
o’zgartirilgani to’g’risidagi ko’rsatmalarda kamida bir oylik muddat ko’rsatiladi,
rezervlarning tarkibi yoki miqdoriga doir yangi normativlarni banklar ana shu
muddatgacha bajarishlari shart. Markaziy bank majburiy zaxiralar bo’yicha foizlarni
to’lash to’g’risida qaror qabul qiladi. Zaxira talablarini hisob-kitob qilishda chet el
valyutasidagi mablag’lar, jismoniy shaxslar depozitlari, depozit va jamg’arma
sertifikatlari, ipoteka obligatsiyalari chiqarish yo’li bilan jalb etilgan mablag’lar
hisobga olinmaydi. Majburiy zaxiralarni deponentlash bank vakillik hisob
varag’idan pul mablag’larini o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi. Majburiy
zaxiralarni turli foyda keltiruvchi aktivlar bilan qoplashga ruxsat etilmaydi. Bank
majburiy zaxira talablarining eng kam miqdorini saqlab turish to’g’risidagi 28-
modda qoidalarini bajarmagan taqdirda Markaziy bank qat’iy tartibda bu bankdan
yetishmayotgan mablag’ summasini, shuningdek, qayta moliyaviy ta’minlashning
ikki barobar foizidan oshmaydigan miqdorda jarima undirib oladi. Markaziy
bankning hisob (diskont) siyosatining mohiyati shundaki, u tijorat banklaridan
veksellarni sotib oladi. Markaziy bank qiymati to’lanishini banklar kafolatlagan
qisqa muddatli xazina veksellari, shuningdek, tijorat veksellari hisobini yuritishi
mumkin. Hisob operatsiyalarini o’tkazish shartlarini, shu jumladan hisob stavkasi
miqdorlarini Markaziy bank belgilaydi.
Markaziy bankning hisob stavkasi tijorat banklari o’rnatadigan hisob stavkasining
eng past chegarasi hisoblanadi. Odatda, tijorat banklarining hisob stavkasi Markaziy
bankning hisob stavkasidan yuqori bo’ladi. Markaziy bank o’z operatsiyalari
bo’yicha foiz stavkalarini mustaqil belgilaydi.
Markaziy bankning tijorat banklarini qayta moliyalashtirish siyosati to’g’ridan-
to’g’ri kreditlash, veksellarni hisobga olish, qimmatli qog’ozlarni garovga olgan
holda kreditlar berish va kredit auksionlarini o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Bundan kelib chiqqan holda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish operatsiyasi
quyidagi usullarda olib borilishi mumkin:
11
- tijorat banklarining ixtiyoridagi veksellarni hisobga olish yo’li bilan kreditlash;
- tijorat banklari ixtiyoridagi qimmatli qog’ozlarni garovga olish yo’li bilan kreditlar
berish. Bunday kreditlar lombard kreditlar deyiladi;
- to’g’ridan-to’g’ri kredit berish usuli.
Kredit tashkilotlari faoliyatida moliyaviy qiyinchiliklar bo’lgan hollarda ular
Markaziy bankka kredit olish uchun murojaat qilishi va Markaziy bank kreditidan
foydalanishi mumkin. Qayta moliyalashtirishning asosiy maqsadi, pul muomalasi va
kredit munosabatlarining holatiga ta’sir ko’rsatishdan iborat
8
.
Professor T. T. Jurayevning «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida esa Markaziy
bankning pul-kredit siyosati haqida quyidagi ma’lumotlar berilgan:
Markaziy bank davlat pul-krediti siyosatini amalga oshiradi. Bunda u: pul
muomalasini tartibga soladi va kredit hajmi, foiz stavkalari darajasini belgilaydi.
Markaziy bankning pul-kredit siyosatini amalga oshirishda quyidagi usullardan
foydalaniladi.
• Ochiq bozordagi operatsiyalar;
• Zaxira (ehtiyot) me'yorini o'zgartirish;
• Hisob stavkalarini oʻzgartirish.
Ularning har birining oʻzgarishi pul massasining oʻzgarishiga olib keladi, ya’ni
mazkur usullar pul taklifi ustidan nazoratning eng moslashuvchan vositasidir.
Agar Markaziy bankka muomaladagi pul massasini ko’paytirishi zarur bo’lsa, u
qimmatli qog’ozlar bozorida davlatning qisqa muddatli obligatsiyalarini sotib
olishni boshlaydi. Ma’lum vaqt o’tgach, obligatsiyalar sotishdan olingan pullar
tijorat banklariga cheklar yoki depozitlar shaklida kelib tushadi. Bu mablag’lardan
bir qismi ehtiyotga qo’yilib, qolganlari bank krediti sifatida ishlatiladi.
Agar Markaziy bank inflatsiya sharoitida pul massasini ko’paytirishning oldini
olishga harakat qilsa, u davlat qarz majburiyatlarini sotishni boshlaydi. Tijorat
banklari oʻzlariga foydali tarzda davlatning qisqa muddatli obligatsiyalarini sotib
oladi va ma'lum vaqt o’tgach, toʻlov uchun taqdim etadi.
8
Bank ishi: Darslik / Sh. Z. Abdullayeva; O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta‘lim vazirligi.
– T.: «Iqtisod-Moliya», 2017.
12
Ehtiyot normalari pasayganda banklarning ssuda berish mumkin boʻlgan ortiqcha
mablag’lari ko’payadi. Aksincha bu norma yuqori bo’lsa, muomaladagi pul taklifi
kamayishiga ta’sir koʻrsatadi.
Hisob stavkasi orqali Markaziy bank kredit resurslari hajmiga ta’sir ko’rsatadi.
Hisob stavkasi kamayishi bilan tijorat banklari tomonidan Markaziy bank kreditga
talab oʻsadi, aks holda talab kamayadi. Hisob stavkasini pasaytirish bilan iqtisodiy
faollik kuchayadi. Sababi pul taklifi o'sib, qarz olish imkoniyati ortadi.
Markaziy bank iqtisodiy vaziyatga qarab «arzon» yoki «qimmat» pul kredit
siyosatini yuritadi.
Agar iqtisodiyotda foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlari, ishsizlik mavjud
boʻlsa, Markaziy bank «arzon» pul siyosatini yuritadi va kredit olishni
osonlashtiradi.
Buning uchun davlat ochiq bozorda davlat qimmatli qog’ozlarni banklar va aholidan
sotib oladi, ehtiyot normasini kamaytiradi va hisob stavkasini pasaytiradi. Natijada
pul taklifi ko’payadi, foiz stavkasi pasayadi. Bu investitsiyalarning o’sishi va
iqtisodiy faollikning kuchayishiga olib keladi.
Agarda mamlakatda inflatsiya yuz berayotgan bo'lsa, «qimmat» pul siyosati
yuritilishiga to’g’ri keladi. Bu siyosat kreditni «qimmat» qilib, uni olishni
qiyinlashtiradi. Markaziy bank pul taklifini qisqartirish uchun ochiq bozorda
qimmatli qog’ozlarini sotadi, ehtiyot normasini oshiradi va hisob stavkasini
ko’taradi.
Pul taklifi qisqarishi natijasida foiz stavkasi ko’tariladi. Bu o’z navbatida
investitsiyalarning qisqarishiga, inflatsiyani cheklashga olib keladi. Shunday qilib,
Markaziy bank mamlakat kredit-moliya tizimi orqali butun iqtisodiyotga o’z ta’sirini
ko’rsatadi.
Hozirgi davrda Oʻzbekistonda Markaziy bankning «...pul- kredit siyosatini yanada
takomillashtirish, milliy valutaning va ichki bozordagi narxlarning barqarorligini
ta’minlash; erkin konvertatsiyani ta’minlovchi valutaga oid munosabatlarni tartibga
solish, milliy valuta kursini shakllantirishda zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy
etish» ga qaratiladi.
13
Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki birinchidan eksport tovarlari ishlab chiqarishni
tashkil etish va rivojlantirish uchun chet el valutasida kreditlar beradi. Davlat
zayomlari va kredit- laridan samarali foydalanishga qaratilgan xizmatlar koʻrsatadi.
Ikkinchidan, xalqaro valuta-kredit bozorlari operatsiyalarida ishtirok etadi.
Uchinchidan, hukumatlararo bitimlarning to’lov shartlarini ishlab chiqishda
qatnashadi va boshqa shu kabi vazifalarni bajaradi
9
.
Dostları ilə paylaş: |