183
Haqiqatan, motor chastotasi kamayishi bilan uning yakoridagi EYuK ham kamayib boradi. Bunda
I =
U-E
ya
/
Σ
R
bo‘lgani uchun motorning aylantiruvchi
M = K
M
Ф
I
ya
momenti qiymati ham momentlar
muvozanati tiklanguncha, ya’ni
M = M
c
bo‘lguncha ko‘payib boradi.
M = M
c
bo‘lishi bilan motor
chastotasining yuklama sababli pasayishi tugaydi va motor yangi o‘zgarmas chastota bilan turg‘un rejimda
ishlay boshlaydi. Qarshilk momentining o‘zgarishi bilan elektr motorlarning chastotasi demak, EYuK
qiymati ham o‘zgarib, natijada ularning aylantiruvchi momenti ham momentlar muvozanati tiklanguncha
o‘z-o‘zidan o‘zgaradi. Elektr motorlarning bu xususiyati ularning asosiy afzalliklaridan biri hisoblanadi.
Elektr motorlar tabiiy va sun’iy mexanik tavsiflarga ega bo‘lishi mumkin.
Yakor yoki rotor chulg‘amiga qo‘shimcha tashqi qarshilik kiritilmay nominal kuchlanish va nominal
magnit oqimda olinadigan
n = f (M)
bog‘lanish elektr motorning tabiiy mexanik tavsifi deyiladi. Yakor yoki
rotor chulg‘amiga biror tashqi qarshilik kiritilganda hamda kuchlanish yoki magnit oqimning nominaldan
farq qilganda olinadigan
n = f (M)
bog‘lanish motorning sun’iy mexanik tavsifi deyiladi. Aylantiruvchi
moment o‘zgarishi bilan motor chastotasining o‘zgarish darajasiga qarab quyidagi mexanik tavsiflar
bo‘lishi mumkin:
1)
Dostları ilə paylaş: