Educational Research in Universal Sciences issn: 181-3515 volume


Educational Research in Universal Sciences



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix16.04.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#98952
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
111-121

Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 1 | ISSUE 7 | 2022
 
 
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2022 
113
 
Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini huquqi merosxo‘rlarga o‘tadi. 
Meros, shuningdek, sanoat mulki obyektlariga bo‘lgan mutlaq huquqlarni ham o‘z 
ichiga oladi. Ixtiroga bo‘lgan huquq ixtiroga patent, foydali modelga - foydali model 
patenti, sanoat namunasiga - sanoat namunasiga patent bilan tasdiqlanadi. 
Ixtiroga patent yigirma yil, foydali modelga besh yil va sanoat namunasiga patent 
o‘n yil amal qiladi
46
. Intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquqlar egasiga 
tegishli mulkiy huquqlar, huquq egasi tomonidan shartnoma yoki bitim bo‘yicha 
boshqa shaxsga to‘liq yoki qisman o‘tkazilishi mumkin.
Shuningdek, bu mutlaq huquqlar egasi bo‘lgan fuqaro vafot etganda meros bo‘lib 
va mutlaq huquqlar egasi yuridik shaxs bo‘lsa, u qayta tashkil etilganda huquqiy 
vorislik tartibida o‘tadi. Qonunchilikka muvofiq, sananot mulki obyektlari: ixtirolar, 
foydali modellar, sanoat namunalari; 

seleksiya yutug‘lari; 

kompyuter dasturlari, ma’lumotlar bazalari; 
ularga bo‘lgan huquqlar ular yaratilganda yuzaga keladigan va davlat ro‘yxatidan 
o‘tishni talab qilmaydigan mualliflik asarlari: adabiy, badiiy, musiqiy, audiovizual, 
xoreografik; ilmiy ishlar va turdosh turdosh huquqlar: ijrolar, fonogrammalar, efir yoki 
kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning ko‘rsatuvlari yoki 
eshittirishlari meros huquqi obyekti bo‘lishi mumkin. 
Intellektual mulk huquqida meros instituti o‘ziga xos xususiyatlarga ega, 
intellektual mulkda meros bo‘lib o‘tuvchi huquqlar hamda meros sifatida 
o‘tkazilmaydigan huquqlar mavjud. Qonunchilikka muvofiq, muallifning mulkiy 
huquqlari meros bo‘yicha o‘tadi. Shaxsiy nomulkiy huquqlar esa, aksincha, meros 
bo‘yicha o‘tmaydi. Mutlaq huquqlar sifatida huquqning egalariga qonunda ruxsat 
etilgan barcha harakatlarni bajarishni taʼminlaydigan va ayni vaqtda barcha uchinchi 
shaxslarga ko‘rsatilgan harakatlarni huquq egalarining roziligisiz bajarishni man 
etadigan subyektiv huquqlardir. Shaxsiy nomulkiy huquqlar esa bu mulkiy mazmunga 
ega bo‘lmagan, obyekt yaratuvchisini ijodiy maqomini belgilovchi va ushbu 
maqomdan kelib chiqadigan huquqlarni mustahkamlashga va himoya qilishga 
qaratilgan mutlaq huquqlari bo‘lib, u faqat huquq egasiga tegishli va huquq egasidan 
begonalashtirilishi bo‘lmaydigan huquqlar hisoblanadi
47
. Masalan, Abdulla Qodiriy 
asarlari o‘z farzandlariga mulkiy huquq sifatida o‘tgan, lekin Abdulla Qodiriy shaxsiy 
nomulkkiy huquqlarni o‘zida saqlab qolgan. Ya’ni hech kim O‘tgan kunlar asarini 
muallifi sifatida Abdulla Qodiriy nomini begonalashtirib, o‘zlashtira olmaydi. Mulkiy 
46
https://lex.uz/docs/-76671 
47
Интеллектуал мулк. Дарслик. Масъул муҳаррирлар: ю.ф.д., проф., О.Оқюлов, ю.ф.ф.д. (PhD), доцент 
Н.Э.Гафурова // Муаллифлар жамоаси. –T.: TДЮУ нашриёти , 2019. – 588 бет.



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin