Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya


Parallel qo‘zatishli o‘zgarmas tok dvigatelining tezligini rostlash



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə55/60
tarix29.03.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#91246
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
2-kurs EEE elmash MARUZA for me

2.2. Parallel qo‘zatishli o‘zgarmas tok dvigatelining tezligini rostlash




Parallel qo‘zatishli dvigatelning tezligini (13-8) va (13-10) formulalardan quyidagi usullar yordamida rostlash mumkin: 1) xavo bo‘shliidagi magnit oqimini o‘zgartirib; 2) yakor cho‘lg‘amiga qo‘shimcha qarshilik ulab va 3) yakor cho‘lg‘amidagi kuchlanishni o‘zgartirib.


56-rasm. Parallel qo‘zatishli dvigatelni magnit okimini xar xil qiymatlarga mos keluvchi mexanik va tezlik tavsiflari


O‘zgarmas tok dvigatelining tezligini magnit oqimini o‘zgartirib rostlash uchun qo‘zatish cho‘lg‘amiga ulangan rq reostatni qarshiligi o‘zgartiriladi (56-rasm). Bizga maolumki, o‘zgarmas tok mashinalarining magnit zanjiridagi magnit oqimni nominal kiymatidan ortishi mashinaning energetik ko‘r-satkichlariga salbiy taosir ko‘rsatadi, shuning uchun tez-likni rostlash uchun magnit oqimni faqat kamaytirish mumkin.
Parallel qo‘zatishli o‘zgarmas tok dvigatellarining magnit oqimini o‘zgartirib, chizilgan tezlik va mexanik xarakteristikalarini eng pastdagisi nominal magnit oqimiga to‘ri keladi.
Yuqoridagi (13-8) va (13-10) ifodalardan va 56-rasmdan ko‘rinib turibdiki, magnit oqimni kamaytirish tezlikning nominal qiymatlaridan yuqori tomonga rostlash imkonini beradi.
Dvigatelning qaror topgan rejimidagi tezligini mexanik xarakteristikalarning (56-rasm) chiziqlarini ishchi mashinaning Mst=f(n) xarakteristikasi (punktir chiziq) bilan kesishgan nuqtasi yordamida aniqlanadi. Dvigatelning salt ishlash nuqtalari ordinata o‘qidan o‘ng tomonda yotadi (punktir chiziq). Tezlikni ortishi xisobiga dvigateldagi mexanik isroflar ortadi, shuning uchun Mo va Iao lar xam ortadi va n = f(Mo) xarakteristikasi (punktir chiziq) o‘ng tomonga ko‘proq egiladi.
Agar dvigatelning yakorini tezligi tashqi moment yordamida kattalashtirilsa yakor toki Ia va moment M (13-5) va (13-9) tengliklarga asosan kamayadi. Yakor toki Ia=0 va moment M=0 bo‘lganda dvigateldagi quvvatning mexanik va magnit isroflari tashqi moment xisobiga qoplanadi. Yakorning tezligi yana ko‘paytirilganda yakor toki Ia va moment M o‘z ishoralarni o‘zgartiradi va dvigatel generator rejimida ishlaydi (56-rasmdagi xarakteristikalarning ordinata o‘qidan chap tomonlari).

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin