Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya


O‘zgarmas tok dvigatellarini tezligini yakor cho‘lg‘amiga qo‘shimcha qarshilik



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə56/60
tarix29.03.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#91246
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
2-kurs EEE elmash MARUZA for me

O‘zgarmas tok dvigatellarini tezligini yakor cho‘lg‘amiga qo‘shimcha qarshilik ulab rostlash uchun (57-rasm) rostlash sxemasidagi Rra reostatning qarshiligi o‘zgartiriladi, u xolda yakor cho‘lg‘amidagi tok:


(13-15)

(13-8) tenglikdan ko‘rinib turibdiki, bu usul yordamida o‘zgarmas tok dvigatelining tezligini nominal qiymatidan kichik qiymatlarga rostlash mumkin. Yakor cho‘lg‘amidagi qarshilikning orttirilishi mashinada quvvat isroflarini ortishiga va f.i.k. ni kamayishiga olib keladi.


57 - rasm. Parallel qo‘zatishli o‘zgarmas tok dvigatelining tezligini yakor zanjirini aktiv qarshiligini o‘zgartirib rostlash sxemasi (a) va dvigatelning mexanik va tezlik (b) tavsiflari


Agar salt ishlash rejimida (Ia=Iaq) tashqi moment
yordamida (o‘zgaruvchan tok dvigateli, ichki yonar dvigateli va x.k.) dvigatelning tezligi orttirilsa, dvigatel avval ideal salt ishlash rejimiga Ia=0 o‘tadi, yakorning tezligi yana orttirilganda, yakor toki Ia o‘z ishorasini o‘zgartiradi va mashina generator rejimida ishlaydi (57,b-rasm ordinata o‘qidan chap tomoni).
Bu xarakteristikalarni absissa o‘qidan pastki qismi o‘zgarmas tok dvigatelini teskari ulab, tormozlash rejimidagi mexanik va tezlik xarakteristikalari bo‘lib xisoblanadi.
Teskari ulab tormozlash rejimida n<0 bo‘ladi, yakor cho‘lg‘amidagi e.yu.k. Yea ning ishorasi xam o‘zgaradi va tarmoqdagi kuchlanish bilan qo‘shiladi u xolda (13.7) dan


(13-16)


Shu sababli dvigatelning xosil qilgan momenti M yakorning aylanish yo‘nalishiga teskari yo‘naladi va tormozlovchi moment bo‘lib xisoblanadi.
Yakor cho‘lg‘amidagi kuchlanishni o‘zgartirib tezlikni rostlash uchun generator – dvigatel (G-D) agregatidan foyda-laniladi. Buning uchun birlamchi dvigatelga (o‘zgaruvchan tok dvigateli, ichki yonar dvigateli va x.k.) mufta yordamida ulangan generatorning yakorini cho‘lg‘amini tezligi o‘zgartiriladigan dvigatelning yakor cho‘lg‘amiga cho‘tkalar yordamida to‘ridan-to‘ri ulanadi.Tezlikni rostlash jarayonida tezligi rostlanadigan dvigatelning qo‘zatish cho‘lg‘ami nominal kuchlanishga ulangan bo‘lishi kerak. Nominal tezlikda aylanayotgan o‘zgarmas tok generatorining qo‘zatish cho‘lg‘amidagi qo‘zatish toki o‘zgartirilib, tezligi rostlanadigan dvigatelning yakor zanjiridagi kuchlanish asta sekin o‘zgartiriladi.
O‘zgarmas tok dvigatelining ish xarakteristikalari dvigatelning manbadan isteomol qilayotgan quvvati R1 ni, isteomol qilayotgan toki Ia, yakorining tezligi n ni, momenti M ni va f.i.k. larining isteomolchiga uzatilayotgan foydali quvvat R2 ga boliqligini ifodalaydi.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin