Eksperimental



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə110/159
tarix28.01.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#81396
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   159
Umumiy psixologiya kafedrasi eksperimental psixologiya (1)

Natijalar tahlili:

  1. Javob sifatida aytilgan so’zlarni markaziy va periferik reaksiyalar bo’yicha sifat tahlili o’tkaziladi.

  2. Har bir reaksiyalar uchun o’rtacha arifmetik qiymat (M) va o’rtacha kvadratik chetlashish (o)ni aniqlanadi.

  3. Markaziy va periferik reaksiyalarning foizdagi ko’rsatkichi aniqlanadi.

  4. Natijalar asosida xulosa chiqariladi.

LABORATORIYA ISHI№ 28
Мавзу : Семантик дифференциал методи буйича нутк бирликлари семантивасини урганиш
ZANJIRLI ASSOTSIATIV EKSPERIMENT.
Maqsad: Nutqiy fikrlash tezligini o’rganish.
Jihoz: Magnitofon, sekundomer.
Ishning borishi:
Tajriba guruh sharoitida yoki yakka tartibda o’tkaziladi. Guruh sharoitida olib borilganda talabalar tekshiruvchi va tekshiriluvchilarga bo’linishadi. Har bir tekshiriluvchi bilan 3-5 marta tajriba o’tkaziladi. Tajriba 1 minutdan davom etadi. Tajribalar o’rtasidagi oraliq 15-20 minutni tashkil etadi.
Tekshiriluvchiga quyidagicha ko’rsatma beriladi: «Bir minut davomida miyangizga kelgan har qanday so’zni aytishingiz mumkin. Qarshingizda mavjud bo’lgan predmetlarning nomini sanamang. Avvaldan yod olingan so’zlarni qaytarmang». Tekshiriluvchi tomonidan aytilgan so’zlar magnit lentasiga yozib olinadi va natijalarni tahlil qilish jarayonida eshittiriladi.
B A Y O N N O M A:
Tekshiriluvchi:
Tekshiruvchi:
Tekshiriluvchining ruhiy holati:
Sana:

Tajriba raqami

Assotsiativ qator uzunligi

Semantik uyalar

AbsolYut

O’rtacha

Uyalarning o’rtacha miqdori

O’rtacha hajmi
(so’zlar soni)

1













2













3













4













5













M













Natijalar tahlili:


  1. Bir minut davomida talaffuz qilingan so’zlar soni aniqlanadi.

  2. Assotsiativ qatordagi semantik uyalar soni, har bir uyadagi so’zlar soni aniqlanadi.

  3. Assotsiativ qatorning o’rtacha qiymati, uyalarning o’rtacha miqdori aniqlanadi.

  4. Xulosa chiqarish uchun bir minutda talaffuz qilingan so’zlar soniga e’tibor beriladi. Bu ko’rsatkich o’rtacha 19-21 ta so’zni tashkil etadi. 35-40 ta so’z Yuqori ko’rsatkichni bildiradi. 3-4 uyaning mavjudligi unda, 5-6 ta so’zning bo’lishi me’yor hisoblanadi.

LABORATORIYA ISHI№ 29
MAVZU: TASAVVURNI EKSPERIMENTAL O’RGANISH.
Maqsad: Tasavvurlarning yorqinligi va aniqligini baholash.
Jihoz: D. Marks so’rovnomasi.
Ikkilamchi obraz (timsol)larni o’rganishda ko’p hollarda o’z-o’zini kuzatish metodidan foydalanish mumkin. Ob’yektiv metodlar bilan bir qatorda tasavvurlarni sub’yektiv ko’rinishiga ko’ra tasniflashga asoslangan o’z-o’zini ranglashtirish (ranjirovaniye) metodikasidan foydalaniladi. Tasavvurlarni yorqinligi - aniqligini D. Marks so’rovnomasidan foydalanib baholanadi. Mazkur so’rovnomada tasavvurning yorqinligi - aniqligi 5 balli tizimda baholanadi.
Baholash shkalasi:
5 ball - tasavvur idrok obrazi kabi aniq, yorqin va sof holda.
4 ball - tasavvur aniq, yorqin, tiniq.
3 ball - tasavvur o’rtacha aniqlikda va yorqinlikda.
2 ball - tasavvur noaniq, xira.

  1. ball - tasavvur umuman mavjud emas, faqat predmet haqida o’ylaydi.

Ishning borishi:
Tajriba boshida tekshiruvchi tekshiriluvchiga quyidagicha ko’rsatma beradi: «Ushbu tadqiqotning maqsadi sizda paydo bo’lgan tasavvurlarning yorqinligi va aniqligini baholashdan iborat. So’rovnoma topshiriqlari sizda muayyan tasavvur hosil qiladi. Berilgan shkalaga asoslanib, hosil bo’lgan tasavvurlarning yorqinligi va aniqligini baholashingiz kerak. Tasavvurni bu ob’yekt haqidagi bilimlar bilan aralashtirib Yubormang. Siz ob’yektni fikran ko’rishingiz va uning yorqinligi va aniqligini baholashingiz kerakligini unutmang».
D. Marks so’rovnomasi
Siz tez-tez ko’rib turadigan yaqinlaringiz, do’stlaringizdan biri haqida o’ylang. Fikran shu kishi qarshingizda turibdi deb tasavvur qiling. Quyidagi savollarga asoslanib, tasavvurlarning yorqinligi, aniqligini baholang.

  1. Shu kishining Yuzi, boshi, yelkalari, tanasini aniq tasavvur qiling.

  2. Shu kishiga xos bo’lgan bosh va tananing holatini (poza) tasavvur qiling.

  3. Shu kishining gavdasini tutishi, Yurishi, qadam tashlashini tasavvur qiling.

  4. Shu kishining kiyimlari va uning rangini tasavvur qiling.

Quyosh chiqishidagi quyidagi holatlarni tasavvur qiling va shkala bo’yicha baholang.

  1. Quyosh osmonning bir chetidan asta ko’tarilmoqda.

  2. Quyosh moviy osmonda turibdi.

  3. Quyosh ko’tarilgan, lekin osmonda bulutlar bor. Bir tomonda esa chaqmoq chaqmoqda, momoqaldiroq bo’lyapti.

  4. Quyosh turibdi, osmonda kamalak bor.

O’zingiz tez-tez kirib turadigan magazinni tasavvur qiling va shkala bo’yicha baholang.

  1. Ko’chaning qarama-qarshi tomonida turib, magazinni to’laligicha tasavvur qiling.

  2. Tasavvur qiling: siz eshikka yaqinlashayapsiz, uning rangi, hajmi va boshqa qismlari qanaqa?

  3. Magazin vitrinasini undagi mahsulotlar bilan birgalikda tasavvur qiling.

  4. Tasavvur qiling: siz magazinga kirdingiz, peshtaxtaga yaqinlashdingiz, sotuvchi sizga mahsulot va qaytim beryapti. Uning qo’llari qanaqa?

Daraxtlari, tog’lari, ko’li bilan birgalikda qishloq manzarasini tasavvur qiling.

  1. Uzun landshaftini butunligicha tasavvur qiling.

  2. Daraxtlar, ularning rangi va hajmini tasavvur qiling.

  3. Ko’lning rangi va hajmini tasavvur qiling.

  4. Tasavvur qiling: shamol turdi, daraxt yaproqlari shovullaydi, ko’lda to’lqinlar paydo bo’ldi.

Har bir tekshiriluvchi uchun alohida bayonnoma shakli tayyorlanadi.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin