Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya


- rasm. Parallel (1), ketma – ket (2) va cho‘lg‘amlari mos ulangan aralash qo‘zatish cho‘lg‘amli (3) dvigatellarning tabiiy mexanik tavsiflari



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə59/60
tarix29.03.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#91246
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
2-kurs EEE elmash MARUZA for me

61 - rasm. Parallel (1), ketma – ket (2) va cho‘lg‘amlari mos ulangan aralash qo‘zatish cho‘lg‘amli (3) dvigatellarning tabiiy mexanik tavsiflari
Bu xolda dvigatelning ishlashi, turunlik nuqtai nazaridan qo‘yiladigan talablarni to‘liq qanoatlantirmaganligi sababli, uning cho‘lg‘amlari bunday sxemada ulanmaydi. Aralash qo‘zatishli dvigatellarning qo‘zatish cho‘lg‘amlari mos ulanganda, dvigatelning yuklamasi ortganda xavo bo‘shliidagi magnit oqim F xam ortadi. Shuning uchun bu sxe-mada ulangan aralash qo‘zatish cho‘lg‘amli o‘zgarmas tok dviga-telining mexanik tavsifi, parallel qo‘zatishli o‘zgarmas tok dvigatelining mexanik xarakte-ristikaga (61-rasm 1 chiziq) nisbatan ancha «yumshoq» (61-rasm 3-chiziq) xarakteris-tikaga ega, lekin ketma-ket qo‘zatishli dvigatelning mexanik xarakteristikasiga (61-rasm 2-chiziq) nisbatan bir muncha «qattiq» ko‘rinishga ega bo‘ladi. Aralash qo‘zatishli dvigatelning qo‘llanilish soxasiga asosan, ketma-ket qo‘zatish cho‘lg‘amini mashinaning umumiy magnitlovchi kuchini xosil qilishdagi xissasi keng ko‘lamda o‘zgaradi. Aralash qo‘zatishli dvigatelning tezligini rostlash uchun parallel va ketma-ket qo‘zatishli dvigatellarning tezligini rostlash usullaridan foydalanish mumkin. Aralash qo‘zatishli dvigatellarni katta yurgizib yuborish momentini talab qiladigan va yuklama o‘zgarganda tezligi tez o‘zgarishi kerak bo‘lgan mexanizmlarda qo‘llanilishi mumkin. Shuning uchun bu dvigatellar prokat stanlarida, o‘zgarmas tok kompressorlarida va boshqa xollarda keng qo‘llanilmoqda.


2.5. Elektr mashinasozlik zavodlarida ishlab chiqarilayotgan o‘zgarmas tok mashinalari



xozirgi paytda elektr mashinasozlik zavodlarida o‘zgarmas tok mashinalarining qator seriyalari ishlab chiqarilmoqda. xalq xo‘jaligida, o‘tgan boblarda ko‘rib o‘tilgan o‘zgarmas tok generator va dvigatellarini normal konstruksiyalarga talab katta. Ayniqsa quvvati 20-30 kVt gacha bo‘lgan o‘zgarmas tok mashinalariga talab ko‘proq. Katta quvvatli o‘zgarmas tok mashinalari katta va kichik seriyalarda ishlab chiqariladi. O‘zgarmas tok mashinalarining P deb belgilangan normal seriyadagi turlari ilgari ishlab chiqarilgan seriyalarni almashtirdi. O‘zgarmas tok mashinalarining P seriyasi nominal quvvati 0,3 200 kVt va tezligi n=1500 ayl/min ga teng bo‘lgan mashinalarni o‘z ichiga oladi. Tezlik o‘zgarganda o‘zgarmas tok mashinasining quvvati xam o‘zgaradi. O‘zgarmas tok mashinalarining P seriyasidagi 11ta gabaritini xar bir gabariti mashinaning yakorini maolum diametrini o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqarilayotgan o‘zgarmas tok mashinalarining P seriyasini xar bir gabariti shuningdek yakorining magnit o‘zagini uzunligiga asosan ikki xil ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Masalan, P41 tipi P seriyadagi 4 gabaritli yakorning o‘zagi qisqaroq mashina ekanligini ko‘rsatadi, P42 esa yakorning magnit o‘zagi P41 ga nisbatan ancha uzun konstruksiyada tayyorlangan o‘zgarmas tok dvigateli ekanligini bildiradi. O‘zgarmas tok dvigatellarining kuchlanishi 110 yoki 220 V. O‘zgarmas tok generatorlari aylanish tezligi 1450 va 2450 ayl/minutda dvigatellar esa 600, 750, 1000, 1500 va 3000 ayl/minut tezliklarda tayyorlanadi.
O‘zgarmas tok mashinalarining 1-11 gabaritlari magnit oqimini kamaytirib tezligini keng ko‘lamda 1:2,25; 1:3; 1:4; 1:6 va 1:8 gacha rostlash uchun maxsus turlarini xam o‘z ichiga oladi. O‘zgarmas tok mashinalarining P seriyasi ancha katta quvvatli mashinalarni xam o‘z ichiga oladi. Bu mashinalarning kuchlanishi Un=220, 330, 440 va 660 V bo‘lib yakorning ikki xil uzunligini o‘z ichiga oladi.
xozirgi paytda elektr mashinasozlik zavodlarida o‘zgarmas tok mashinalarining yangi 2P seriyasi ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.
Davlat standartiga asosan o‘zgarmas tok mashinalarining cho‘lg‘amlarini boshi va oxirlari quyidagicha belgilangan: Ya1-Ya2-yakor cho‘lg‘ami; K1-K2–kompensatsiyalovchi cho‘lg‘am; D1-D2 qo‘shimcha qutblarni cho‘lg‘ami; S1-S2 ketma-ket (seriyali). Qo‘zatish cho‘lg‘ami, Sh1-Sh2 lar parallel (shuntli) qo‘zatish cho‘lg‘ami.
O‘zgarmas tok mashinalari xaqida to‘liq maolumotlar maxsus kataloglarda keltirilgan.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin