Eksperimental



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə22/159
tarix28.01.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#81396
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   159
Umumiy psixologiya kafedrasi eksperimental psixologiya (1)

Anketa metodi hammaga tanish bo‘lgan usullardan biri. Lekin ko‘pincha anketani o‘tkazgan odam uning tuzilishi qanchalik qiyinligini yoki olingan ma’lumotlarni qayta ishlab, sharxlash qiyinligini tasavvur qilmaydi. Yuqorida qayd etilganidek, anketaga kiritilgan savollarga ko‘ra anketa ochiq va yopiq turlarga bo‘linadi. Ochiq anketa respondentdan o‘z fikrini bilganicha bayon etishni talab qiladi, yopiq shakldagi anketa savollarining esa javoblari berilgan bo‘lib, tekshiriluvchi o‘ziga ma’qul bo‘lgan, qarashlari, fikrlari bilan mos bo‘lgan javobni beradi. Ochiq savollarning kamchiligi respondentlarning har doim ham qo‘yilgan vazifaga etarli darajada mas’uliyat bilan qaramaganligi hamda yozilgan javoblarni statistik ishlov berishdagi qiyinchiliklar bo‘lsa, yopiq anketada respondentga tekshiriluvchi tomonidan o‘z fikriga ergashtirishga o‘xshash holat yoki har doim ham hamma savolning barcha javob variantlarini topib bo‘lmaslikdir. SHunday holatlarda respondent yo umuman javob bermasligi yoki tavakkal bir variantni belgilab berishi mumkin.
SHuning uchun ham oxirgi paytda yarim yopiq savollardan iborat anketalar tuzilmoqdaki, ularda javob variantlaridan tashqari, yana qo‘shimcha fikr bildirish uchun qo‘shimcha qatorlar qoldiriladi.
Odatdagi anketa tuzilishi jihatdan uch qismga bo‘linadi:

  1. Kirish qismi yoki “respondentga murojaat" deb ataladi. Bu qismda odatda

tadqiqot o‘tkazayotgan tashkilot nomi, oddiy tilda tadqiqot maqsadlari va ularning qanday foydasi borligi, tekshiriluvchining shaxsiy ishtiroki nima berishi, olingan ma’lumotlarning umumlashtirilgan holda ishlatilishi (anonimlilik), anketani to‘ldirish yo‘llari va boshqalar yoziladi. Yo‘riqnoma murojaatning qanchalik yaxshi yozilganligi bevosita tekshiriluvchining ishga bo‘lgan munosabatiga bog‘liqdir.


  1. Yüklə 1,19 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin