Educational Research in Universal Sciences issn: 181-3515 volume


Educational Research in Universal Sciences



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix16.04.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#98952
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
111-121

Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 1 | ISSUE 7 | 2022
 
 
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2022 
114
 
huquqlarni shartnoma asosida o‘tkazish yoxud ularni universal huquqiy vorislik 
tartibida o‘tishi muallif huquqlarini va begonalashtirilmaydigan va boshqalarga 
o‘tkazdirilmaydigan boshqa shaxsiy huquqlarni cheklanishiga sabab bo‘lmaydi. 
Bunday huquqlarni o‘tkazish yoki cheklash to‘gʼrisida shartnoma shartlari o‘z-o‘zidan 
xaqiqiy emas. Ushbu qoida ijodiy faoliyat natijasiga mutlaq huquq ijodkor muallifga 
tegishli bo‘lmagan barcha hollarda qo‘llaniladi. 
Boshqa shaxslarga o‘tkazilmaydigan, begonalashtirilmaydigan va faqat 
muallifga, yaʼni ijodiy faoliyat natijasini yaratuvchiga tegishli bo‘lgan mutlaq -
absolyut huquqlar doirasi, turlari va mazmuni Fuqarolik kodeksida belgilab qo‘yilgan. 
Intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquqlar fuqarolik muomilasida bir 
subyektdan boshqa subyektga o‘tish miqdorlaridan qatʼiy nazar, ijodkor muallif 
intellektual mulk obyektiga nisbatan mualliflik huquqini saqlab qoladi. Yaʼni mutlaq 
huquqlarni bir shaxslardan boshqa shaxslarga o‘tish faktlari muallifni huquqiy 
maqomiga ham, uning faqat o‘ziga tegishli bo‘lgan, undan begonalashtirilmaydigan 
nomulkiy huquqlari mazmuniga ham hech qanday darajada taʼsir ko‘rsatmaydi.
Merosxo‘r muallif/mualliflik huquqi egasi vafot etganidan keyin merosxo‘r 
intellektual obyektlarni quyidagi tartibda tasarruf etishi mumkin: 

asarni nashr qilishi (masalan, kitob nashr etish), agar bu muallifning shaxsiy 
kundaliklarida, vasiyatnomalarida, xatlarida ko‘rsatilgan irodasiga zid bo‘lmasa; 

vafot etgan muallif tomonidan o‘z xizmat vazifalari doirasida yaratilgan ixtiro, 
foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug‘i, EHMlar uchun haq olish;

musiqiy yoki audiovizual asarni takrorlash va efirga uzatish, nashr qilish uchun 
haq olishi; 

badiiy, grafik, haykaltaroshlik, amaliy, adabiy, musiqa san’ati asarini 
keyinchalik qayta sotish uchun haq (foizli chegirmalar shaklida) olish, agar joriy 
bitimning narxi oldingi sotuv narxidan oshsa, shartnoma shartlarini qayta kelishishi;

asarni ko‘paytirish, sotish yo‘li bilan tarqatish, nusxalarini yaratish, eksport 
qilish, ijaraga berish va litsenziya va begonalashtirish shartnomalarini tuzishi; 

boshqa shaxslarga yuqorida tavsiflangan harakatlarni taqiqlashi; 

mualliflik huquqini, muallifning nomini va asarning daxlsizligini himoya qilishi, 
buning uchun sudga murojaat qilish va huquqlar buzilganligi uchun pul 
kompensatsiyasini undirish; 

mualliflik huquqi bilan himoyalangan asarni boshqarishni rad etishi, agar 
bunday huquq vafot etgan mualliflar jamiyatiga o‘tgan bo‘lsa; 

asarni qayta ishlashga masalan, romandan ssenariy yaratish, uni boshqa tilga 
tarjima qilishga ruxsat berishi; 



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin