Dеtаllаrning ishlаsh lаyoqаti оmillаri vа uni tа’minlаsh аsоslаri. I. Mа`ruzа rеjаsi


Bikrlik. Bikrlik deb yuklamalar ta’sirida detallarning o’z rasmi va o’lchamlarini



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/17
tarix15.12.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#75112
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
1-Ma\'ruza

Bikrlik. Bikrlik deb yuklamalar ta’sirida detallarning o’z rasmi va o’lchamlarini 
o’zgartirishga qarshilik ko’rsatish xususiyatiga aytiladi. Ba’zi detallarning mustahkam bo’lishi 
etarli bo’lmaydi, ularning bikr bo’lishi ham talab etiladi. Ayniqsa, kuch va momentlarning 
birgalikdagi ta’siri ostida ishlaydigan detallar mustahkam bo’lishiga qaramay, kutilganidan ortiq 
darajada egilishi mumkin. Misol tariqasida vallarni keltirish mumkin. Ruxsat etilganidan ortiq egilgan 
valning ishlatilishi mumkin emas, chunki valga o’rnatilgan detallar (tishli g’ildiraklar, muftalar
yulduzchalar, podshipniklar) muddatidan ilgari ishdan chiqishi mumkin. 
Ba’zi detallarning ishlashiga ularning haddan tashqari bikr bo’lishi salbiy ta’sir ko’rsatadi, 
chidamliligining kamayishiga, shovqinning oshib ketishiga, qo’shimcha dinamikaviy kuchlarning 
hosil bo’lishiga olib keladi. Bu holatni po’latdan tayyorlangan tishli g’ildiraklarda kuzatish mumkin. 
Bundan shunday xulosa chiqarish lozim: zarur hollarda detallarning nisbatan beriluvchan bo’lishiga 
erishish kerak. Mashina detallarining bikrlik me’yorlari mashinalarni ishlatish tajribasiga asosan 
tajribaviy yo’llar bilan aniqlangan hamda turli ma’lumotnomalarni jamlagan kitoblarda keltirilgan. 
Detallarning beriluvchanligi «Materiallar qarshiligi» kursida bayon etilgan usullar orqali anikdanadi. 
Yeyilishga chidamlilik. Berilgan xizmat muddati davomida detallarning ishqalanish 
yuzalarining kerakli o’lchamlarini saqlay olish qobiliyati yeyilishga chidamlilik deyiladi


Yeyilishga chidamlilik tanlangan materialning xossalariga, yuzalarning termik ishloviga va 
notekisligiga, bosim yoki kontakt kuchlanishlarning qiymatiga, sirpanish tezligaga, moy turi va 
moylanish maromiga, ishlash sharoiti va maromiga hamda boshqalarga bog’liqdir. Yeyilish 
detallarning mustahkamligani kamaytiradi, kontakt sharoitini og’irlashtiradi, moy tarkibini 
o’zgartiradi, shovqinni vujudga keltiradi. 
Aksariyat hollarda detallarni yeyilishga chidamlilikka hisoblash ruxsat etilgan bosim [p]
solishtirma bosim bilan ishqalanish tezligining ko’paytmasining ruxsat etilgan qiymati bilan 
solishtirish usuliga ko’ra aniqlanadi: 
r ≤ [r]; rv ≤ [rv
Amaliyotda yeyilishni kamaytirish uchun turli tadbirlar qo’llaniladi. Ishqalanuvchi 
detallarni kerakli darajada moylab turish, yeyilishga chidamli materiallarni qo’llash (bronza, 
plastmassa, latun, o’z-o’zini moylab turish xususiyatiga ega bo’lgan moy shimdirilgan g’ovak 
detallarni ishlatish, yuzaga termik ishlov berish va boshqalar) ana shunday tadbirlardan 
hisoblanadi. 
O’zbekiston hududining asosiy qismi cho’llar, qumliklar, tog’liklardan iborat. 
O’zbekistonda yillik yog’in-sochin miqdori ham juda kam. Orol dengizining qurib borishi 
mamlakatimizning ekologak barqarorligini izdan chiqarishga sabab bo’lmoqda. 
Sug’orma dexqonchilik rivojlangan mamlakatimizda ishlatiladigan barcha mashinalar 
kabi qishloq xo’jalik texnikasiga ham qator talablar qo’yiladi. Abraziv muhit, yerlarning 
sho’rlanganlik darajasining yuqoriligi, yer osti suvlarining yer sathiga yaqinligi, kunlik o’rtacha 
haroratning keskin farqlanishi kabi omillar mashina detallarining mustahkamligiga, yeyilishiga, 
issiqlikka chidamliligiga hamda titrashga ustuvorligiga katta ta’sir ko’rsatadi. 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin