1-MA’RUZA
DЕTАLLАRNING ISHLАSH LАYOQАTI ОMILLАRI VА UNI TА’MINLАSH
АSОSLАRI.
I. Mа`ruzа rеjаsi:
1. Mashina detallari
fanining tarixi, maqsad va vazifasi.
2. Mashina detallariga qo’yiladigan asosiy talablar.
3. Mashina dеtallarining ishchanlik qobiliyati va hisoblash mezonlari.
4. Detallarga ta’sir etadigan yuklanish, ularda hosil bo’ladigan kuchlanish.
II. Tayanch so’z va iboralar:
Mashina, mexanizm, uzel, detal, mustahkamlik, bikrlik, issiqbardoshlik,
yeyilishga va
titrashga chidamlilik, kuchlanish, mustahkamlik chegarasi, oquvchanlik chegarasi,
toliqish
chegarasi, mustahkamlik, bikrlik, yeyilishga chidamlilik, issiqbardoshlik, titrashga chidamlilik,
chegaraviy kuchlanish, kontakt kuchlanish.
III. Mаqsаd:
Кurs haqida umumiy ma’lumotlar bilan tanishish. Mashina
detallari fanining tarixi,
vazifasi va mashina detallariga qo’yiladigan asosiy talablarni o’rganish. Mashina dеtallarining
ishchanlik qobiliyati va hisoblash mezonlarini o’rganish hamda detallarga ta’sir etadigan
yuklanish, ularda hosil bo’ladigan kuchlanishlar bilan tanishish.
Mashinasozlik sanoat va qishloq xo’jaligining taraqqiy etishi uchun zarur bo’lgan texnikaviy
baza yaratadi. Shunday ekan,
har bir ishchi, muhandis hamda olimning vazifasi zamonamiz
talabiga to’la javob beradigan, yuqori unumli, mustahkam va foydali ish koeffisienti yuqori
bo’lgan yangidan-yangi mashinalar yaratishdan iborat. Buning uchun
mashinalar loyihalashda
ular detallarining mumkin qadar yengil, etarli darajada mustahkam, ishqalanishga chidamli,
rasmi oddiy, ishlatilishi qulay va xavfsiz, shuningdek, davlat standartlarida qo’yilgan talablarni
to’la qondiradigan bo’lishiga erishish kerak. Bundan tashqari,
detallar ishdan chiqqanda
yangisiga tez va oson almashtiriladigan bo’lishi ham zarur.
Tabiiyki, bunday vazifani yuqori malakali mutaxassislargina hal qila oladi. Anna shunday
mutaxassislar tayyorlashda «Mashina detallari» kursi alohida o’rin tutadi.
Mashina - bir qancha detallardan tuzilgan bo’lib, ma’lum ish bajarish, quvvatni bir
turdan boshqa turga aylantirish, foydali qarshilikni engish, dasturlangan
nazorat yoki akliy
faoliyat uchun mo’ljallangan mexanizmdir.
Har bir mashina uch guruh mexanizmdan tuzilgan: harakatlantiruvchi, uzatuvchi va ijro
etuvchi.
Mexanizm - ko’zda tutilgan harakatni uzatish uchun sun’iy yo’l bilan biriktirilgan oddiy
zvenolarning tizimidir (kulisali, kulachokli, friksion, krivoshipli, richagli va boshqalar).