Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 1 | ISSUE 7 | 2022 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2022
119 Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini loyihalash huquqi
merosxo‘rlarga o‘tadi. Meros, shuningdek, sanoat mulki obyektlariga bo‘lgan mutlaq
huquqlarni ham o‘z ichiga oladi.
Ixtiroga bo‘lgan huquq ixtiroga patent, foydali modelga - foydali model
guvohnomasi, sanoat namunasiga - sanoat namunasiga patent bilan tasdiqlanadi.
Ixtiroga patent 20 yil, foydali model guvohnomasi 5 yil va sanoat namunasiga patent 5
yil amal qiladi.
Domenlar va ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarni(hisoblar)nining vorislik tartibi. Hozirda amaliyotda domenlar hamda ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarni meros
qilib olish tartibi va huquqiy yechimi dolzarb masalalardan biridir. Domen nomini
meros qilib olish masalasi hali ham juda munozarali va bahsli. Bir tomondan, qonun
chiqaruvchi domen nomini huquq obyekti sifatida tan olmaydi, boshqa tomondan,
savol tug‘iladi - egasi vafot etganidan keyin domen nomi bilan nima qilish kerak?
Domen nomi huquq obyekti sifatida tan olinmaganligi sababli, uni merosxo‘rlarga
o‘tkazish mexanizmi ham mavjud emas. Uning yo‘qligi egasining o‘limidan keyin
uchinchi shaxslar tomonidan domenni egallab olish shaklida juda noxush oqibatlarga
olib kelishi mumkin.
Domen nomi huquq obyekti emas, lekin ba’zi hollarda u meros qilib olinishi
mumkin. Masalan, "REG.RU" va "RU-CENTR" kabi ro‘yxatga oluvchilar domen
nomini merosxo‘rlarga ma’lum hujjatlar to‘plamini taqdim etishi sharti bilan o‘tkazish
tartibini ta’minlaydi
54
.
Albatta, barcha ro‘yxatga olish idoralari o‘z mijozlari uchun bunday sharoitlarni
ta’minlamaydi va merosxo‘rlar o‘z huquqlarini sudda himoya qilishga harakat
qilishlari mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlar masalasida to‘xtalsak, ijtimoiy tarmoqlar
intellektual mulk obyektiga kiritilmagan, ularni muhofaza qilish tartibi
aniqlashtirilmagan, lekin AQSh va Germaniya kabi davlatlarda ijtimoiy tarmoqlardagi
akkauntlar bo‘yicha hujjatlar qabul qilingan hamda sud amaliyotlari vujudga kelgan.
Akkauntlardagi himoya qilinishi lozim bo‘lgan narsa sifatida hisob ma’lumotlari
qaraladi. Chunki hisoblarda kuzatuvchilar, muallifga tegishli suratlar, videolar va
akkauntni yuritishning o‘ziga xos yo‘llari mavjud.
Germaniyada bu masalani qonunchilik bilan tartibga solish tizimi yo‘q, lekin
Evropada hisobni meros qilib olish bo‘yicha birinchi sud pretsedenti mavjud. Sud
ishining syujeti shundan iborat ediki, marhum qizning ota-onasi Facebook ijtimoiy
tarmog‘iga marhumning akkauntini blokdan chiqarish, uning do‘stlari iltimosiga ko‘ra
54