Dеtаllаrning ishlаsh lаyoqаti оmillаri vа uni tа’minlаsh аsоslаri. I. Mа`ruzа rеjаsi


Ruxsat etilgan kuchlanishlarni aniqlash



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/17
tarix15.12.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#75112
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
1-Ma\'ruza

Ruxsat etilgan kuchlanishlarni aniqlash 
Кuchlanishning eng katta qiymatida detalning mustahkamligi va umrboqiyligi 
ta’minlangan bo’lsa, bu kuchlanish ruxsat etilgan kuchlanish deb ataladi va uni tanlash 
mashinasozliqda katta ahamiyatga molikdir. Bu kuchlanish chegaraviy kuchlanishga asosan 
tanlanadi (ruxsat etilgan kuchlanish normal va urinma bo’lishi mumkin): 


(1.1) 
bu yerda, [n] - zarur bo’lgan mustahkamlik zahirasi koeffisienti va u hisoblash usuli aniqligiga, 
loyihaning turiga va mas’uliyatliligiga, yuklanish xarakteriga va boshqalarga bog’liqdir. 
Chegaraviy kuchlanishlar esa detal materialiga, deformasiya turiga, kuchlanishning vaqt 
bo’yicha o’zgarish xarakteriga bog’liq. O’z vazifasini bajarayotgan detalda kuchlanish vaqt 
bo’yicha qiymati va yo’nalishini o’zgartirishi mumkin. 
Boshqacha aytganda, detal vaqt davomida turlicha yuklanadi. Buni kuchlanish davri deb 
atash mumkin va u eng katta va kichik qiymatlar bilan xarakterlanadi. 
Mashina detallari ish davomida simmetrik, pulsasiyalanuvchi va o’zgarmas davr (sikl) 
bilan yuklanishi mumkin. 
1. Simmetrik davriy ravishda mashina detallari kuchlanish bilan yuklanganda (1.1-
rasm) o’rtacha kuchlanishlar qiymati quyidagacha aniqlanadi: 
(1.2) 
Davrning kuchlanish amplitudasi esa quyidagacha aniqlanadi: 
(1.3) 
Asimmetriya koeffisientining qiymati bo’lsa, tubandagicha ifodalanadi: 
1.1-rasm. Simmetrik yuklanish tarhi 
2. Pulsasiyalanuvchi davr. Ba’zi hollarda detallar pulsasiyalanuvchi, ya’ni vaqt birligi ichida 
o’z qiymatini noldan maksimal qiymatgacha o’zgartirib turadigan yuklanish ostida bo’lishi mumkin. 
(1.2-rasmda pulsasiyalanuvchi davr tarhi keltirilgan.) 
1.2-rasm. Pulsasiyalanuvchi davrli yuklanish 
Agar asimmetriya koeffisienti birga teng bo’lsa, kuchlanish o’zgarmas holda bo’ladi va 
bunda detal o’zgarmas kuchlanish ta’siri ostida ishlaydi (1.3-rasm). 
Ruxsat etilgan yoki zarur mustahkamlik zahirasi koeffisienti differensial usul bilan 
topilishi mumkin:
 
3
2
1
n
n
n
n





1.3-rasm. O’zgarmas kuchlanishli yuklanish 
bu yerda: 
n
1
=1,2...1,5 - detalga ta’sir qiluvchi kuch va momentlarning haqiqiy qiymatlari bilan 
hisoblash uchun qabul qilingan qiymatlar orasidagi farqni hisobga oluvchi koeffisient; 
n
2
=1,3...2,2 - materialning bir jinsliligini, uning mexanik xossalarining normativda 
ko’rsatilganidan farq qilishini hisobga oluvchi koeffisient; 
n
3
=1,1...1,5 - juda mustahkam bo’lishi talab etiladigan muhim detallarning mustahkamlik 
zahirasini qo’shimcha ravishda oshirish uchun kiritiladi. 
O’zgaruvchan yuklamalar ta’sirida davomli ishlatilgan mashina detallari, tajribalarning 
ko’rsatishicha, mustahkamlik chegarasi σ
v
dan ancha kichik yuklanishlarda ham emirilishi 
(sinishi) mumkin. 
Davriy yuklanishdagi emirilish (sinish) kuchlanishlarning jamlanish zonasida hosil 
bo’ladigan mikroyoriklar tufayli yuz beradi. 
Yoriqlar asta-sekinlik bilan kattalashadi, detalning ichki sohalariga kirib boradi. 
Кuchlanishlarning davriy ta’siridan yuzaga kelgan emirilish materialning toliqishi deb ataladi. 
1.4-rasmda valning toliqish oqibatida sinishi ko’rsatilgan. Detallarning 75-80% sinishi toliqish 
natijasida vujudga keladi. 
1.4-rasm. Valning toliqish oqibatida sinishi: 
1 - toliqib yemirilish zonasi; 
2 - statik yemirilish zonasi. 
Materialning yemirilmasdan o’zgaruvchan kuchlanishlarni ko’p marotaba qabul qila olish 
qobiliyati uning toliqishga qarshiligi yoki chidamliligi deb ataladi. 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin