fanlardan olingan ballar asosida o‘rtacha ball (foiz) hisoblanadi. Keyingi yilga o‘tish
uchun 50% dan ball ko‘proq to‘plash kerak.
O‘quv yutuqlarini baholashning eng standart usuli bu maktab ichidagi baholash
bo‘lib, u ikki baholash shaklidan iborat - formativ va summativ.
Formativ baholash diagnostik xarakterga ega va o‘quv
yili davomida tizimli
ravishda amalga oshiriladi. Uning asosiy maqsadi o‘quvchilarning kunlik
taraqqiyotini kuzatib borish va o‘qitish hamda o‘quv jarayoniga o‘z vaqtida tuzatish
uchun qulay muhit yaratishdir. Baholash tartib-taomillarining
ajralmas qismi
o‘quvchilarga o‘z maqsadlariga erishish uchun kerakli yordamni ko‘rsatish uchun
qayta aloqa o‘rnatishdir.
Summativ baholash fiksatorlik xususiyatiga ega, ya‘ni u ma’lum
bir vaqt ichida
o‘quvchilar erishgan yutuqlar to‘g‘risida xulosa chiqarishga imkon beradigan
ta’limni aniqlashga qaratilgan. Odatda, summativ baholash o‘quv bo‘limi,
mashg‘ulot, kurs, chorak yoki dastur oxirida bo‘lib o‘tadigan oldindan belgilangan
tadbirlar shaklida rejalashtiriladi va baholash hamda hisobot berish uchun ishlatiladi.
Kanadaning baholash tizimi quyidagi printsiplar asosida qurilgan:
➢
baholash maksimal darajada obyektivlikni ta’minlaydigan
turli
xil usullarga asoslangan bo‘lishi kerak;
➢
natijalarni baholash va tahlil qilish o‘qituvchining vazifasidir:
o‘qituvchi o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olishi,
o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan hamkorlik qilishi kerak;
➢
baholash natijalari o‘quvchilarning o‘quv maqsadlariga bo‘lgan
taraqqiyoti yoki orqaga qaytishini aks ettirishi kerak.
Dostları ilə paylaş: