1.Tashkiliy boshlanish. 1.1. Salomlashadi, xona ozodaligini va o`quvchilarning tayyorgarligini tekshiradi. Siyosiy- iqtisodiy yangiliklar bilan tanishadi.Davomatni oladi va jurnalni to`ldiradi. Guruhni 2 ta kichik guruhga ajratadi. Guruhga guruh bilan ishlash qoidasi bilan tanishtiriladi. (1-ilova). Dars davomida mavzu yuzasidan ikki guruh bellashadi.
Baholash mezoni tushuntiriladi. O’quvchilar “Kassa” metodi orqali baholanadi. (2-ilova)
2.Maqsad va vazifani belgilanishi. 1.2. Mavzuning nomi, maqsad va kutilayotgan natijalarni yetkazadi. Mavzularning o`zaro aloqasini yoritadi, ularga qisqa tavsif beradi, fan miqyosida bajariladigan uslubiy va tashkiliy ishlar xususiyatlarini tushuntiradi.
3.O`tilgan o`quv materialini va uyga vazifani tekshirish. 1.3. Guruhlararo “Internet” ta`limiy o`yinini e`lon qiladi. Kichik guruhda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi va ishni bajarish yo`riqnomasini beradi. (3-ilova ) Ishning natijasi bo’yicha guruhlarni baholaydi.
1.4 “Tannarx” ta’limiy o’yinida guruh a’zolari kelishib dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari tannarxini hisoblash bo’yicha amaliy topshiriqni bajarishadi (4-ilova)
1.4. Guruhlarda ishlarni boshlashga ruxsat beradi
1.5. Ishga ajratilgan vaqt tugaganini ma`lum qiladi, guruhlar taqdimotini tashkil etadi. Guruh a`zolariga diqqat bilan eshitishlarini va savollar berishlarini, shu bilan birga o`zaro bir-birlarini baholashlarini eslatadi. Javoblarni to`ldiradi va qisqacha xulosalar qiladi.
1.6.O`quvchilar bilimini baxolaydi va yangi o`quv materialiga olib kiradi.
Darsga tayyorgarlik ko`radilar, yo`qlamaga javob beradilar.
Siyosiy iqtisodiy yangiliklarni aytadilar
Kichik guruhlarga bo’linishadi.
Tinglaydilar
Mavzuni va rejani yozib oladilar.