Pedagogik odobning asosiy shakllari
1.
Kasbiy-pedagogik burch.
Ezgulik va yovuzlik,
adolat va adolatsizlik,
to‘g‘riso‘zlik va yolg‘onchilik, rahmdillik va shafqatsizlik, ko‘ngli oqlik va ko'ngli
qoralik, vatanparvarlik va vatanfurushlik, tinchlik va urush kabi umuminsoniy
axloqiy
qadriyatlar insonlar hayoti, turmush tarzi va xatti-harakatlarida o ‘ziga xos
o'lchov bo‘lib xizmat qiladi. Pedagogik faoliyatda ham pedagog ushbu qadriyatlami
ulug'lay olishi, ularga tayangan holda faoliyatni tashkil etishi lozim. SHuningdek, har
bir pedagog kasbiy-pedagogik burchini to 'la anglay olishi, uni ado etish yo‘lida
amaliy harakatlarni tashkil eta bilishi zarur.
Pedagog tomonidan jamiyat, uning
a ’zolari, pedagogik va talabalar jamoasi oldida qanday vazifalami bajarishi
zarurligini, kasbiy-pedagogik burchni bajarishda qanday tamoyillarga tayanishni aniq
belgilab olinishi ham shaxs, ham mutaxassis va fuqaro sifatida o‘z
mavqeini
mustaqil belgilash imkoniyatini yaratadi. Agarda u o‘z kasbiy faoliyatini mavjud
axloqiy tamoyillarga muvofiq tashkil eta olsa, u holda o ‘z-o‘ziga bo‘lgan hurmati
ortadi, o ‘z kuchiga ishonch paydo bo'ladi. Bu esa
pedagogni yangidan yangi
yutuqlami qo‘lga kiritishga rag‘batlantiradi. Agarda bordi-yu, pedagog kasbiy-
pedagogik burchini anglasa-da, biroq, uni mavjud axloqiy talablarga muvofiq
tashkil
eta olmasa, u holda, eng avvalo, o ‘ziga boMgan hurmatni yo‘qotadi, o‘zini shaxs
sifatida yuqori baholay olmaydi.
2.
Dostları ilə paylaş: