ketganmizki, hozirda ulaiga ko'chim sifatida qaramaymiz ham. Badiiy asar matnida mazkur ko'chimlar qo'llanganida, tabiiyki, muallif muayyan badiiy-estetik maqsad bilan semantik sathda og'ishga yo'l qo'ygan deya olmaymiz, zero, ular yozuvchi tomonidan tayyor
holda olingan. Binobarin, bu xil ko'chimlar matnda estetik funksiya bajarmaydi, ulami badiiyat hodisasi sifatida talqin qilib bo'lmaydi; b) asar matnida badiiy adabiyotda an’anaviy tarzda ishlatilib kelayotgan ko'chimlar ham ko'p uchraydi. Masalan, «shakar lab», «gul yuz», «bulbul», «sarv qomat», «qoshi kamon», «nargis ko'z» va hokazo. Bu xil ko'chimlar ham yuqoridagilar singari tayyor holda olinadi, biroq, ulardan farqli o'laroq, matnda estetik funksiya bajaradi: tasviriylikni, ifodalilikni kuchaytiradi; d) badiiy-estetik funksiyaliligi, tasviriylik va ifodalilikni kuchaytirishi jihatidan muayyan matndagina ko'chma ma’noda qo'llangan, muallifning assotsiativ fikrlashi mahsuli o'laroq dunyoga kelgan ko'chimlar alohida o'rin tutadi. Ulami shartli ravishda «xususiy muallif ko'chimlari» deb atashimiz mumkin. Shu xildagi ko'chimlaigina yozuvchining muayyan badiiy-estetik maqsadni ko'zlab yo'l qo'ygan semantik sathdagi og'ishi natijasidirki, uning badiiy til bobidagi mahorati xususida gap borganda biz, avvalo, shu xil ko'chimlami e’tiborga olishimiz kerak bo'ladi. Voqelikdagi narsa-hodisalar orasidagi bizga ko'rinmagan, biroq san’atkorona o'tkir nigoh bilan ilg'angan o'xshashlik, aloqadorlik asosidagi ko'chimlar o'quvchini hayratga soladi, unga zavq bag'ishlaydi. Badiiy asarda eng ko'p qo'llanuvchi ko'chim turlaridan biri metaforadir. Metafora usulidagi ma’no ko'chishida narsa-hodisalar