Educational Research in Universal Sciences issn: 181-3515 volume


Educational Research in Universal Sciences



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix16.04.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#98952
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
111-121

Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 1 | ISSUE 7 | 2022
 
 
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2022 
112
 
hujjatlarni uchratmaymiz - intellektul mulklarga bo‘lgan meros huquqi umumiy 
qonunchilik normalariga bo‘ysunadi. Shu bilan birga, intellektual faoliyat natijalariga 
bo‘lgan huquqlar ular ifodalangan moddiy vositaga bo‘lgan real huquqlarga bog‘liq 
emas. Masalan, vasiyat qiluvchi tomonidan yaratilgan rasm yoki kitobning mulkiy 
huquqlarning obyekti bo‘lib, ularning pulga aylanishidan vujudga keluvchi huquqlar 
hisoblanadi. Intellektual mulk huquqini meros qilib olish qonun yoki vasiyatnoma 
bo‘yicha amalga oshiriladi. Lekin muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari meros qilib 
olinmaydi. Ular mualliflik huquqi, nomga bo‘lgan huquq, muallif obro‘sini himoya 
qilish huquqi, nashr qilish huquqi bilan ifodalanadi. 
Vorislar mualliflik huquqini himoya qilish tartib-qoidalarini amalga oshirishi 
mumkin, ular hech qanday vaqt chegaralari bilan cheklanmagan. Vasiyatnoma 
mazmunida muallif shaxsiy nomulkiy huquqlarini himoya qilishni vasiyat qilgan 
shaxsni ko‘rsatishi, shuningdek vasiyatnomaning ijrochisini ham ko‘rsatishi mumkin.
“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunining 19-moddasida 
mualliflik huquqi mualliflik shartnomasi bo‘yicha va meros orqali o‘tkazilishi 
mumkin. Muallifning asarlarni nashr etish, ko‘paytirish va tarqatish huquqi kabi 
mualliflik huquqlarini meros qilib olishga ruxsat etiladi. Muallifning merosxo‘rlari 
muallif tomonidan yaratilgan asardan foydalanish to‘g‘risida shartnoma tuzishga haqli. 
Muallifning hayoti davomida tuzilgan shartnoma bo‘yicha asardan foydalanish va 
tarqatish bilan bog‘liq huquq va majburiyatlar merosxo‘rlarga o‘tadi. Mualliflik huquqi 
muallifning butun hayoti davomida va vafotidan keyin 70 yil davomida amal qiladi. 
Shu bilan birga, shuni ta’kidlash kerakki, muddatlarni hisoblash yuridik fakt sodir 
bo‘lgan yildan keyingi yilning 1-yanvaridan boshlanadi, bu muddatning boshlanishiga 
asos bo‘ladi
45

Mualliflik huquqi ijodkorlik faoliyati natijasi bo‘lgan fan, adabiyot va san’at 
asarlaridan foydalanish, tarqatish bilan bog‘liq bo‘lgan huquqiy munosabatlarni, 
asarning maqsadi va ahamiyatidan, shuningdek, ifodalanish usulidan qat’i nazar 
tartibga soladi. "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida" gi qonunining 35- 
moddasiga ko‘ra, mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida va uning 
vafotidan keyin yetmish yil davomida amal qiladi, hammualliflikda esa mualliflarning 
butun hayoti davomida va hammualliflar orasida eng uzoq umr ko‘rgan oxirgi shaxs 
vafot etganidan keyin yetmish yil davomida amal qiladi. 
Shuningdek, agar asar muallifning vafotidan keyin birinchi marta e’lon qilisa, 
asarga bo‘lgan mualliflik huquqi asar e’lon qilinganidan keyin yetmish yil davomida 
amal qiladi.
45
https://lex.uz/ru/docs/-1022944 



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin