Educational Research in Universal Sciences issn: 181-3515 volume


Educational Research in Universal Sciences



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix16.04.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#98952
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
111-121

Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 1 | ISSUE 7 | 2022
 
 
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2022 
116
 
mulkiy huquqlar meros tariqasida o‘tmasligi ta’kidlab kelingan. Ushbu holatlarni 
bartaraf etish uchun 2022-yil 3-fevralda 7/32-5/219-sonli Adliya vazirligi tomonidan 
Ko‘rsatma chiqarilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatmada ushbu sohadagi huquqni qo‘llash 
amaliyoti notariuslarga tushintirilgan. Ya’ni mualliflik huquqi intellektual mulkning 
boshqa obyektlariga qaraganda o‘ziga xos farqli jihatlarga ega bo‘lib, ushbu huquq 
sanoat mulki obyektlari ixtiro, foydali model, sanoat namunasi va boshqalar kabi 
ro‘yxatdan o‘tkazilishini yohud ushbu huquqni tasdiqlash uchun guvohnoma 
berilishini talab qilmasligi ko‘rsatma berilgan. Bu mualliflik huquqi bo‘yicha universal 
xalqaro-huquqiy hujjat Adabiy ba badiiy asarlar muhofazasi to‘g‘risidagi Bern 
konvensiyasining asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Ya’ni fan, adabiyot va san’at 
asariga mualliflik huquqi uni yaratish fakti bo‘yicha yuzaga kelishi ko‘rsatma berilgan. 
Agar bir nechta hammualliflar yoki merosxo‘rlar bo‘lsa, Fuqarolik kodeksida 
muallifning mulkiy huquqlari meros bo‘yicha o‘tishi belgilangan. Muallifning shaxsiy 
nomulkiy huquqlari esa meros obyekti hisoblanmaydi. Muallifning merosxo‘rlari 
ko‘rsatilgan huquqlarni himoya qilishga haqlidir. Merosxo‘rlarning ushbu huquqlari 
muddat bilan cheklanmaydi. Agar muallifning merosxo‘rlari bo‘lmasa, uning shaxsiy 
nomulkiy huquqlarini himoya qilish maxsus vakolatli davlat organi zimmasiga 
yuklanadi. Muallif vafotidan so‘ng bir necha merosxo‘rlar mavjud bo‘lsa, 
qonunchiligimizga muvofiq, asardan foydalanish tartibi ular o‘rtasidagi kelishuvda 
belgilanadi. Bunda merosxo‘rlardan hech biri boshqa merosxo‘rlarning asardan 
foydalanishini yetarli asoslarsiz taqiqlashga haqli emas. 
Bir nechta mualliflar bilan intellektual mulk merosi yanada murakkablashadi. 
Agar, masalan, mualliflardan biri kitobning bir nechta bo‘limlarini yozgan bo‘lsa va 
qolganini boshqa muallif yozgan bo‘lsa, u holda mulk bo‘linishi mumkin. Agar ijodiy 
ish natijasini bo‘lish mumkin bo‘lmasa, tirik hammualliflar teng ulushlarda qoladilar 
va merosxo‘rlar hech narsa olmasligi muammosi yuzaga keladi. Agar bir nechta 
merosxo‘rlar bo‘lsa, ularning ulushining miqdori meros huquqi to‘g‘risidagi 
guvohnomada ko‘rsatilishi kerak. Merosxo‘r o‘z huquqlaridan boshqa merosxo‘rlar 
foydasiga ham voz kechishi mumkin. Odatda, meros qonuniy ravishda teng ulushlarda 
taqsimlanadi, ammo alohida shartnomaga ko‘ra, merosxo‘rlar boshqa miqdordagi 
ulushlarni kelishib olishlari mumkin. O‘zaro kelishuv bo‘lmagan taqdirda, 
merosxo‘rlar o‘rtasidagi nizo sudda ko‘rib chiqiladi. Merosning teng bo‘lmagan 
ulushlari muallif/mualliflik huquqi egasi tomonidan vasiyatnomada belgilanishi 
mumkin. 
Agarda intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquq egasi yuridik shaxs 
bo‘lsa, yuridik shaxs qayta tashkil etilganda, birlashganda, qo‘shib olinganda, qayta 
tuzilganda mutlaq huquq huquqiy vorislik tartibida yangi vujudga kelgan yuridik 
shaxsga o‘tadi. Yuridik shaxs bo‘linish, ajralib chiqish yo‘li bilan qayta tashkil 



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin