Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 1 | ISSUE 7 | 2022 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2022
117 etilganda mutlaq huquqni kimga o‘tishi taraflarni o‘zaro kelishuv bilan, bunga
erishilmagan taqdirda esa, sud tomondan belgilanadi. Mutloq huquqni meros va
huquqiy vorislik tartibida o‘tish fakti notarius tomonidan beriladigan meros
guvohnomasi asosida rasmiylashtiriladi. Agarda obyektga nisbatan huquqiy muhofaza
hujjati bo‘lsa, vakolatli davlat idorasi tomonidan mutlaq huquqni yangi egasi nomiga
hujjatlar rasmiylashtiriladi va tegishli davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Kompyuter dasturiga nisbatan mutlaq huquqlar ham huquq egasi vafotidan keyin
meros tartibida qonuniy merosxo‘rlarga yoki vasiyat asosida boshqa shaxslarga o‘tadi.
Vujudga keladigan munosabatlarga nisbatan Fuqarolik kodeksinining vorislik haqidagi
belgilangan normalar qo‘llaniladi. Kompyuter dasturiga mutloq huquqlar egasi yuridik
shaxs bo‘lsa, bunday yuridik shaxs qayta tashkil etilgan hollarda (uni boshqa bir
yuridik shaxs bilan qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish,
o‘zgartirish – FKning 49-moddasi) mutloq huquq vorislik tartibida yangi tashkil
etilgan yuridik shaxsga o‘tadi. Qayta tashkil etishning bo‘lish, ajratib chiqarish,
o‘zgartirish hollarida yangi vujudga kelgan yuridik shaxslarning qaysi biriga mutloq
huquq o‘tishi ularning o‘zaro kelishuvi asosida, bunday kelishuvga kelishilmagan
taqdirda sud tomonidan belgilanadi.
Seleksiya yutug‘larining meros bo‘lib o‘tishi masalasiga e’tibor qaratsak,
seleksiya yutug‘lariga patentga bo‘lgan huquq muallifga (hammualliflarga) yoki uning
(ularning) merosxo‘riga (merosxo‘rlariga) tegishli. Ko‘rinib turibdiki, patent olish
huquqiga ega bo‘lgan eng asosiy shaxslar bu mualliflar va ularning merosxo‘rlaridir.
Shu bilan birga, xizmat tartibida yaratilgan seleksiya yutug‘iga nisbatan patent olish
huquqi, agar shartnomada boshqa qoida belgilanmagan bo‘lsa ish beruvchiga
tegishliligi qayd etilgan. Lekin ko‘pchilik holatlarda Adliya vazirligiga
topshirilayotgan talabnomalarda talabnomalar seleksiya
yutug‘ini yaratgan
mualliflarning nomlariga berilayotganligi, bu esa qonun hujjatlarini to‘g‘ri
tushunmaslik ekanligini anglatadi. Shu bilan birga, patentda muallifning nomini va
uning muallifligini ko‘rsatish amaliyotda bir vaqtning o‘zida patent egasi sifatida uni
e’tirof etishga olib kelishi mumkin.