Educational Research in Universal Sciences issn: 181-3515 volume


Xalqaro tajribada intellektual mulklarning meros bo‘lib o‘tishi masalasiga



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix16.04.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#98952
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
111-121

Xalqaro tajribada intellektual mulklarning meros bo‘lib o‘tishi masalasiga 
to‘xtalsak, Rossiya Federatsiyasida intellektual mulk obyektlari vasiyatnoma yoki 
qonun bo‘yicha meros huquqi o‘tishi mumkin. Rossiya Federatsiyasi Fuqarolik 
Kodeksining 1112-moddasiga binoan merosxo‘rlik intellektual faoliyat natijalariga 
bo‘lgan mutlaq huquqlarni, shuningdek, boshqa mulkiy huquqlarni o‘z ichiga oladi: 
amal qilish huquqi, muallifiga tegishli bo‘lgan asari uchun haq olish huquqi, 
shuningdek, mualliflar, ijrochilar, fonogramma ishlab chiqaruvchilar o‘z asarlarini 


Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 1 | ISSUE 7 | 2022
 
 
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2022 
118
 
shaxsiy maqsadlarda takrorlaganliklari uchun va fonogrammalarni tijorat maqsadlarida 
omma oldida ijro etganliklari uchun haq olish
50
.
Eksklyuziv meros huquqlari umumiy tartibda vasiyatnoma yoki qonun bilan 
o‘tkaziladi. Shuni yodda tutish kerakki, mutlaq huquqlarning ta’siri vaqt bo‘yicha 
cheklangan va merosga kirgandan so‘ng, meros qoldiruvchining merosxo‘rlari ularga 
faqat qolgan muddatga ega bo‘lishadi. Va keyin intellektual mulk obyektlari umumiy 
mulkka aylanadi, ular ruxsatsiz va haq to‘lamasdan erkin foydalaniladi. Shunday qilib, 
mualliflik huquqi muallif vafot etgan kundan boshlab 70 yil, tegishli - ijro etilgan 
kundan boshlab 50 yil va patent huquqlari - ro‘yxatga olish uchun ariza berilgan 
kundan boshlab 20 yil davomida amal qiladi. 
Rossiya Federatsiyasi Fuqarolik Kodeksining 1229-moddasiga ko‘ra, agar bir 
nechta merosxo‘rlar bo‘lsa, mutlaq huquqlarga nisbatan ular birgalikda egalik 
qiladilar: ular birgalikda tasarruf etadilar. Ammo ular yozma shartnoma tuzish orqali 
boshqacha tartib o‘rnatishlari mumkin
51

Qozog‘istonda ham intellektual mulk huquqlarining meros bo‘lib o‘tishi, 
O‘zbekiston hamda Rossiya qonunchiligiga o‘xshashligini ko‘rishimiz mumkin. 
Qozog‘iston Respublikasining "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida" gi 
Qonunining 30-moddasida mualliflik huquqi mualliflik huquqi shartnomalari va meros 
orqali o‘tkaziladi
52

Mualliflik huquqini meros qilib olish qonun yoki vasiyatnoma bo‘yicha sodir 
bo‘ladi. Lekin muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari meros qilib olinmaydi. Ular 
mualliflik huquqi, nomga bo‘lgan huquq, muallif obro‘sini himoya qilish huquqi, nashr 
qilish huquqi bilan ifodalanadi. Vorislar mualliflik huquqini himoya qilish tartib-
qoidalarini amalga oshirishi mumkin, ular hech qanday vaqt chegaralari bilan 
cheklanmagan. Vasiyatnoma mazmunida muallif shaxsiy nomulkiy huquqlarini 
himoya qilishni vasiyat qilgan shaxsni ko‘rsatishi, shuningdek vasiyatnomaning 
ijrochisini ham ko‘rsatishi mumkin
53

Mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida va vafotidan keyin 70 yil 
davomida amal qiladi. Shu bilan birga, shuni ta’kidlaymanki, muddatlarni hisoblash 
yuridik fakt sodir bo‘lgan yildan keyingi yilning 1-yanvaridan boshlanadi, bu 
muddatning boshlanishiga asos bo‘ladi. 
50
 
"Гражданский кодекс Российской Федерации (часть третья)" от 26.11.2001 N 146-ФЗ (ред. от 01.07.2021)
 
51
 
"Гражданский кодекс Российской Федерации (часть третья)" от 26.11.2001 N 146-ФЗ (ред. от 01.07.2021)
 
52
7.
Закон Республики Казахстан от 10 июня 1996 года № 6-I «Об авторском праве и смежных правах» (с 
изменениями и дополнениями по состоянию на 20.06.2018 г.) 
// 
https://online.zakon.kz/document/?doc_id=1005798
 
53
8.
Бурибаев Е.А. Актуальные проблемы принятия наследства // 
https://www.zakon.kz/4667742-aktualnye-
problemy-prinyatiya.html
 



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin